Boshqarmaga viloyat hokimining tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod kilinadigan Boshqarma boshligi rahbarlik qiladi. oshqarma boshligining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. Boshqarma boshligi bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga muvofiq uning birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi. Markaziy (Boshqaruv) apparatining tarkibiy bo‘linmalari boshliklari, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari mutasaddilik qiladigan Boshqarma boshligi urinbosarlari(shu jumladan birinchi o‘rinbosar) tavsiyanomasi bo‘yicha Boshqarma boshligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari tegishli viloyatlar hokimlari bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Qishlok xo‘jaligi vaziri bilan kelishilgan holda, tegishli ravishda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Qishloq xo‘jaligini (va har qanday sohani) rivojlantirish uchun aniq rejaning mavjudligi mazkur sohaning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanishi uchun muhim element hisoblanadi. Men buni o‘zimning Jahon Bankidagi o‘n besh yillik, 25 dan ortiq mamlakatda, jumladan so‘nggi besh yilda jadal rivojlanayotgan Sharqiy Osiyo mamlakatlarida orttirgan, tajribamdan kelib chiqib bilardim. Men dunyoning aynan shu qismida, agar mamlakatda aslida mavjud ma’lumotlarga asoslangan uzoq muddatli strategik reja bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi sanoati sohasida ijobiy natijalarni anchagina tez ko‘rish mumkinligiga amin bo‘ldim.
Shunday qilib 2010 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda Vetnamning qishloq xo‘jalik oziq-ovqat mahsulotlari eksporti ikki barobardan ko‘proqqa — 17 dan 40 milliard AQSH dollariga — o‘sdi. Bu natijalarga 6,5 million gektar yer maydonida qishloq xo‘jalik mahsulotlarni yetishtirish tufayli erishildi. Taqqoslash uchun aytadigan bo‘lsak, qishloq xo‘jalik yer maydonlari qariyb 4 million gektarni tashkil qiladigan O‘zbekistonda 2018 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 2,5 milliard AQSH dollaridan oshmadi.
Agrotexnologiya bo’limi haqida ma’lumot .