Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Agrobankda aqlli Smart Office ochildi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə3/8
tarix11.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#128433
1   2   3   4   5   6   7   8
amaliyoti hisoboti Agrobank

Agrobankda aqlli Smart Office ochildi.

Zamonaviy qiyofa, zamonaviy xizmatlar - Agrobank smart-ofisidan boshlanadi. Ha, adashmadingiz. Endilikda aholi va biznes vakillari, shunchaki bank xizmatlaridan foydalanmoqchi bo‘lgan fuqarolarimiz ham Agrobankning aqlli "Smart Office" xizmatlaridan o‘ziga qulay vaqtda foydalanishlari mumkin.
Smart Office - aqlli shaxobcha bo‘lib, bank xodimlari ishtirokisiz 24/7 rejimida faoliyat yuritadi. Mazkur shaxobchada barcha turdagi bank operasiyalari avtomatlashtirilgan holda xizmat ko‘rsatadi. Aqlli shaxobchaga kartomat, avtomatlashtirilgan depozit mashina (ADM), video-teller mashinasi (VTM), bankomat, infokioska, Resepshn-Robot hamda Touchscrean (sensorli ekran) qurilmalari joylashtirilgan. 
Ofisga kirishingiz bilan sizni “Resepshn-Robot” kutib oladi. Mijozlarni qiziqtirgan savollariga javob beradi. Bankda ko‘rsatilayotgan barcha xizmat turlari, o‘tkazilayotgan aksiyalar hamda yangiliklardan xabardor etadi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari va qurilmalardan foydalanish tartibi to‘g‘risida batafsil tushunchalar beradi. Mijozlar o‘zining veb sahifalariga kirib ma’lumotlarini (ushbu robotning ekranida paydo bo‘ladi) olish imkoniga ega bo‘ladi. Robot VIP mijozlarni taniydi. Kartomat qurilmasi orqali mijozlar bankka tashrif buyurmagan holda HUMO va Visa plastik kartalarini olish yoki yaroqlilik muddati o‘tgan yoki nosoz bo‘lib qolgan hamda yo‘qolgan shu turdagi plastik kartalarni qayta olish imkoniyatini beradi. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi (ADM) yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga bankka tashrif buyurmasdan onlayn tarzda hisob raqamlariga inkassasiya qilish, naqd milliy valyuta orqali barcha turdagi plastik kartalarni to‘ldirish va Agrobank tomonidan rasmiylashtirilgan kreditga hisoblangan foizlarni naqd milliy valyutada to‘lash imkonini beradi. Video-teller mashinasi (VTM) qo‘shimcha ekran hamda videomaslahat uskunalari bilan jihozlangan, mazkur qurilma orqali mijozlar barcha turdagi bank operasiyalarini amalga oshirishi mumkin. Jumladan;
- naqd xorijiy va milliy valyuta orqali bank plastik kartalarini to‘ldirish;
- xorijiy pul o‘tkazmalar qabul qilish va o‘tkazish;
- omonat rasmiylashtirish, hisob raqamlarini ochish va uni to‘ldirish;
- jismoniy shaxslarga kredit rasmiylashtirish hamda berish;
- my.agrobank.uz saytida mavjud barcha xizmat turlaridan foydalanish;
- ushbu bankomatdan foydalangan holda “Call-Centre” da biriktirilgan xodim bilan mijozlarga tushunchalar berish xizmatlari bajariladi.
Bankomat qurilmasi (6683 rusumli)
- Uzkart to‘lov tizimiga ulangan bo‘lib, ushbu bankomat orqali:
- naqd milliy valyuta olish;
- plastik kartani naqd milliy valyutada to‘ldirish;
- naqd xorijiy valyutani naqd milliy valyutaga ayirboshlash;
- naqd xorijiy valyuta orqali so‘m plastik kartani to‘ldirish;
- so‘m plastik karta orqali naqd xorijiy valyuta sotib olish mumkin.
Eng e’tiborlisi, mazkur bankomat yordamida plastik karta ishtirokisiz, maxsus kod orqali naqd pul yechib olish imkoni mavjud. Buning uchun smartfoningiz "Agrobank" mobil ilovasiga ulangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari ushbu qurilma orqali to‘lovlarni (telefon, internet provayderlar, kommunal to‘lovlar va boshqa...) amalga oshirish mumkin. Bu xizmatlar hozircha faqat Agrobankda mavjud.
Bankomat qurilmasi (5800 rusumli) Xumo to‘lov tizimiga ulangan bo‘lib, ushbu bankomat orqali:
- naqd milliy valyuta olish;
- plastik kartani naqd milliy valyutada to‘ldirish mumkin.
Infokioska qurilmasi orqali mijozlar naqd milliy valyutada yoki so‘m plastik karta orqali kommunal, paynet amaliyotlarini bajarish hamda kredit so‘ndirish xizmatlaridan foydalanadi.
Touchscrean (sensorli ekran) qurilmasi orqali internet banking xizmatidan fodalanish imkoniyati yaratilgan. 
"Smart Office"lar har bir viloyat hamda tuman markazlarida qurilishi rejalashtirilgan.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin