Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 233,93 Kb.
səhifə20/28
tarix01.05.2023
ölçüsü233,93 Kb.
#105400
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
YOZUVCHI ESSESIDA MAHORAT MASALASI (SH.XOLMIRZAEV IJODI MISOLIDA) (ZOYIROVA G)

Botir Zokirov obrazi. Qo’shiqchi B.Zokirovga bag’ishlangan esse "Binafsha hidlang, amaki!" turkum esselariga kiradi, bu esselar orasida Botir Zokirovga bag’ishlangan esse-hikoya eng ta’sirchan yozilgan. Ma’lumki, turkumning birinchi qismida Botir Zokirov personaj obraz sifatida ishtirok etadi. U bir chekkada o’z xayollari bilan parishonxotir o’tiradi. Hatto kitobxon uning esseda ishtirokini ilg’amay ham qolishi mumkin. Faqatgina xayol dunyosidan uni o’zaro suhbatga jalb qilgan qahramonlar luqmasi orqaligina Botir Zokirovning ham borligi esga tushadi. Sh.Xolmirzayev uning xayolchan tabiatini quyidagi satrlarda shunday ifodalaydi: "... u kishi qandaydir parishonhol ko’rinar, hamsuhbatining gapini tinglamayotganga o’xshar, illo nuqul nari-beriga qandaydir nuqtalarga qarar-tikilar, ammo aftidan suhbatdoshining deylik, so’roqlariga aniq-aniq javoblar qaytarardi"(153-bet).
Essenavis esse-xotiralarida kuzatganimizdek, aksariyat xotiralar ekspozistiyasi kutilmagan tashrif, favqulodda tadorik yoki kulminatsion nuqta bilan boshlanadi. Chunonchi, Botir Zokirov haqidagi esse xonandaning vafoti haqidagi yarim tundagi telefon qo’ng’irog’idan boshlanadi. Demak, esse to’g’ridan-to’g’ri yechim bilan boshlangan. Bemahal telefon qo’ng’irog’i asarga fojeiy tus, ohang bergan. Xususan: "Telefon jiringlashidan uyg’onib ketdim... soatga qarab oldim. To’rt yarim... Tabiiy jahlim chiqqan: kim u - shunday paytda bezovta qilgan? Qishloqdan bo’lsaydi: tiichlik bo’lsin-da...". Albatta, kitobxon bunday favqulodda bir holatga duch kelib, voqeaning davomiga qiziqib qoladi. Bu fojianing mashhur xonandaning oila a’zolariga, qolaversa do’stlariga ta’siri- ni bilishga qiziqish paydo bo’ladi. Sh.Xolmirzayev esse janrining xolislik va haqqoniylik prinstipiga binoan Botir Zokirovning sevgan ayollari haqida ham oshkora hikoya qiladi. Xotira-esseda xonandaning tug’ma noyob qobiliyati bilan jismoniy dardi ham yozuvchi tomonidan e’tirof etiladi. Og’ir qismatga qaramasdan o’zida yashashga kuch, matonat, iroda topa olgan qahramonning saboq bo’lishga arzigulik hayoti kitobxonni larzaga soladi.
"Avlod safida" essesida B.Zokirov obrazining keng dunyoqarashi, SH.Xolmirzaev va B.Zokirovning do`stona munosabatlari, shuningdek esse voqealarini bitta joyga uyushtiruvchi qahramon O`.Umarbekov bilan B.Zokirov munosabatlari esse-xotiraning asosini tashkil qiladi. "Umarbekov buni bekorga ardoqlamasa kerak: albatta! Unday mehri daryo yigit, va-ay sevadi-da bunday samimiy - san`atkor insonni! Umuman, Umarbekov baxtli yigit..."(178-bet). Xotiranavis muallif his- hayajonli uslub orqali B.Zokirov bilan O`.Umarbekov munosabatlari­ra yuqoridagicha izoh beradi.
O`.Umarbekovga bag’ishlangan "Binafsha hidlang, amaki" essesida yozuvchi garchand o`nga yaqin ijodkorlarning gurung-suhbatlarini hikoya qilgan bo`lsada, birok kolgan uchta esseda ham O`.Umarbekov obrazi voqealarni harakatlantiruvchi asosiy kuch asosiy shaxe sifatida xo- tiralarda chuqur iz qoldiradi.
"Farg’ona yo`llarida" essesi "Binafsha hidlang, amaki" turkumining uzviy davomi sifatida vujudga kelgan. esseda U.Nazarov, O`.Hoshimov, N.Komilov, SH.Xolmirzaevning Vodilga safari voqealari hikoya qilingan. essening ekspozitsiyasida ko`rinish bergan O`.Umarbekov shaxsi xotiraning voqealar rivoji, tugun, kul’mi­natsiyasida mutlaqo ishtirok etmaydi, ammo essening echimida arazlashib qolgan do`st - U.Nazarov bilan SH.Xolmirzaevni yarashtirib qo`yadi. To`rtta ijodkor dust - U.Nazarov, O`.Hoshimov, N.Komilov, SH.Xolmirzaev xotira boshlanmasida Vodilga safarni rejalashtirishadi. Rejaga muvofiq T.Azizovga safar haqida bildirmaslikka kelishishadi. SHu tariqa T.Azizovni nima uchun safarga olib ketishmaganligi haqidagi qistirma epizodik voqeani bayon etadi.
Mazkur epizodik kistirmalar xotirada T.Azizovning nima uchun kattiq xurrak otib uxlashi izohlanadi. Bu esa ayni paytda ijtimoiy- psixologik ta`sir tufayli xotira qahramonining shunday uxlashga majbur bo`lganini izohlab bergan. SH.Xolmirzaev esselarida kutilmagan tashrif, voqea, tafsilot, izoh, shaxsiy mulohazalar beriladi. Bir qarashda bular essening kompozitsion tuzilishida muhim emasdek ko`rinadi. Sirtdan qaraganda asoslidek ko`ringan bu fikr zum o`tmay, asossiz bo`lib qoladi. CHunki aslida SH.Xolmirzaevning har bir essesida mavzudan uzoqlashgandek ko`ringan voqealar, mulohazalar tafsiloti, aksincha, esse qahramonlarini, xarakter va voqealarni bitta joyga uyushtiruvchi komponent bo`lib xizmat qilganligini kuzatish mumkin. SHu ma`noda "Farg’ona yo`llarida" essesida T.Azizov haqidagi qistirma epizodik voqeadan so`ng SH.Xolmirzaev batafsil tasviriylik tamoyiliga amal qilib Vodilning tabiati, odamlari, ularning muloyim xarakteri, mehmondo`st shinavanda xalq ekanligini quyidagicha tasvirlaydi: "Ammo Vodilning chinorlari - ayricha bir mo``jiza ekan. SHu o`rinda bu o`lka odamlarining bir shinavandaligi xaqida gapirmay bo`lmas; chinor tagida deng, uzun-uzun stollar, rastalar. Rastalarda turli nav piyozu... unday joyda-kanoraga ilig’lik turli darajadagi go`shtlar... Aftidan, bular hammasi palovga atalgan. Ammo sho`rvabop masallig’lar ham serob... Hu, unday joyda - o`choqlar, choyxona...'"(189). Demak, SH.Xolmirzaev vodil odamlarining shinavandaligini bozor rastalari, choyxonalari misolida ta`riflaydi. es­senavis Vodil tasvirini Surxondaryo tasviri bilan kontrast usulda muqoyasa qilish yo`li bilan kitobxonga yanada yorqin tasvir beradi. YA`ni essenavis oldin Vodil chinorlari, chinorlar ostidagi rastalar, odamlari haqida gapirib, keyin Surxon chinorlari tasvirini chizadi: "Bizning Boysun chinorlari tagida shamol izg’iydi. Qora mollar soyalab yotadi. Sayrob chinori ostida oshxona-restoranda o`risi xo`raklar. Kabob bor. Ammo narxi osmonda... Kirnb-o`tirib-buyurib esang e, bo`lmasam yo`lingdan qolma! Ko`ngling tusagan ovqatni uying- da ersan".
Vodiy va Surxondaryo tabiati, odamlari, ularning xarakteri qiyoslangan bu tasvirlarni o`qish jarayonida kitobxon yuzida nimtabassum paydo bo`ladi. SH.Xolmirzaev qiyosiy tahlil uchun chinor detali orqali qiyosiy-tahliliy tasvir uslubiga erishgan.
Vodiy odamlarining quvnoq tabiatli, samimiy inson bo`lishini Hayitboy Azimov haqidagi qistirma xotira-tafsilotlar orqali dalillab beradi.
SH.Xolmirzaev ayrim o`rinlarda ortiqcha emotsiyaga berilib ketgan o`rinlar ham uchraydi. Uzida tugilgan shaxsiy his-hayajonlarini ritorik so`zlar bilan ifodalaydi: "YAshasin O`tkir! YAshasin kotib! (Ay, ismlari nimaydi? SHu-da...)". Nazarimizda, essedagi bunday erkin tasvirlar janrning keng imkoniyatlaridan yozuvchi mahorat bilan foydalanganligidan dalolat beradi. essenavis "Farg’ona yo`llarida" essesida arzimas sabablar tufayli paydo bo`ladigan dilxiraliklar bois do`stlikka putur etishi mumkin bo`lgan ishonarli, hayotiy voqealarni hikoya qiladi. Xotiralar bayonida U.Nazarovning tegmanozik, kibrli, hukmronlikka o`ch xarakteri ochiladi. Umuman, esse asosini U.Nazarov bilan SH.Xolmirzaev o`rtasida kechgan konfliktli munosabatlar tashkil qiladi.
Ma`lumki, essening qahramoni va hikoyachisiga aylangan SH.Xolmirzaev U.Nazarov bilan munosabatlarini yaxshilashga urinayotgan do`stlarining harakatlarini kuzatishda davom etar ekan, ekspozitsiya qismida T.Azizov haqidagi tafsilotlar ilovasiga yana qayta murojaat qiladi. Va do`stlik haqida essenavis shaxsiy mulohazalarini bayon etadi: "Do`stingni ko`nglini topish uchun o`ylar ekansan-a? Ajab... Uning ranjigani - seniyam dilgir qilar ekan...

  • SHunda hayrat ila Turg’un Azizovning mehmonxonada cho`zilib xurrak otayotganiyu do`stlarining uni uygotmasdan balkonda chekib o`tirganlari esimga tushib ketdi.

  • Vo-oo... Ana ran qaerda! SHoshma, biz haqiqatdan ham do`st bo`lib ulgurdikmikan? Do`stlik deganlari shumikan?"1.

Ko`rinadiki, SH.Xolmirzaev esse xotira sahifalarini ortiqcha tafsilotlar, mulohazalar yoki voqealar bayoni bilan bezamaydi. Aksincha, tafsilotlar - yuz berayotgan voqealar mohiyatiga chuqurroq razm solishga xizmat qiladi. Zero, yuqoridagi parchada yozuvchi Turg’un Azi­zov, Uchqun Nazarov bilan bog’liq voqealarni mushohada qilar ekan, u do`stlik haqidagi tushunchaga teran ma`no beradi.
YOzuvchi do`stlar o`rtasida kechgan konfliktli munosabatlarni boshidan kechirar ekan, turkum xotiralarning markaziy qahramon O`lmas Umarbekovning ovozi xayolida yangraydi: "... va goyibdan... O`lmas Umarbekovning nimadir deb zarda qilgani eshitilgandek bo`ldi: xudo haqqi, shunday tuyuldi. Men darhaqiqat jim bo`lishni ma`qul bilib, boshimni egdim". Demak, SH.Xolmirzaev hagto esse-xotira janrida xayoliy kechinmalar tasviridan ustomonlik bilan foydalanadi. "Bi­nafsha hidlang, amaki" turkum esselarida ko`pincha yozuvchining shax­siy xayollari, kechinmalari yoki qahramonlar o`rtasidagi o`zaro suhbat mashina ichida beriladi. Nazarimizda, aynan shunday makon va zamon chegarasi SH.Xolmirzaev esselarining o`ziga xosligini ta`minlagan.
SH.Xolmirzaev “U kishim ustoz, men-shogird” xotira- essesida Ustozining hayotini tasvirlar ekan, uning asarlari, Adabiyotga munosabati, haqiqiy yozuvchilar ijodini qadrlay olishi (masalan, A.Qahhorni «jivoy klassik», Oybekni «mutlaqo original adib» deya yuksak baholagani), iste`dodli yoshlarga e`tiborini diqqatidan qochirmaydi. eng avvalo, shogirdni Ustozining shaxsiyati, qanday odamligi qiziqtiradi. SHu bois hamma joyda, hatto uning uyiga borganda ham, ikkalovlari ovga chiqqanda ham Ustozini sinchiklab kuzatishdan charchamaydi. Kuzatishlari asosida M.Qo`shjonovning tashqi portretini ham chizadi: « ...Keyin qo`shotarni elkasiga ilayotgan Matyoqub akaga behad- behisob minnatdorchilik bilan boqdim: «voy, qanday yaxshi odam-a – bu o`rta bo`y, jingalaksoch olim, O`zbekning Belinskiysi!». Qanchalar mard, to`g’riso`z va qo`rqmas ekanini ushbu ko`rinishi ham isbotlayotgandek edi».

Yüklə 233,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin