Buxoro Davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti 70530901 Fizika



Yüklə 50,25 Kb.
səhifə5/10
tarix17.02.2023
ölçüsü50,25 Kb.
#84656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
mustaqil ish spektral Usmonov Uygun

Inam = a׳Cβnam Ineg = ∙ a ″ ∙ CVneg
yoki uluarning nisbatlari:
Inam a׳Cβnam a׳Cβnam
——— = ———— = ————— = ∙ Cβnam = a ∙ Cβ
Ineg a ″ ∙ CVneg a ″ ∙ CV׳nam
Bu tenglama intensivliklar nisbati ham elementning namunadagi kontsentratsiyasiga mutanosibligini ko’rsatadi. Bu miqdoriy spektral analiz usullarining asosiy tenglamasidir.
Moddaning kontsentratsiyasi bilan spektr chiziqlarining intensivligi orasidagi bog’liqlik amalda etalonlar yordamida topiladi. Kimyoviy tarkiblari aniq ma‘lum bo’lgan moddalar va materiallarning namunalari etalon deyiladi. Etalonlarga quyidagi qat‘iy talablar qoyiladi: 1) tarkibi, tayyorlanishi, ishlanishi, shakli va boshqa ko’rsatkichlari boyicha etalonlar ayni xom ashyo yoki mahsulotlarning tekshirilayotgan namunalariga to’la mos kelishi kerak; 2) etalonlar o’zining kimyoviy tarkibi va tuzilishi boyicha mutlaqo bir jinsli bo’lishi lozim; 3) etalonlarning kimyoviy tarkibi turli analitik usullarda va turlicha laboratoriyalarda bir – biriga daxlsiz ravishda tekshirilgan bo’lishi kerak.
Tarkibidagi aniqlanuvchi elementning miqdori turlicha bo’lgan etalonlar to’plami bo’lishi zarur. Etalonlardagi elementlar kontsentratsiyalarining oralig’i analiz qilinayotgan namunalardagi kontsentratsiyalar oralig’iga teng yoki undan ozgina ortiqroq bo’lishi kerak.
Fotografik usul. Hozirgi kunda qayd qilishning fotografik usuli eng ko’p qo’llanuvchi usullardandir. U emission miqdoriy analiz uchun zarur bo’lgan qator afzalliklarga ega: 1) ko’p sonli elementlarni bir vaqtning o’zida aniqlash mumkin; 2) butun ekspozitsiya davomida spektr chiziqlari intensivliklarini o’rtachalashtirish mumkin; 3) analizning juda sezgir bo’lishi ta‘minlanadi. Bulardan tashqari, fotografik qayd etishda bir tekshiriluvchi ob‘ektdan ikkinchisiga o’tishda asbobni qaytadan moslash mutlaqo talab etilmaydi.
Darajalash grafiklari. Tekshiriluvchi elementning kontsentratsiyasi va spektr chiziqlarining intensivliklari yoki ularning qorayishi orasidagi tajriba yo’li bilan topilgan bog’liqlikni turli usullar bilan ifodalash mumkin. Ulardan eng qulayi grafik usuldir. Abstsissalar o’qiga kontsentratsiya logarifmini, ordinatalar o’qiga esa intensivlik logarifmini qoyib chiziqli grafik olinadi, uning tenglamasi quyidagicha:

Yüklə 50,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin