Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Blum taksonomiyasi
deb nomlanadi. (Taksonomiya-
borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish 
nazariyasi). Unga ko‘ra tafakkurning rivojlanishi 
bilish, tushunish, 
qo‘llash, tahlil, umumlashtirish, baholash
darajalarida bo‘ladi. 
Bular quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar 
namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan: 
Bilish
-dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi 
atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu 
kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: 
qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni etkaza olish, aytib bera 
olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, 
takrorlash. 
Tushunish 
darajasidagi tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi 
faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar 
asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur 
darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, 
yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish
yoritib berish, sharhlash, oydinlashtirish. 
Qo‘llash
darajasidagi tafakkurda o‘quvchi olgan bilimlaridan 
faqat an’anaviy emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va 
ularni to‘g‘ri qo‘llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar 
namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, 


161 
foydalanish, o‘rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish
tatbiq qilish, hal etish. 
Tahlil 
darajasidagi tafakkurda o‘quvchi yaxlitning qismlarini va 
ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi 
xatolarni ko‘radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, 
ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga 
muvofiq 
fe’llar 
namunalari: 
keltirib 
chiqarish, 
ajratish, 
tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, 
taqsimlash, tekshirish, guruhlash. 
Umumlashtirish
darajasidagi tafakkurda o‘quvchi ijodiy ish 
bajaradi, biror tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi 
bilimlardan foydalanadi. Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy 
qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: 
yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab 
chiqish, tizimlashtirish, kombinastiyalashtirish, yaratish, tuzish, 
loyihalash. 
Baholash 
darajasidagi tafakkurda o‘quvchi mezonlarni ajrata 
oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko‘radi, 
xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va 
baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga 
muvofiq fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, o‘lchash, nazorat 
qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, 
qiyoslash. Interfaol ta`lim o`z xususiyatiga ko`ra didaktik o`yinlar 
orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini 
loyihalash orqali, muamoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, 
kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar 
yordamida amalga oshirish metodlarini o`z ichiga oladi.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta`lim o`z 
navbatida kompyuter dasturlari yordamida o`qitish, masofadan 
o`qitish, 
internet 
tarmoqlari 
asosida 
o`qitish, 
media-ta`lim 
metodlaridan iborat.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin