17
Ta’lim shakllari:
kunduzgi, sirtqi, kechki
Ta’lim tillari:
o’zbek, rus,
ingliz
Dastur davomiyligi:
4 yil
Beriladigan daraja:
bakalavr
Dastur nomi
Dastur Kod
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
60310100
60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir
semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib,talaba dastur
yakunlangangunga qadar 240 kredit to’lashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi
miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan
iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi.
Semestr
davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan
majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.
60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi – fan va iqtisodiyot
sohasidagi ta’lim yo’nalishi bo’lib,
bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari va tamoyillari, jahon xo‘jaligi va
milliy iqtisodiyotning umumiy rivojlanish tamoyillarini o‘rganish va tahlil etish, iqtisodiyotning ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy xizmat bo‘linmalarini tashkil etish,
iqtisodiy
xavfsizlikni ta’minlashda ishtirok etish,infratuzilma obyektlarini tashkil etish va ularni boshqarish
hamda ularning tarkibiga kiruvchi obyektlardagi iqtisodiy jarayonlarga yo‘naltirilgan kompleks
masalalarni yechish, iqtisodiyotda ishlab chiqarish jarayonlarini
optimallashtirish, ilmiy-tadqiqot
faoliyatini amalga oshirish,
xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
tashkil etishning huquqiy-me’yoriy
asoslarini takomillashtirish, korxonalarda tadbirkorlik faoliyatini
tashkil etish, rejalashtirish, tashkiliy boshqaruv tarkibini shakllantirish, biznes
strategiyalarni tahlil
qilish, korxonalarda xizmat ko’rsatish faoliyatini tashkil etish, turli mulkchilik shaklidagi korxonlar
faoliyatini boshqarish, raqobatbardoshlik
holatini tahlil qilish, korxonalar iqtisodiy faoliyatiga oid
dasturlar tuzish hamda ularni amalga oshirish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalar faoliyatini
rivojlantirishga,
istiqbolini belgilashga, kasbiy ko’nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan
inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bog’liq kompleks masalalar
majmuasini qamrab oladi.
60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi
bitiruvchilarining
kasbiy faoliyat turlari:
Tashkiliy-boshqaruv;
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish;
Axborot-tahliliy faoliyat;
Ilmiy-tadqiqot faoliyati;
Iqtisodiy hisob-kitob
Pedagogik
60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan iqtisodiyot
sohalarini qamrab oluvchi magistratura mutaxassisliklari bo’yicha belgilangan muddatlarda o’qishni
davom etirishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: