Fotokolorimetriya haqida tushuncha.
Ranglarni solishtirib ko’rish uchun yuqoridan bayon qilingan vizual metodlardan tashqari, yana boshqa metodlar ham qo’llaniladi. Masalan,
Jt = Jo ∙ 10 – εhC Tenglamadan ko’ramizki, eritmadan o’tgan yorug’lik intensivligi faqat kontsentratsiya (S) yoki eritma qavati balandligi (h) o’zgarishi bilan o’zgarib qolmay, balki eritmaga kiruvchi yorug’lik oqimi intensivligi (Jo) o’zgarganda ham o’zgaradi. Yorug’lik nurlari eritmaga tushishidan avval maxsus diafragmalarning teshik aridan o’tadi; anna shu diafragmalardan foydalanib, Jo qiymatini o’zgartirish mumkin.
Bu printsipga asoslanib, diafragmalar metodi tuzilgan, lekin biz uni bu yerda mukammal bayn etmaymiz.
Biz bu yerda fotokolorimetriya haqida ham faqat umumiy tushunchalar beramiz, xolos.
Fotokolorimetrik aniqlash ishlarida fotoelementning yorug’lik sezuvchi sirti yoritilishi natijasida paydo bo’ladigan va zanjirdagi galvanometr yordami bilan yozib olinadigan fototok kuchiga qarab, eritmadan o’tgan yorug’lik intensivligi haqida fikr yuritiladi. Aniqlash ishi maxsus asboblarda – fotokolorimetrlarda olib boriladi. Fotokolorimetrlar ikki xil bo’ladi: «bir yelkali» va «ikki yelkali» fotokolorimetrlar.
Cho’g’linish lampasi (1) dan chiqqan yorug’lik linza (2) yordamida parallel nurlar dastasiga aylantiriladi va tegishlicha tanlab olingan yorug’lik filtri (3) dan hamda kyuveta (4) dagi sinaladigan eritmadan o’tib, fotoelement (5) ga tushadi. Fotoelement esa kalit (6) orqali galvanometr (7) ga ulangan bo’ladi. Yorug’lik mnbai sifatida avtomobil fonarining lampasiga o’xshash 6 – 12 v ga muljallangan va akkumulyatorlar batareyasi (9) dan tok oladigan lampa xizmat qiladi.
Asbob aniq ishlashi uchun yorug’lik intensivligi o’zgarmasligi kerak. Lampaning cho’g’lanish darajasi zanjirga ulangan ikkita reostat yordami bilan rostlanadi (11 reostat dag’al rostlash uchun, 8 reostat esa aniq rostlash uchun mo’ljallangan).
Aniqlash ishini bajarishda kyuveta (4) suv bilan (yoki «salt tajriba» eritmasi bilan) to’ldiriladi; kalit (10) yordamida lampa (1) yoqilgandan keyin, reostatlar (11 va 8) vositasida lampaning cho’g’lanish darajasi rostlanib, galvanometr strelkasi shkalaning 100 – bo’lmasiga to’g’ri keltiriladi. Bundan keyin, suv (yoki «salt tajriba» eritmasi) kyuvetadan to’kib tashlanadi; kyuvetaga (reaktiv qoyib boyalgan) sinaluvchi eritma solinib, galvanometr sterelkasi to’xtagan bo’lma (asin.) yozib olinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. X.Raxmatov, A.Gevorgyan, N.Boboqulov, Z.Qurbonova. 2. «Fizik kimyoviy analiz usullari». Qarshi «Nasaf» - 2003. 3. O.Fayzullaev. «Analitik kimyo». Toshkent – 2006. 4. M.Mirkomilova. «Analitik kimyo». T.: 2002. 5. A.Alakseev. «Miqdoriy analiz». T.: 1984. 6. L.A.Kazitsina . N.B.KupletskaY. Primeneniye Uf; Ik-i YAMR spektrakopiya vorganicheskiy ximii. Moskva-1971 g. 7. Babushkin A.A. idr. Metodi spektralnogo analiza. MRU. 1962 g 8. Bellami. L.Infrakrosniye spektri slojnix molekul. M.1963 g.