Buxoro davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi


KURSGA MA’RUZA (AMALIY MASHG’ULOT) MATERIALLARINI JOYLASHTIRISH



Yüklə 183,44 Kb.
səhifə6/12
tarix27.12.2023
ölçüsü183,44 Kb.
#199619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
klass

KURSGA MA’RUZA (AMALIY MASHG’ULOT) MATERIALLARINI JOYLASHTIRISH



Google Classroomda ma’ruza, amaliy mashg’ulot materiallari sifatida barcha turdagi fayllarni joylashtirish mumkin. Buning uchun Google Class foydalanuvchiga juda keng tanlovni taklif qiladi. Materiallarni Google Diskdan, Internet manzilga havola berish orqali, komyuterdagi mavjud faylni yuklash hamda YouTube URL-manziliga havola berish orqali joylashtirish mumkin. Buning uchun “Лента” bo’limidagi “Новая запись” yozuvi ustiga bosib, hosil bo’lgan qatorga izohlovchi matn kiritib, “Добавить” tugmasi bosiladi.



Kursda biror faylni biriktirmasdan ham izohlarni e’lon qilish mumkin. Buning uchun tegishli qatorga izoh yozib, “Опубликовать” tugmasini bosish yetarli.
 Akkaunt egasining Google Diskdagi fayllarini yuklash


  • Internetdagi URL-manzilga havola berish





    • Kompyuter diskidagi fayllarni yuklash.








  • YouTube videoxostingidagi biror videodars (videoma’lumot)ni qidirish orqali hamda aniq URL-manzilni ko’rsatish orqali yuklash.






Va yuklangan fayllar ro’yxati:



Oxirgi qadam  “Опубликовать”:





Talaba ushbu materiallardan foydalanib, mavzuni o’zlashtirishi, yuklab olishi va xohlagan paytda qayta takrorlab borishi mumkin bo’ladi.

KURSDA TOPSHIRIQLARNI JOYLASHTIRISH


Google Classroom mashg’ulotni yanada samarali qiladi: bu sizga vazifalarni osongina e’lon qilish va baholash, hamkorlikni tashkil etish va jarayonning barcha ishtirokchilarining samarali hamkorligini ta’minlash imkonini beradi. Kurslar yaratish, topshiriqlar berish va talabalar ishini izohlash  bularning barchasini bitta servisda bajarish mumkin.

Vazifalarni yuqorida izohlab o’tilgan bo’limlardan: kompyuterdan, Google Drive bulutli drayveridan, Internet manbasiga havola sifatida URL adresdan qo’shish mumkin. Buning uchun “Задание”-“Создать” ketma-ketligi bajariladi:

Shundan so’ng o’qituvchiga topshiriqlarning bir nechta turi taklif qilinadi.





Ro’yxatdan “Задание” tanlangan keyin topshiriq parametrlarini kiritish uchun oyna hosil bo’ladi.

Topshiriq fayllari yuklangandan so’ng, oynaning o’ng tomonidagi kalendar sozlanadi: topshiriq balli, topshiriqning oxirgi muddati (deadline), mavzusi kiritiladi va “Создать задание” tugmasi bosiladi. O’qituvchi ball sistemasini o’z ixtiyoriga ko’ra, o’zgartirishi mumkin.









  • bajarilishi zarur bo’lgan turli tadbirlar, topshiriqlar, videokonferensiyalar, bayramlar haqida ma’lumotlarni qayd etish




  • Classroomda yaratilgan kurs fayllarining Google Disk (Drive)da saqlanadigan papkasi.






Yüklə 183,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin