Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-1Agb-22
Bugun dunyoga yangi Oʻzbekiston nomi bilan balqiyotgan uchinchi Renessans gʻoyasining jozibasi shundaki, u oʻz atrofiga davlatni ham, jamiyatni ham, butun xalqni ham birlashtira oladi. Bu gʻoyaning milliy gʻoya oʻlaroq keng quloch yozishi esa, nazarimizda, barchamizning uning mazmunini chuqurroq anglashimizga, teranroq mushohada yuritishimizga bogʻliq. Shu asnoda davlatimiz rahbarining «Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qoʻyib, uni milliy gʻoya darajasiga koʻtarmoqdamiz. Biz maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni boʻlgʻusi Renessansning toʻrt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bogʻcha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-oʻqituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uygʻonish davrining toʻrt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz.
O‘zbekiston bugun kuchli demokratik, ilg‘or rivojlangan davlatlar safidan mustahkam o‘rin egallash uchun dadil qadamlar tashlamoqda. Dunyoning rivojlangan 50 mamlakati qatoriga kirish yaqin kelajakdagi asosiy rejamiz. Bu boradagi islohotlar birovga yaxshi ko‘rinish uchun emas, xalqimizga munosib sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshirilyapti.

E’tibor berayotgan bo‘lsangiz, keyingi yillarda O‘zbekistondagi bu kabi o‘zgarishlar jahon hamjamiyati e’tirofiga loyiq ko‘rilmoqda. Buni xorijiy ekspertlarning fikrlaridan, xalqaro reytinglardan, qolaversa, o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlik qilishni, sarmoya kiritishni istovchilar ko‘payganidan ham bilish mumkin.
Yangi O‘zbekiston o‘z oldiga bugun shunchaki rivojlanishni emas, balki jamiyat hayotining turli sohalarida inson manfaati, qadri har narsadan ustun, degan g‘oya asosiga qurilgan islohotlar samarasi har jabhada, har sohada sezilishiga, qisqa qilib aytganda, odamlar farovon turmush kechirishi uchun xizmat qilishiga harakat qilmoqda. Amalda shunday bo‘lyapti ham.

Xususan, o‘tgan haftada ko‘hna va azim shahar Samarqandda nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo hamjamiyati uchun ham e’tiborga molik voqea bo‘lib o‘tdi. Voqeaki, barchaning hayratiyu havasini oshirdi. Ya’ni shahar markazida “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazining ochilishi tantanali tus olib, unda davlatimiz rahbari ishtirok etdi va nutq so‘zladi.