Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


“Muammoli vaziyat” metodi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

“Muammoli vaziyat” metodi (o‘qituvchining kichiq ma’ruzasi) 
“Muammoli vaziyat” metodi ta’lim oluvchilarda muammoli 
vaziyatlarning sababini va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning 


165 
yechimlarini topish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga 
qaratilgan metod. 

Muammoli vaziyat
” metodining tarkibiy tuzilishi quyidagicha: 
Muammoli vaziyat tavsifini keltirish 
O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish 
Guruhlar muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini 
aniqlashi 
Guruhlarning muammoli vaziyatni oqibatlari to‘g‘risidagi 
fikrlarini jamlanish bosqichi 
Guruhlarni muammoli vaziyatni yechimini ishlab chiqish 
bosqichi 
To‘g‘ri yechimlarni tanlash bosqichi 
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning 
murakkabligi o‘quvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. 
O‘quvchilar qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishi 
kerak, chunki muammoni yechimini topa olmasa o‘quvchilarning 
qiziqishlari so‘nishi va bolalar o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishi 
mumkin. Dars jarayonida ushbu metoddan foydalanganda o‘quchilar 
mustaqil fikr yurtishga, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil 
qilishga, uning yechimini topishga o‘rganadilar.

Muammoli 
vaziyat
” 
metodini 
qo‘llash 
bosqichlari 
quyidagilardan iborat: 
1.
O‘qituvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, 
maqsad va vazifalarni aniqlaydi, muammmoni bayon qiladi. 
2.
O‘qituvchi o‘quvchilarni topshiriqning vazifalari va shartlari 
bilan tanishtiradi. 
3.
O‘quvchilarni kichiq guruhlarga ajratadi. 
4.
Kichiq guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar va 
muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar. Barcha guruhlar 
muammoni sabablarini o‘rganib chiqqach, taqdimot o‘tkazadilar. 
Barcha guruhlardagi muammoning sabablari to‘g‘risidagi bir xil fiklar 
jamlanadi. 
5.
Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida guruhlar muammoning 
kelib chiqish mumkin bo‘lgan oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritadilar va 
vaqt tugagach, har bir guruh o‘z taqdimotini o‘tkazadi. Taqdimotdan 
keyin bir xil fikrlar yana jamlanadi. 


166 
6.
Endi guruhlar muammoni yechishning turli yo‘llari va 
imkoniyatlarini muhokama qiladilar, tahlillar o‘tkazadilar. Muammoli 
vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar. 
7.
Kichiq guruhlar muammoni yechish bo‘yicha o‘z variantlari 
taklif etilgan taqdimot o‘tkazadilar. 
8.
Barcha guruhlarning taqdimotidan keyin bir xil yechimlar yoki 
original yechimlar jamlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda 
muammoli vaziyatni yechishning eng maqbul variantini tanlab oladi. 
Texnologiya darslari da BBB jadvalidan ham foydalanishimiz 
mumkin. Bunda avval o’quvchilarning mavzuga oid shaxsiy fikrlarini 
so’raymiz. Keyingi bosqichda yangi nazariy amaliy ma’lumotlar 
beriladi. 
So’ng 
dars 
so’ngida 
o’quvchilarning 
savollarini 
joylashtiriladi. Dars so’ngida jadval ustida muhokama olib boriladi. 
Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar beriladi. Quyidagi BBB 
jadvalini ko’rishimiz mumkin:

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin