12
Kirish qismida nazariy va amaliy jihatdan
mavzuning
dolzarbligi
asoslanadi,
maqsadlar shakllantiriladi va vazifalar belgilanadi.
Agarda prezintatsiya, mustaqil ish monografik (bitta manba va muallif
referatlashtirilsa) ko‘rinishda bo‘lsa, kirish qismida:
- muallif
haqida qisqacha ma’lumot (ilmiy
darajasi,
unvoni,
uning mutaxassisligi, boshqa ishlari);
- mavzu manbasining qisqacha bayoni;
-
ish maqsadi;
- rubrikasi;
- muallifning tutgan o‘rni va boshqalar keltiriladi.
Prezentatsiya, mustaqil ishning asosiy qismida barcha muhim fikrlar aks
ettirilishi zarur. Materialni ifoda etish tavsifiy xarakterga ega bo‘lmasligi kerak.
Mos ravishda xulosalari bo‘lgan tahlil, shuningdek matn bilan uzviy bog‘langan
statistik materiallar tahlili bo‘lmog‘i lozim. Statistik ma’lumotlarni jadval holiga
keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Statistik ma’lumotlar
asosida diagrammalar,
grafiklar, gistogrammalar qurish u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarni
tushunarliroq ifoda etishga yordamberadi.
Prezentatsiya,
mustaqil
ishda
keltiriladigan
barcha
jadvallar,
diagrammalar, grafiklar, sxemalar, rasmlar nomlanishi va tartib raqami
qo‘yilishi kerak. Ular tagiga ushbu statistik ma’lumotlar
olingan manbalar
betlari ham ko‘rsatilgan holda qo‘yilishi qat’iy talab etiladi. Matnda
keltiriladigan barcha raqamlar tegishli manbalarga havolalarni keltirilishi talab
etiladi. Matnda iqtibos keltirilsa yoki mualliflar ilmiy-tadqiqot ishlaridagi
xulosalar, qaydlar, mulohaza va fikrlardan foydalanilgan
holatda muqarrar
ravishda havolalar bo‘lishi lozim.
Xulosa tanlangan mavzuni o‘rganish natijasida talaba qilgan xulosalarni o‘z
ichiga oladi, shunigdek, hal etilmagan va kelgusida hal etilishi talab etiladigan
savollarga bag‘ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: