Oson sozlamalar. O’qituvchilar kurslar tashkil qilishi, talabalar va boshqa o’qituvchilarni kurslarga taklif qilishi mumkin. Kurs davomida topshiriqlar, e’lonlar va savollarni joylashtirish juda qulay.
Qulaylik. Talabalar topshiriqlarni lentada, kalendarda yoki “Topshriqlar ro’yxat”da ko’rishlari mumkin. Barcha materiallar avtomatik ravishda Google Drivedagi papkalarga joylashadi.
Samarali aloqa. Google Classda o’qituvchilar topshiriqlarni yuklashi, e’lonlar yuborishi va muhokamaga qo’yishi mumkin. Shu o’rinda, ishtirokchilar ham o’zaro ma’lumot almashishi, kurs lentasida izohlar qo’yishi va elektron pochta orqali muloqot qilishi mumkin. Taqdim etilgan ishlar haqida ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib boriladi, bu o’qituvchilarga topshiriqlarni tezda tekshirish, baholarni belgilash va sharhlar qo’shish imkonini beradi.
Ommapob servislar bilan integratsiya. Google Classroom Google Docs, Calendar, Gmail, Drive va Formalar bilan ishlash mumkin.
Ochiqlik va xavfsizlik. Classroom bepul xizmatdir. Unda reklama mavjud emas va talabalar uchun materiallar va ma’lumotlar marketing maqsadlarida ishlatilmaydi.
GOOGLEDA AKKAUNT OCHISH
Google Classroomda ishni tashkil qilish uchun sizda Googleda akkaunt bo’lishi kerak.
Gmail.com saytiga o’tib, “Создать аккаунт” tugmasi bosiladi. So’ng “Для себя” tugmasi tanlanadi.
Ism-familiyangizni kiriting:
Pochtangizga yangi ism kiriting.
8 belgidan kam bo’lmagan parol kiritib, keyingi qatorga yana shu parolni kiriting va “Далее”tugmasini bosing. Ahamiyat bering, “Подтвердить”qatoriga parolni ikkinchi marta doim klaviaturada kiriting. Zinhor “копировать”- “вставить”amalini bajarmang! Bu jarayon parolni to’g’ri terilganligini tekshirish
uchun bajariladi. Agar parol ikkinchi marta noto’g’ri terilsa, bu haqda tizim sizga ma’lumot beradi.
Telefon raqamingizni kiriting:
Telefonraqamingizni kiritayotganingizda,operator kodini varaqamnio’zini kiriting. Masalan: 90 1234567 Telefon raqamingizga kelgan 6 ta raqamdan iborat G-****** kod belgilangan qatorga kiritiladi va “Подтвердить” ugmasi bosiladi.
Navbatdagi bosqichda tug’ilganlik haqidagi ma’lumotlar kiritilib, “Далее”