Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Mavzuga oid savol va topshiriqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Mavzuga oid savol va topshiriqlar: 
1.
Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning jamiyat 
taraqqiyotidagi roli. 
2.
Kompyuter dasturlari: tizimli, amaliy va instumental dasturlar. 
3.
Kompyuter dasturiy ta’minoti va ularning rivojlanish 
tendensiyalari. 
4.
Ta’lim samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining 
o‘rni va ahamiyati.
5.
Zamonaviy 
axborot 
texnologiyalaridan 
ilmiy-tadqiqot 
jarayonida foydalanish. 
16-MAVZU. TEXNOLOGIYA DARSLARIDA INNOVATSION 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
Reja: 
1.Innavatsion texnologiyalar haqida ma‘lumot.
2.Innavatsion texnologiyalardan foydalanishning shakl va 
metodlari.
3.Innavatsion texnologiyalardan ta’lim jarayonida foydalanish 
usullari. 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Pedagogik texnologiyalar, 
innovatsiya, interfaol metodlar, hamkorlik pedagogikasi. 
 
Innovatsion texnologiyalar - ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda 
o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning 


150 
bilimlarni 
o’zlashtirishini 
faollashtirish, 
shaxsiy 
sifatlarini 
rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars 
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy 
mezonlari: norasmiy baxs-munozaralar o’tkazish, shu materialini 
erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ro’zalar soni kamligi, 
lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’psatishlariga 
imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib 
ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa 
metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini 
oshi- rishda o’ziga xos ahamiyatga ega. 
Innovatsiya (inglizcha) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni 
ifodalaydi, texnologiya yunoncha “texnos”- san’at,mahorat va 
“logos”- fan so’zlaridan olingan bo’lib, innovatsion texnologiya 
ta’lim-tarbiya shakllari, metodlari va usullariga yangicha yondashish 
degan ma’noni o’z ichiga qamrab oladi. Innovatsion texnologiyalar 
pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, 
o’zgarishlar kiritish. Ta’lim tizimidagi har qanday islohotlar, 
innovatsiyalar, investitsiyalar, shubhasiz, ta’lim samaradorligini 
oshirishga va uni zamonaviy ta’lim talablariga to’la qonli javob 
berishiga qaratilgan. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlanganidek, “Inson, 
uning har tomonlama uyg`un kamol topishi va farovonligi, shaxs 
manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan 
mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning 
andozalarini 
o`zgartirish 
Respublikada 
amalga 
oshirilayotgan 
iqtisodiy islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. 
Xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlar asosida
zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning 
yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini 
shakllantirish O`zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir”. 
XXI asrda O`zbekiston ta’lim tizimini isloh qilish va 
takomillashtirish ustuvor vazifalardan biridir. Bu esa, o`z navbatida
texnologiya fani yo’nalishida izlanishlar olib borayotgan olimlarimiz 
zimmasiga tegishli o`quv fanlari bo`yicha o`quv adabiyotlarini hozirgi 
davr talabi va ilm-fanning so`nggi yutuqlarini hisobga olgan holda 
yangilab 
borish, 
ta’lim jarayoniga innovatsiya va ta’lim 
texnologiyalarini 
joriy 
etishni 
taqozo 
etmoqda.Ma’lumki 
mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida barcha fanlarni o`qitish 


151 
jarayonida innovatsiyalar va ilg`or xorijiy tajribalarni qo`llash 
bugungi kunning dolzarb masalaridan biri hisoblanadi.Avvalo fandagi 
yangilik nima? Fandagi innovatsiya nima? degan savollarga javob 
berish lozim. Bugungi kunda amaliyotda yangilik va innovatsiya 
so`zlari o`rtasida farqlar mavjud. Yangilik bu fandagi eng so`nggi
kiritilgan yutuqlar, bilimlar, usullar hisoblanadi. Ushbu yutuqlar, 
bilimlar, usullarni amalda qo`llanilishi bilan innovatsiyaga aylanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda har jihatdan rivojlangan insonni 
tarbiyalash muammosi hozirgi kun talabiga aylangan. Jamiyatda yuz 
berayotgan inqilobiy o’zgarishlarni insonni o’zgartirmay amalga 
oshirib bo’lmaydi, bu esa ijtimoiy munosabatlarning yangilanishiga 
borib taqaladi, uning tub ildizi esa maktablar tizimiga ulangan. 
Axborot texnologiyalarni yuqori cho’qqini zabt etib turganligi 
xorijiy mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash 
zaruratga aylandi, ta’limning ilg’or pedagogik texnologiyalarga 
asoslangan metotlari va shakllariga bo’lgan ehtiyoj kuchaydi. 
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga 
faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi sababli ta’limga 
qaratilayotgan islohotlar yildan yilga oshib bormoqda. Yaponlarda 
maktab tizimiga shunday ta’rif bergan: “ maktab muvaffaqiyat va 
farovonlik timsoli”gina bo’lib qolmay, “ u insonni yaxshilaydi” degan 
fikrga asoslanadi. Ta’lim to’g’risidagi masalalar hamisha davlat 
siyosatchilarining diqqat markazida bo’lgan.
Fransiya 
prezidenti 
F.Mettiran 
“maktab-jamiyatni 
harakatlantiruvchi kuch” deb hisoblagan. Xorijiy mamlakatlarda 
pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy 
muassasalar ishlab turibdi. Ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari 
bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik 
tadqiqot markazlari shug’ullanmoqda. Hunar ta’limi Germaniya ta’lim 
tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, Germaniyada yuqori 
malakali ishchilarga bo’lgan talabning kuchliligidir. Maxsus hunar 
bilim yurtlari va o’rta maxsus bilim yurtlariga bu mamlakat tayanch 
maktablarning 25% gacha bitiruvchilari kiradilar. Bu turdagi o’quv 
yurtlarining bitiruvchilari texnika oliy o’quv yurtlarida o’qishni 
davom ettirishlari mumkin. 
Muammoli ta’lim texnologiyasida aqliy faoliyat usullarini shakl-
lantirish, ijodiy faoliyatga yo`llash, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish 
funksiyalari yetakchi o`rinni egallaydi, qolgan funksiyalar ularga 


152 
go`yoki bo`ysunadi. Shu asnoda boshqa texnologiyalarning ham 
didaktik funksiyalarini tahlil etish mumkin. Bir qator fanlarni 
o`qitishda bugungi kunda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda quyidagi 
innovasiyalar va ta’lim texnologiyalari qo`llanilmoqda.


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin