165
yechimlarini topish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga
qaratilgan metod.
“
Muammoli vaziyat
” metodining tarkibiy tuzilishi quyidagicha:
Muammoli vaziyat tavsifini keltirish
O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish
Guruhlar muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini
aniqlashi
Guruhlarning muammoli vaziyatni oqibatlari to‘g‘risidagi
fikrlarini jamlanish bosqichi
Guruhlarni muammoli vaziyatni yechimini ishlab chiqish
bosqichi
To‘g‘ri yechimlarni tanlash bosqichi
“Muammoli vaziyat” metodi
uchun tanlangan muammoning
murakkabligi o‘quvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak.
O‘quvchilar qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishi
kerak, chunki muammoni yechimini topa olmasa o‘quvchilarning
qiziqishlari so‘nishi va bolalar o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishi
mumkin. Dars jarayonida ushbu metoddan foydalanganda o‘quchilar
mustaqil fikr yurtishga, muammoning sabab
va oqibatlarini tahlil
qilishga, uning yechimini topishga o‘rganadilar.
“
Muammoli
vaziyat
”
metodini
qo‘llash
bosqichlari
quyidagilardan iborat:
1.
O‘qituvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi,
maqsad va vazifalarni aniqlaydi, muammmoni bayon qiladi.
2.
O‘qituvchi o‘quvchilarni topshiriqning
vazifalari va shartlari
bilan tanishtiradi.
3.
O‘quvchilarni kichiq guruhlarga ajratadi.
4.
Kichiq guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar va
muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar. Barcha guruhlar
muammoni sabablarini o‘rganib
chiqqach, taqdimot o‘tkazadilar.
Barcha guruhlardagi muammoning sabablari to‘g‘risidagi bir xil fiklar
jamlanadi.
5.
Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida guruhlar muammoning
kelib chiqish mumkin bo‘lgan oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritadilar va
vaqt tugagach, har bir guruh o‘z taqdimotini o‘tkazadi. Taqdimotdan
keyin bir xil fikrlar yana jamlanadi.
166
6.
Endi guruhlar muammoni yechishning turli yo‘llari va
imkoniyatlarini muhokama qiladilar, tahlillar o‘tkazadilar. Muammoli
vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.
7.
Kichiq guruhlar muammoni yechish bo‘yicha o‘z
variantlari
taklif etilgan taqdimot o‘tkazadilar.
8.
Barcha guruhlarning taqdimotidan keyin bir xil yechimlar yoki
original yechimlar jamlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda
muammoli vaziyatni yechishning eng maqbul variantini tanlab oladi.
Texnologiya darslari da BBB jadvalidan ham foydalanishimiz
mumkin. Bunda avval o’quvchilarning mavzuga oid shaxsiy fikrlarini
so’raymiz. Keyingi bosqichda yangi nazariy amaliy ma’lumotlar
beriladi.
So’ng
dars
so’ngida
o’quvchilarning
savollarini
joylashtiriladi. Dars so’ngida jadval ustida muhokama olib boriladi.
Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar beriladi.
Quyidagi BBB
jadvalini ko’rishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: