Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-1Agb-22
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yoshlar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasidan
Jaloliddin Rumiyning bir hikmati doimo ilhombaxshdir: “Goʻzal kunlar kelishini kutma, unga qarab bormogʻingni unutma”. Oʻzbekistondagi yangi Uygʻonish maʼrifati ham ayni shu tamoyilga asoslanganini, ezgu niyatlar amalga oshayotganini anglash esa yana-da shijoat baxsh etadi.

Taraqqiyot ilmga asoslanadi. Shavkat Mirziyoyevning Prezident sifatidagi dastlabki uchrashuvlaridan biri ilm ahli, olimlar bilan boʻlgani ham bejiz emas edi.
Oʻshanda davlatimiz rahbarining aytgan soʻzlari hamon qulogʻimda jaranglab turibdi: “Ilm-fan bilan shugʻullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap. Shunday ekan, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va ragʻbatga munosib”. Bu — qadr, bu — ilmga eʼtiborning yorqin namunasi edi.
XIV — XVI asrlardagi ikkinchi Sharq Uygʻonishi yoxud tarixda “Temuriylar Renessansi” deya nom olgan davrda ilmning qanchalik qadrlanganini, birgina misolda, “Temur tuzuklari”dagi ushbu jumlalarni keltirish orqali isbotlash mumkin. Unda shunday yozilgan: “Kimning aql-shijoatini sinov tarozisida tortib koʻrib, boshqalarnikidan ortiqroqligini bilsam, uni tarbiyamga olib, amirlik darajasiga koʻtarar edim. Soʻngra koʻrsatgan xizmatlariga yarasha martabasini oshirib borardim”.

Aslida ham bilimli inson ilmning qadrini, olimning qadrini yaxshi biladi. Agar davlat rahbarining keyingi yillarda maʼrifat, taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish yoʻlida imzolagan qonun, Farmon va qarorlari, ilgari surayotgan ezgu tashabbuslarining magʻzini toʻla chaqib koʻrsak, Oʻzbekistonda yangi Maʼrifat Renessansiga mustahkam tamal toshi qoʻyilayotganini anglaysiz.
Ayniqsa, ilm ahliga qaratilayotgan eʼtibor va ragʻbatning bosqichma-bosqich oshirib borilayotgani poydevorning yana-da pishiq boʻlishiga ishoradir