Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


esseda portret yaratish mahorati



Yüklə 233,93 Kb.
səhifə21/28
tarix01.05.2023
ölçüsü233,93 Kb.
#105400
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
YOZUVCHI ESSESIDA MAHORAT MASALASI (SH.XOLMIRZAEV IJODI MISOLIDA) (ZOYIROVA G)

2.3. esseda portret yaratish mahorati.
Professor Izzat Sulton portret yaratish masalasida shunday xulosa qiladi: “Portretni ikki yo’l bilan yaratish mumkin: 1) qahramonning tashqi qiyofasi hikoyaning boshilayoq chizib beriladi; 2) qahramonning tashqi qiyofasi asar davomida detallar vositasida tasvirlanadi”1. Shukur Xolmirzaev kichik nasriy asarlarida ko’proq ikkinchi yo’ldan foydalanib, portretni tasvirlaydi. Bu holatni esselarida ham kuzatish mumkin. Bu uslub murakkab bo’lib, tasvirlanayotgan inson portretini o’quvchi ongiga singdirish maqsadida adib bu borada o’ziga xos tajriba va individual uslubga ega ekanligini ta’kidlash lozim. Ayni paytda “badiiy asarda inson tasviri uchun, eng muhimi, uning ichki dunyosidir” deb yozadi I.Sulton. Haqiqatan ham asar qahramonining gap-so’zi, nutqi va fikrlari uning portreti to’g’risida yaqqol tasavvur uyg’ota oladi. Sh.Xolmirzaev O’.Umarbekov, M.Qo’shjonov va boshqalar portretini tasvirlashda xuddi shu yo’ldan boradi. Esseni o’qish jarayonida ularning o’ziga xos ijodkor va haqiqiy inson ekanliklari yorqin namoyon bo’la boradi. Xulosa qilib aytganda, shu jihatdan Shukur Xolmirzaevning milliy portret yaratish borasidagi tajribasi o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi esselarda ham yaqqol namoyon bo’lgan.
SH.Xolmirzaev hikoya va qissalarida qahramon portretini yaratishda o`ziga xos yo`ldan boradi. Ta`kidlash joizki, SH.Xolmirzaev hikoyalaridagi kabi qahramon portretini asarning ma`lum bir joyida batafsil chizmaydi, asar davomida turli xil o`rinlarda sochma tarzda ifodalaydi. YOzuvchi qahramonlarning birorta xarakatiii nazardan chetdan qoldirmaydi.
“Binafsha hidlang, amaki” essesida adib O`.Umarbekov portretini yaratar ekan, uni tabiiy berishga harakat qiladi: "Uchqun o`rik tagiga etmasdan eshikcha ochilib, Umarbekov... kirdi. Urfdagi engi kalta, ok ko`ylakda, bo`ynida (deyarli uzilmaydigan) bo`yinbog’. O`rta buy, ixcham, xuddi, o`ynoklab turgan tulporday. Zinadan tez tusharkan, uydan chiqkan onaxonga yo`liqdi. Onaxon bir qo`lini sal ko`tardi. Umarbekov sal egilib, kiftini tutdida, keyin anchagina so`rashdi. Nihoyat, Uchkun sari yurdi va ular chakkalarini bir-biriga tegizib ko`rishdilar. (Ajab odatlar!) Keyin Uchqun shart qayrilib, meni ko`rsatdi.

  • Tanivossizmi?

Umarbekov kulimsirab menga tikildi-da, birdan qovoqlari beo`xshov chimirildi.

  • SHukur emasmi? SHukur Xolmirzaev "To`lqinlar"ning avtori! - so`ng savoliga javob kutmay men tomonga ildam jildi. (Holbuki men jilishim kerak edi.)

  • O`sha, - dedi Uchqun orqada qolib. - Tanishvolinglar. YAxshi yigit. O`zimiz katori.

  • Juda yaxshi-da, o`zimiz qatori bo`lsa!

  • E, biz hali ancha...

Gapim og’zimda qoldi. Umarbekov kelib, qo`limni oldi. Uning kafti, panjalari ham gavdasiga yarasha-bakuvvat, miqti edi. Ammo yuzidan (ont ichaman!) nur yogilayotganga o`xshar, go`yoki, meni ko`p yillardan beri izlab yurgan edi-yu, ittifoqo uchratib qolgan edi"(149-bet). essenavis qahramonning eshikdan kirib kelishidan tortib, kiyinishi, gavdasi, yuzi va harakatlarini bir so`z bilan aytganda, tashqi portretini chizadi. Xususan, O`.Umarbekovning eshikdan kirib kelishi, zinadan tu shi­shi, shu iayt uydan chiqqan onaxon bilan so`rashishi, nihoyat U.Nazarov bilan chekkasini chekkasiga tekkizib ko`rishganligini batafsil tasvirlaydi. Xotira muallifi shu o`rinda ikkita erkak kishining ko`rishishiga munosabatini, ajablanishini kavs ichida berib ketadi: (Ajab odatlar!) SHu kichik bir jumlada, yozuvchining holatga shaxsiy, erkin munosabati ifodalangan. SH.Xolmirzaev xotira qahramonlari nutkida Toshkent shevasini o`z holicha beradi. Bu bi­lan yozuvchi essening haqqoniylik va jonli tasvir uslub me`yorini saqlab qoladi. Qahramonning yuz ifodasidagi holatni ham nazar­dan chetda qoldirmaydi. Jumladan, "Umarbekov kulimsirab menga tikildi-da, birdan qovoqlari beo`xshov chimirildi" yoki "... oshxona oldida stolda tik turguncha savzi sanchib qimirlatar, ruschalab allanimalar der..."(165-bet). O`.Umarbekovga tegishli yukoridagi real tasvirda qahramonning tik turgancha sabzi to`g’rashi, qo`lidagi pichokka sabzini sanchib qimirlatib suhbatlashishi harakatni jonlantirgan.
Bundan tashqari SH.Xolmirzaev boshqa bir qahramonning fikrlari orqali ham O`.Umarbekov portretini, xarakterli xususiyatlarini chizishga, yoritishga intiladi. Masalan, U.Nazarov nigohida: “- O`lmas hikoya qilib yozsin. U o`ylay boshladi...Siz Gulchi qizni uning o`ziga o`xshatgan ekansiz-a? Xursand bo`pti. Umuman, O`lmas yaxshi odamlarni yaxshi ko`radi. Lozim paytida yomon jihatlarini yashiradi, o`zini ko`rmaganga soladi...SHukur, bu- juda yaxshi fazilat!”( 180-bet).
M.Qo`shjonovga bag’ishlangan essening kitobxonni qiziqtiruvchi yana bir tomoni bor: unda nafaqat Ustoz M.Qo`shjonovning portreti yaratiladi, balki yozuvchi o`zining ham avtoportretini chiza boradi. «Sevgi va Adabiyot», «Davomi..» fasllarida yozuvchining shoirtabiat, erkinlikka intiluvchi fe`li ochila boradi. Bu sahifalarni o`qib, ko`z oldingizda xalq sevgan adib SH. Xolmirzaevning qalbingizga yaqin, asarlari kabi samimiy qiyofasi gavdalanadi. Siz ijodkorga yanada yaqin bo`lib qolganligingizni sezmay qolasiz. Asarning shu qismida chegara bilmas samimiy tasvirlar, essega xos erkinlik, ilmiy va badiiy tafakkurning uyg’unlashuvi, muallifning «men»i ayniqsa, bo`rtib ko`rinadi. Biroq shuni ham aytib o`tish kerakki, ba`zida adibning xayollari haddan ziyod cho`zilib ketadi.
esseda adib do`stlari A.Oripov, e.Vohidov, N.Xudoyberganov, M.Safarov kabi ijodkorlarning xarakteriga xos chizgilar beradiki, bu ham kitobxon bilan yozuvchilar, munaqqidlar orasidagi masofani yaqinlashtirishga yordam beradi. Asar qahramonlarining deyarli barchasi adibga tanish, yuragiga yaqin odamlar, shuning uchun bo`lsa kerak, uning samimiy xotiralarida bu kishilarning butun hayoti ko`z oldimizda yaqqol gavdalanadi.
«Binafsha, xidlang, amaki» essesi sahifalarida Botir Zokirovning ichki va tashqi portreti boshqa esse qahramonlariga nisbatan ancha tiniq tasvirlanadi. Uning ko`rinishi, qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi, qiziqishlari, hikoyalar mashq qilgani, rassomchilik bilan shug’ullangani haqidagi ma`lumotlar xonanda to`g’risida qo`shimcha noyob ma`lumotlar etkazadi.
SH.Xolmirzaev xonandaning serqirra iste`dodini quyidagicha ifodalaydi: "... nazarimda bir emas - bir necha odamga o`xshar, aniqrog’i, bir emas, bir necha iste`dodlarga nasib etishi mumkin bo`lgan qobiliyatga ega shaxe ediki, ko`ngli tusagan tomonga nazarini qaratar - bu yo`rigda u bag’oyat erkin-ozod inson edi". YOki “aytmoqchi, Botir Zokirov – estrada qo`shiqchisi, o`zbek estradasining asoschisi, M’yuzik-xoll yarataman deb armonda ketgan (u yaratgan ham edi, keyin kimlardir tarqatib yubordi) ulug’ san`atkor...maqom kuylarimizni jon-dilidan yaxshi ko`radi” (254-bet).
SH.Xolmirzaevning "Takdir bashorati" (SHukur Burhonov portretiga chizgilar) esse-xotirasi alohida ajralib turadi. esse boshlanmasi "Bir oqshom suhbati"ga o`xshash uslubda, ya`ni qahramon portretiga chizgilar bilan boshlanadi: "SHukur Burhon yoshligida ham g’o`labir, jingalaksoch, ko`zlari serma`no, harakatlari so`ziga mos, faqat biz hozir ko`rib turgan SHukur Burhonning kichik nusxasi edi"(7-bet). es­seda ikkita syujet chizig’i ko`rinadi: birinchi syujet chizig’ida SHukur Burhonning hayoti va ijodi bo`lsa, ikkinchi syujet yo`nalishida, o`zbek teatr san`atining 1926 yillardan to 1968 yilgacha bo`lgan tarixi yoritiladi. Demak, mazkur esse-xotirada muallif shaxe tabia­ti, hayoti va ijodini keng miqyosda ochib berishda xotira janrining muhim komponentlaridan biri xronologiyaga qattiq amal qiladi. SH.Xolmirzaev teatr dargohi sirlarini, bu sirli olamga kirib kelgan yosh SH.Burhonning ilk qadamlaridan tortib, "SHoh edip" tragediyasidagi edip rolining ijrosigacha bo`lgan davr aks eggiriladi. "Binaf­sha hidlang, amaki" essesida asosan, yozuvchi-shoirlar davrasi kashf qilingan bo`lsa, "Taqdir bashorati" essesida aktyorlar. rejissyorlar va dramaturglarning qizg’in olami kashf etiladi. Jumladan, o`zbek dramaturgi sifatida tan olingan Hamzadan tortib, Komil YAshin, Tuyg’un, Ziyo Sayd, Nazar Safarov, Zinnat Fatxullin singari ijod- korlarning dramatik asarlari ham sanaladi. Ayniqsa, shular orasida Komil YAshinning sa`y-harakatlari, teatr rivojiga qo`shgan munosib hissasi atroflicha yoritiladi.
SHukur Burhonning san`at olamiga kirib kelishiga otasi qarshilik qiladi. Xuddi shu hayotiy ziddiyatdan SH.Xolmirzaev xotiralar bayonida ota-bola konfliktidan unumli foydalanadi. SH. Xolmirzaevning bu essesi SH. Bo`taevning "SHayx", Z.Muhammadjonovning "Sirli qalb" esselari bilan uzviy bog’liqlikni tashkil etadi.
SH.Xolmirzaev hikoya janridagi mahorati singari esselarida ham qahramon portretini bitta o`rinda batafsil chizmaydi. Voqealar bayonida kahramonning tashqi ko`rinishi, kiyimi, haqida izohlar bera­di: "Abdullajon ham tushib keldi. Bir ko`lida kanop bilan bog’langan bir taxlam kichik-kichik kitoblar, bir qo`li cho`ntagida - shu qo`lining qo`ltig’ida konspekt daftarlarni qisib olgan, plashining oldi ochiq, yiroq safarga otlangan ziyolini eslatadi". Bu portret chizgilari esse- xotiraning boshlanmasida beriladi. Keyinrok "Lekin bu uzun plash tagida, bu shlyapa ostida hayron-hayajonli tikilayotgan ko`zlar tubida o`sha siymo yashirinligi ham aniq edi"; yoki "... ikkovlon - yana plashda, shlyapada, qo`ltiqlarda kitob-daftarlar bilan..." va h. k.
Ro`zi CHorievga bag’ishlangan esse matnida SH.Xolmirzaev portret, dialog, izohlash, avtor nutkidan o`rni-o`rni bilan unumli foydalangan. Suhbat jarayonida rassomning serzahmat ijodiy mehnatda kechayotgan hayotidan voqif bo`lamiz. eng muhimi, rassomning o`ziga xos xarakteri, u yaratgan kartinalarda tasvirlangan qahramonlar va vatan manzaralari, ranglar mo``jizasi, bevosita uning shaxsiy hayoti, bolalik yillari bilan chambarchas bog’liqligi, ranglarning rassom hayotiga uygun jihatlari ochiladi. Ko`pgina kartinalar R.CHoriev tug’ilib o`sgan ona yurti Surxondaryo tabiati, odamlari, voqeligi bilan bog’liqligi, bu vohanipg o`ziga xos manzaralarini, rangin nafasi hukmronlnginp sezamiz. Xususan, "Surxondaryo taronalari", "Janoza", "Surxondaryo madonnasi", "Boysunliklar", "Surxondaryo odamlari" asarlarining yaratilish jarayonlari ona yurt bilan bog’liqligi ta`kidlab o`tiladi. Qolaversa, xotiralar mag’ziga singdirib yuborilgan yozuvchining yon- daftar qaydlari beixtiyor kitobxonni rassomning ijodiy laboratoriyasiga olib kiradi. SHuningdek, rassom shaxsning kechinmali, hissiy tafakkur olami bilan tanitamiz. Bu satrlarda rassom shaxsning hayot va san`at hakidagi mulohazalari, hayotiy, shaxsiy kuzatishlari ochi­ladi. SHu bois rassomning jo`shqin, bolatabiat, jaydari, biroz to`pori tabiatini, xarakter qirralarini essenavis to`laligicha ochgan.
Uning "Yo`llar ayro tushdi, ammo..." essesi ijodkor do`sti Abdulla Oripov haqida yozilgan bo`lib, unda muallif kursdosh do`sti bilan bog’liq talabalik yillarini xotira-kechinma shaklida hikoya kiladi (131-bet).. Sarlavhadagi "yo`l" so`zi essening ramziy ma`no yo`nalishini belgilab bergan. Binobarin, "Yo`llar ayro tushdi, ammo..." sarlavhadagi ko`p nuqtalilik yozuvchi va shoirning badiiy adabiyotning ikki turi - nasr va nazm yo`lidan ketganligini ifoda eteada, ammo xalq dar- dini, hayotini aks ettirishdagi qurol bitta ekanligini bildiradi.
Sarlavhadagi sirlilik va joziba ko`p nuqta zimmasiga tushgan. Asar shunday satrlar bilan yakunlanadi: "Abdullajon shu erdan o`ngta burilib, favvora tomoi ketdi. Men avtobusga o`tirib, to`g’riga yo`l oldim.
Yo`llarimiz ajrashdi... Ha, ramziy ma`noda ham shu...
Demak, esseda yo`l ramzi xotira tuzilishining o`ziga xosligini ta`minlagan. Binobarin, boshqa esselardan farqli jihat barcha voqealar ana shu timsol atrofida uyg’unlashadi, jiislashadi.
SH.Xolmirzaev asosan, esselarda I shaxs "men" tilidan xikoya qiladi: "Plashimning yoqasini ko`tarib, zinadan tushayotgan edim"(131-bet). Muallif-qaxramon o`zining ichki kechinma o`ylariga, bolalik xotiralariga, tafeilotlarga, batafsil tasviriylikka keng o`rin beradi. Xu­susan, "Kayfim chog’: "adabiyot to`garagi"da "YOmg’ir tomchiladi" degan hikoya - "yaxshi" baho oldi, to`garak rahbari - dorilfununda ilk bor ma`ruza o`qiy boshlagan nozikta`b olim (marhum akademik) Matyokub Qo`shjonov hikoyamni maqtash bilan cheklanmay, meni o`rnimdan turg’izib qo`yib, kimmanu kaysi yurtlardan ekanimni-da surishtirdi, boz ustiga - uyiga taklif etdi: "Ovdan xabardor bo`lsang, ondatra oviga chikamiz. Xotinko`prikning tagidan o`tadigan nahr bo`ylarida botqok, qamnshzorlar ko`p..."(309-bet). YUkoridagi esse matnida muallif- qaxramon kayfiyatining nima uchun a`loligini izohlaydi va olim Matyokub Qo`shjonov bilan o`zaro munosabatlariga izoh berish yo`li bilan batafsil tasviriylik, izohlash uslubidan keng foydalanadi.
esse matnining turli o`rinlarga sochib berilgan tabiat tasvirlari ham ramziy ma`no tashigan: "Kuz. Kech kuzakning dag’algina shamoli esib turar, yo`l bo`yidagi o`ris daraxtlardan qovjiroq yaproklar uchar, seniyam bir taraflarga uchging kelar edi - turnalar kabi'"(287-bet). Matndagi kuz faslining tasviri, ya`ni daraxtlardan uchib tushib, osmonda gir- gir aylanib, sollanib tushayotgan bargning ijobiy ma`no ottenkasi essening yosh va navqiron talabalariga o`zgacha kayfiyat bagishlaydi. YA`ni muallif-qahramon ham yaproq singari, yoxud kuzda issiq o`lkalarga uchib ketuvchi turnalar singari qaerlargadir, oliy manzillar sari uchib ketgisi keladi. Aniqrog’i, talaba SH.Xolmirzaev bilan A.Oripov hayot ostonasida uchirma qush kabi turishibdi. SHu o`rinda sof muallif o`zi va do`sti A.Oripovning aynan o`sha vaqtdagi axvoli, talabalar va adabiyot ahli orasidagi tutgan obro`yi hakida ham izohlar, kolaversa, qistirma epizodik voqealarni hikoya kiladi.
Professor Izzat Sulton portret yaratish masalasida shunday xulosa qiladi: “Portretni ikki yo`l bilan yaratish mumkin: 1) qahramonning tashqi qiyofasi hikoyaning boshilayoq chizib beriladi; 2) qahramonning tashqi qiyofasi asar davomida detallar vositasida tasvirlanadi”1. SHukur Xolmirzaev kichik nasriy asarlarida ko`proq ikkinchi yo`ldan foydalanib, portretni tasvirlaydi. Bu holatni esselarida ham kuzatish mumkin. Bu uslub murakkab bo`lib, tasvirlanayotgan inson portretini o`quvchi ongiga singdirish maqsadida adib bu borada o`ziga xos tajriba va individual uslubga ega ekanligini ta`kidlash lozim. Ayni paytda “badiiy asarda inson tasviri uchun, eng muhimi, uning ichki dunyosidir” deb yozadi I.Sulton. Haqiqatan ham asar qahramonining gap-so`zi, nutqi va fikrlari uning portreti to`g’risida yaqqol tasavvur uyg’ota oladi. SH.Xolmirzaev O`.Umarbekov, M.Qo`shjonov va boshqalar portretini tasvirlashda xuddi shu yo`ldan boradi. esseni o`qish jarayonida ularning o`ziga xos ijodkor va haqiqiy inson ekanliklari yorqin namoyon bo`la boradi. Xulosa qilib aytganda, shu jihatdan SHukur Xolmirzaevning milliy portret yaratish borasidagi tajribasi o`ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi esselarda ham yaqqol namoyon bo`lgan.
Xulosa qilib aytganda, badiiy asarda bo`lgani kabi esseda ham portert yaratish va uning mukammal chiqishi ijodkorning iste`dodi va tajribasiga bog’liq. Ikkinchidan, badiiy asarda ham, esselarda ham portret uchun asosiy masala va talablardan biri uning ichki dunyosi tasviridir. Uchinchidan, SH.Xolmirzaev barcha asarlarida, jumladan, esselarida ham portret yaratishda qahramonning ma`naviy dunyosini tasvirlash bilan uning tashqi qiyofasini ko`rsatishga alohida ahamiyat beradi. To`tinchidan, adib mazkur masalada til imkoniyatlari (lahja, sheva, jargon kabi hodisalar), detallar, tasviriy vositalar va kezi kelganda adabiy izohlardan oqilona foydalanadi.
Ushbu bobga xulosa qilib shuni aytish mumkinki, SH.Xolmirzaev – essenavis adib sifatida turli mavzularda qalam tebratar ekan, ularning barchasi adib xotiralaridan sizib chiqadi. Adib o`ziga yaqin insonlar obrazini yaratar ekan, bevosita o`zining kuzatishlariga, xotiralariga tayanib ish ko`radi, shu bilan birga obraz yaratishda realizm tamoyillariga sodiq qoladi. Adib qaysi obrazni yaratmasin, u O`.Umarbekov bo`ldaimi, M.Qo`shjonov bo`ladimi, yoki do`stlari bo`ladimi, bundan qat`i nazar ularning har bir harakatini mayda detallargacha kuzatishdan, ulardan xulosa chiqarishdan charchamaydi. Natijada tasvirlanayotgan har bir obrazning o`ziga xos portreti chiziladi, kitobxonda ma`lum tasavvur, taassurot uyg’ota oladi. Bu fazilat adib esselarini yanada qiziqarli, u yaratgan obrazlarni yanada jozibali qilib tasvirlashga yordam beradi.



Yüklə 233,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin