Qisqacha boshqarma shunday bo’limlardan tashkil topgan
Boshqarmaning vazifasi fermerlar ustidan nazorat qilish , qancha yerga bug’doy, paxta, sholi va boshqa ekinlar tug’risida viloyat boshqarmasiga bayonot berish. Boshqarmaning moliyaviy masalari sir tutiladi. Boshqarma qanday qilib kam harajat qilib yaxshi hosil olishga bo’lgan ishlar bilan va bulayotgan jarayon haqida kunlik hisobot berib turadi. Qishloq xo‘jalik korxonalari uchun taqdim etilayotgan mehnat va modiiy resurslar me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi rahbarligida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari tomonidan hozirgi zamonaviy texnikalar, qishloq xo‘jalik mashinalari tizimi, moddiy-texnik resurslar ta’minoti, mintaqalarning tuproq va tabiiy-iqlim sharoitlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Qishloq xo‘jaligida mehnat va moddiy resurslarni me’yorlar bo‘yicha sarflanishi qishloq xo‘jalik mahsuloti ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy barqarorligini ta’minlash ishlab chiqarishni tashkil etish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini oshiradi.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi rahbarligida me’yorlarni ishlab chiqish tizimdagi ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassis va olimlari tomonidan amalga oshirilgan.Qishloq xo’jaliklarini rivojlantirish bo’yicha yangi qarorlar chiqmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 6 sentabr kuni qishloq xo'jaligini 2020-2030 yillarda rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.
Mamlakatimiz qishloq xo'jaligi bo'yicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to'kin, xalqimiz rizqi mo'l-ko'l bo'lishidan tortib eksportdan qo'shimcha daromad topishgacha bo'lgan juda ko'p masalalar shu soha bilan bog'liq.
Keyingi yillarda qishloq xo'jaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo'yicha qator ishlar amalga oshirildi. Davlat xarid narxlari qariyb 3 barobarga ko'paytirilgani natijasida manfaatdorlik oshdi. Paxtachilik va g'allachilik hashar emas, chinakam daromad manbaiga aylandi.
Yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish, mehnat unumdorligi va ish haqini oshirish maqsadida 76 ta paxta-to'qimachilik klasterlari tashkil etildi.
Joriy yilning o'zida 25 ming gektar paxta maydonlarida suv tejovchi yangi sug'orish tizimi joriy qilindi. Foydalanishdan chiqqan 1 million 100 ming gektar yerni qayta ishga kiritish bo'yicha sa'y-harakatlar boshlandi.
Bunda, avvalo, qishloq xo'jaligi yerlarining aniq hisobini yuritish, ulardan foydalanishni takomillashtirish lozimligi qayd etildi. Shundan kelib chiqib, "Yergeodezkadastr" qo'mitasiga 2021 yil oxirigacha respublikaning barcha hududlarida yerni hisobga olish ishlarini yakunlash, yer hisobini yuritish bo'yicha yagona elektron bazani yaratish topshirildi.
Qayd etilganidek, unumdorlikni oshirishga, ko'p yillik mevalar yetishtirishga intilishi uchun yer egalarining ertangi kunga to'la ishonchi bo'lishi kerak. Shu bois Prezidentimiz qonunchilikni qayta ko'rib chiqib, yer ajratishning shaffof tizimi va yerga bo'lgan huquqning kafolatlanishini ta'minlash zarurligini ta'kidladi.
Qishloq xo'jaligida suvdan to'g'ri foydalanish ham juda muhim masala. Tahlillarga ko'ra, yurtimizda ekin maydonlariga milliardlab kub metr suv yo'naltirilsa-da, uning faqat 60 foizi ekinlarga yetib boradi, 40 foizi sug'orish tizimlarida va sug'orish jarayonida yo'qotiladi.
Mamlakatimizda shu kabi ko’plab o’zgarishlar yuz bermoqda bu qishloq xo’jaliklarining o’zgacha qiyofaga kirib va rivojlanib bormoqda.
Boshqarma faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha tegishli viloyat tashkilotlari va idoralar bilan hamkorlik kilish, Respublika qishloq xo’jaligi vazirligi va uning Xayatida, viloyat hokimligi yig‘ilishlarida masalalarni ko‘rib chikishda qatnashish;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vaziri hamda viloyat hokimi va ularning urinbosarlari topshiriqlarini bajarish;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, o‘lar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Boshqarmaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Boshqarma faoliyatining alohida uchastkalariga raxbarlik ilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;
Boshqarma faoliyatini rejalashtirilishini tashkil etish, Boshqarma va o‘z o‘rinbosarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi buyruqlari, Xayat qarorlari hamda viloyat hokimligi qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Boshqarma faoliyatida ijro intizomini mustaxkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Boshqarma va tumanlar Qishloq xo’jaligi bulimlari xodimlarini tizimli kayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Boshqarma tizimida kadrlarni tanlash, saralash va joy-joyiga ko‘yish, o‘larning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Boshqarmaning kadrlar zahirasini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi nomenklaturasiga kiradig‘an bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek Boshqarmaga ishga qabul qilinayotg‘an boshqa kadrlarning‘ professionalligi va o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizlig‘ini ta’minlash masalalari bo‘yicha bo‘yruklar kabul kilish, zarur xollarda boshka vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli karorlarni kabul kilish;
o‘z o‘rinbosarlari va tumanlar Qishloq xo’jaligi bulimlari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar raxbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tankidiy taxlil kilish, Boshqarma hayat majlislarida ularning shaxsiy xisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
Boshqarma hodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini xal etish, o‘zining o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab to‘rgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni kiritish, ularning shaxsiy masuliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;
Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 2 martdag‘i 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va maxalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining‘ odob-axlok namunaviy koidalari asosida Boshqarma boshligi tomonidan tasdiqlanadigan Boshqarma hodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga Boshqarma xodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash;
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun xo‘jjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chikish va amalga oshirish orkali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Boshqarma tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, taxlil kilish, bartaraf etish;
Boshqarma, uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida ish faoliyatining zamonaviy shakllarini joriy etishni taminlash;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va mahfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Boshqarmaning tarkibiy va xududiy bo‘linmalarining Nizomlari hamda idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash;
Boshqarma markaziy apparati xodimlari, tarkibiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Boshqarma, tumanlar bo‘limlari, idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaxslari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va topshiriqlar berish, shuningdek, ularning ijrosini o‘rnatilgan tartibda nazorat qilish;
Boshqarma markaziy apparati, xududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalari va shtatlar jadvaliga xodimlarning cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish.
Qishloq_xo’jaligi_boshqarmasi_boshligining_birinchi_o‘rinbosari_va_o‘rinbosarlarining_asosiy_funksional_vazifalari_hisoblanadi'>Qishloq xo’jaligi boshqarmasi boshligining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Boshqarma boshligi vaqtincha bo‘lmaganida tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Boshqarimaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, tuzilmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik kilinadigan tarkibiy tuzilmalarning choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
Boshqarma xay’ati qarorlari, boshqarma boshlig’ining buyruq va topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Boshqarma boshlig’iga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zahirasini shakllantirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Boshqarma hayati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi masalalari bo‘yicha Boshqarma faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, konun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chikish va ularni Boshqarma boshlig’iga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Boshqaroma boshligiga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora- tadbirlar ko‘rish;
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida Boshkarma boshligi tomonidan tasdiqlanadigan viloyat Qishloq xo’jaligi boshqarmasi hodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan qayd qilingan qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi ko‘rashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Boshkarma tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish;
Qishloq xo’jaligi bulimlari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Tuman bulimi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Vazirlik hujjatlari bilan ushbu tuzilmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
uning faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Boshqarma xayati qarorlari, Boshqarma boshlig’i, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘yruqlari hamda topshiriqlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qaror va farmoyishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Tuman bulimi faoliyati sohasi va vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy bo‘linmaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, hududiy bo‘linma faoliyatining alohida tarmoqlariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
tuman bulimi faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy bo‘linma va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
tuman bulimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy bo‘linma kadrlar zahirasini shakllantirish;
tuman bulimi hodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish, sho‘ jo‘mladan ular egallab to‘rgan lavozimda kolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish;
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-ahloq namunaviy qoidalari» shuningdek Qishloq xo’jaligi vazirligining bu boradagi namunaviy koidalariga asosida tasdiqdanadigan Boshqarma xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga tuman bulimi xodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofik hududiy bo‘linmada korrupsiya va boshqa xuquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni kullash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
prognoz ko‘rsatkichlar ijrosini tizimli taxlil qilish, hududiy bo‘linma tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan ko‘shimcha chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘yicha takliflarni Boshqarma boshligining mutasaddi o‘rinbosarlariga (shu jumladan birinchi o‘rinbosarga) kiritish;
tuman bulimi xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
tumanlar bulimlari faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
Tuman bulimi xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida Vazirlikka takliflar kiritish;
davlat sirini yoki qonun bilan ko‘riklanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning ximoya qilinishini ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: |