170
18-MAVZU. TEXNOLOGIYA FANI VA TARBIYASINING
UZVIYLIGI
Reja:
1.Mehnatga munosabat.
2.Texnologiya fani va tarbiyasining uzviyligi va ularning o’ziga
xos jihatlari.
3.Integratsiyalashgan tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini
oshirish omillari.
Mavzuga doir tayanch tushunchalar: texnologiya fani va
tarbiyasi,
texnologiya
fanining
o’ziga
xos
jihatlari,
integratsiyalashgan tarbiyaviy tadbir turlari
Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, texnologiya
fanining xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga
yuksak talablar qo‘yadi. Shunga ko‘ra har bir kishini hayotga
tarbiyalashda aniq o‘zgarishlar qilishi lozim. Har bir o‘quvchida
zamonaviy ishchi shaxsining sifatlarini shakllantirish uchun
maktabning boshlang‘ich sinflarida va hatto ilgariroq maktabgacha
muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi ta’lim va
tarbiyani rivojlantirish, o‘z bilimlarini davom ettirishlari lozim. Butun
kuch va qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini kengaytirish,
zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish va mehnatni har tomonlama
uyg‘unlashtira olishga o‘rgatishdan iboratdir. О’quvchilarni mehnatga
tarbiyalash va kasbga tayyorlash vazifalari
boshlang‘ich sinflarda butun ta’lim va tarbiya tizimida hamda
barcha o'quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o‘rinda mehnat
darslari yetakchi rol o‘ynaydi. Boshlang'ich sinflarda mehnat
ta’limining ilk tushunchalari, malaka va ko‘nikmalari mehnat
darslarida shakllantiriladi. Boshlang’ ich maktabdagi mehnat ta’
limining asosiy vazifalari mehnatga axloqiy, ruhiy tayyorlash va
amaliy tayyorlash, о‘quvchilarni boshlang’ich politexnik bilimlar
bilan qurollantirishdan iboratdir. Mehnatga axloqiy tayyorlash - o‘zaro
do‘stona yordamni berishni, ijodiy tashabbuskorlik, tashkilotchilik
qobiliyatlarini namoyish qilishni, mehnat kishilari va mehnat
171
natijalarini hurmat qilishni o‘rgatishdan iboratdir. Mehnat ta’limi va
tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi mehnatni uyushtirish
muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida o‘tkazilayotgan
mehnat jarayonida o‘quvchilarda do‘stlik, o‘rtoqlik,
o‘zaro yordam va hamkorlik, jamoa mehnat samaralaridan quvonish
kabi xislatlar tarbiyalanib boradi.Shuningdek, ularda tashabbuskorlik,
tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish, jamoa manfaatini shaxsiy
manfaatdan ustun qo‘yish singari axloqiy sifatlaming shakllanishiga
poydevor qo‘yiladi. Mehnat jarayonida o‘quvchilarda mehnat
madaniyatining unsurlarini hosil qilib borish muhim talablardan biri
sanaladi. Ta'lim bilan birgalikda tarbiyani har bir xil rivojlantirish
faqatgina ta'lim samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi metod va
usullarni yaratibgina qolmay, tarbiya berish jarayonida ham yangicha
yondashuv, yangivha metod va usullar yaratilishi har tomonlama
barkamol shaxs tarbiyalashiga zamin yaratadi. Ta'lim tizimiga
qaratilgan islohotlarning ham tub zamirida shu maqsadlar
mujassamlashtirilgan.
Ayniqsa, texnologiya fanlari bu tarbiyaning ilk bo'g'ini hisoblanadi,
ularning uzviyligi-mehnat jarayonida tarbiya, tarbiya atrofida mehnat
unib chiqishi va buni o'quvchilarga dars jarayonida yetkaza olish
demakdir. Tarbiya boshlang'ich sinflardagina bo'lib qolmay,
maktabgacha ta'lim muassasalaridan tortib yuqori sinflargacha tatbiq
etiladi va takomillashtirilib boriladi. Toki, mehnat bor joyda tarbiyaga
zamin yaratiladi va uning o'chog'i shu joydan boshlanadi, mehnatni
tushuna olgan, uni amaliy shakllantirgan har qanday shaxs axloqiy,
ruhiy, estetik tarbiyani ham o'zlashtira oladi.
Mehnat madaniyati - bajarilayotgan ishga ongli munosabatda bo‘lish,
uni ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi (puxta rejalashtirish, vaqtdan
unumli foydalanish), ish o‘rnini ozoda tutish, mehnat (ish) qurollariga
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, boshlangan ishni natijalash, uning
samarali bo‘lishiga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat ko‘rsatkichidir.
Mehnat madaniyati tushunchasi o‘zida yana o‘quvchining mustaqil
harakat olib borishini, mehnat qilishi va dam olishini to‘g‘ri tashkil eta
olishni ham aks ettiradi. Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalashning
yana bir talabi o‘quvchilami ilm-fan, madaniyat, texnika va
texnologiya borasidagi yangiliklardan boxabar etish, ularda mehnatga
nisbatan qiziqishni hosil qilish, bu boradagi layoqat, qobiliyat va
172
iqtidorlarini oshirib borishdan iborat. Mehnatga
ruhiy
tayyorlash -
o'quvchilaming yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy xususiyatlami
tarkib toptirish, o‘quvchilaming mehnat malaka va ko‘nikmalarini
egallashga qiziqishini shakllantirishdan iboratdir. O'qituvchining
vazifasi o‘quvchilarga yoshligidan boshlab mehnat malaka va
ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga o‘quvchilaming mehnatga
qobiliyatini shakllantirish, jamiyat rivojlanishi uchun ishlab
chiqarishda qatnashish zarurligini tushuntirish
juda muhimdir. Mehnatga ruhiy tayyorlash o‘quvchilardagi turli
psixologik jarayonlarni rivojlantirishni va takomillashtirishni nazarda
tutadi. Bular: sezib-anglash, psixomotor, emotsional-idrok, diqqat,
xotira,
tafakkur-
mehnatning
psixologik
komponentlaridir.
O‘quvchilami mehnatga o'rgatishda uning ruhiy imkoniyatlarini
nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Bundan
tashqari bolaning xotirasini o‘stirish ham alohida ahamiyatga ega.
Chunki, mehnat faniga oid materiallarni eslab qolish va amaliy
ishlarni bajarish boshqa predmetlarga nisbatan o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Barcha yangi asboblar, materiallarni, amaliy
ishlaming nomini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari predmetni ko‘rib
idrok etish bilan fikran biriktirib, tinglab o‘rganadilar, tushunib
oladilar. O‘qituvchi mehnat darslarida amaliy ishlami tushuntiribgina
qolmay, balki asosiy materiallar va buyumlar namunasini, asboblami
materialga ishlov berish usullarini, ish bosqichlarining izchilligini
ko‘rsatadi. Shu bois mehnat ta’limida eshitish, ko‘rish xotirasi va
harakatlanuvchi xotira muhim ro‘l o‘ynaydi. O‘quvchilarda mehnat
darsidan mehnat darsigacha yangidan-yangi bilim va ko‘nikmalar
mujassamlashib boradi, ularni esa anglash va xotirada saqlab qolish
kerak.
Mehnat
ta’limini to‘g‘ri tashkil etish о'quvchilarni
qiyinchiliklarni yengishga, qo‘yilgan maqsadga erishish yo'lida
qat’iyat bilan mehnat qilish, boshlangan ishni chalatashlabketmay,
balki oxirigayetkazishga o‘rgatish lozim. Bu o‘rinda o‘quvchilarda
ijobiy natijalar: mehnatdan quvonish, lazzatlanish va qoniqish
hissiyotlarining namoyon bo’lishi juda muhimdir. О‘quvchilami
mehnatga amaliy tayyorlash. Boshlang’ich sinf mehnat ta’limida keng
ma’nodagi mehnatning ilmiy asoslari haqida emas, mehnat ta’limning
elementlari to‘g‘risida gap boradi. Bu o‘quvchilarda mehnatning
yutuqlariga nisbatan qiziqish uyg‘onishiga yordam beradi. Politexnik
173
bilimga ega bo‘lish qo‘yilgan mehnat vazifalarini bajarishda yordam
beradi. Shuningdek, bu bilim kerakli amaliy ish bosqichlarini qanday
va qaysi izchillikda amalga oshirish, qanday asboblami qo’llash va
uning sabablarini anglashga ko‘maklashadi. O’quvchilarni mehnatga
amaliy tayyorlash mehnat ta’limining muhim omillaridan biridir. U
o‘zaro bog‘langan bir nechta elementlardan: oddiy asbob va
moslamalardan foydalana bilish, u yoki bu materialga ma’lum
izchillikda ishlov bera olish, yo‘l qo‘yilgan xatoni o‘z vaqtida aniqlash
va to‘g‘irlay olish kabilardan tarkib topadi. Mehnatga amaliy
tayyorlashni faqat kerakli bilimlar bazasida amalga oshirish
mumkin.U boshlang'ich sinflarda boshlang’ich politexnik bilimlarga
asoslanadi. Mehnat ta’limining mazmuniga muvofiq o‘quvchilar
mazkur yosh uchun qulay bo‘lgan materiallarga ishlov berish,
qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalardan foydalanish malaka va
ko‘nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob va moslamalar maxsus
asbob va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi. O’quvchilar ta’lim
jarayonida va darsdan tashqari sharoitlarda mehnatning ijtimoiy
jamiyatda tutgan o‘rni va rolini, inson kamolotini ta’minlash omili
ekanligini, shaxsning qobiliyati va iqtidorini mehnat jarayonida
takomillashib borishini hayotiy misollar yordamida bilib olishlari
lozim. Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda bugungi kunda
an’anaviy va noan’anaviy shakllardan foydalanilmoqda. Xususan,
mehnat bayramlari, ishlab chiqarish ko‘rgazmalari, hashar, “Mohir
qo‘llar” tanlovi, “Quvnoq shahar ustaxonasi”, “Yosh radiotexniklar
to‘garagi” va ijodiy markazlar faoliyati, shuningdek, ustozshogird
an’analari asosida faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi kasb-hunar
ta’limi va boshqalar. Mehnat tarbiyasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim
muassasalarida o‘quvchilar maktabga kelgan dastlabki kunlardanoq
o‘zlarining yosh va psixologik xusnsiyatlariga mos mehnat faoliyatiga
jalb qilinadilar. Bunda ular o‘z-o‘ziga xizmat qilish borasidagi eng
oddiy yumushlarni bajaradilar (chunonchi, sinf xonasi ozodaligini
saqlash, o‘quv qurollarini ta’mirlash, kitoblarni yelimlash, o‘quv
anjomlarini darsga tayyorlash va hokazolar).
Mehnatga ruhiy, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida
o‘quvchilarda mehnatsevarlik, mehnatni tashkil etish jarayonida
intizomga bo‘ysunish, maqsadni amalga oshirish yo’lida shijoat,
qat’iyat ko‘rsatish, axloqiy-irodaviy xususiyatlar tarbiyalanib boradi.
174
Mehnat ta’limi vazifalari haqida gapirilganda, o‘quvchilarda
mehnatsevarlik, mas’uliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik
hissini tarbiyalashni tilga olmaslik mumkin emas. Shu bilan birgalikda
mehnat odamlar tirikchiligining moddiy va ma’naviy ta’minotining
vositasi, jamiyat taraqqiyotining eng muhim omilidir. O’quvchilarni
barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishida mehnat ta’limining roli ko‘p
qirralidir. Mehnat o‘quvchilaming bilim olishiga intilishlarini
qo‘zg‘atuvchi vositagina emas, balki uning manbayi hamdir. Mehnat
ta’limi jarayonida o‘quvchilami aqliy jihatdan o‘stirishda jismoniy va
aqliy mehnatni almashtirib turish muhim ahamiyatga egadir. Biroq har
qanday
mehnat
ham
aqliy
o‘sishga yordam bermasligini
unulmasligimiz kerak. Mehnat ta’limi shaxsning eng muhim iroda va
axloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat ta’limida
mehnatga psixologik tayyorgarlik, mehnat faoliyatining to‘g‘ri
motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun
zarur bo‘lgan sifatlari shakllanadi. Darslarning jihozlanganligi o‘z
mehnati
uchun
shaxsiy
mas’uliyatni,
mehnat
madaniyatini
tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar yomon
jihozlangan sinfda, qo‘pol, og‘ir va yoshlariga nomunosib asboblar
bilan shug‘ullansalar ish natijalari ko‘ngildagidek bo‘lmaydi.Agarda
bola har bir qadamda tartiblilikka, aniqlikka rioya qilish lozimligiga
ishonch hosil qilmasa, bolalarni tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish
haqida gapirish qiyin. Mehnat malaka va ko‘nikmalari u yoki bu
mehnat jarayonida belgilangan tartibga va harakat izchilligiga rioya
qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo‘ladigan
ko‘p mashq qilishlar natijasida tarkib topadi. O'quvchilar o‘rtasida
yo'lga qo‘yilgan o‘zaro yordam esa, ularda do‘stlik, birodarlik,
umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlami tarbiyalaydi. Ta’lim
muassasalarida mehnat ta’limi va tarbiyasini olib borish maxsus dastur
asosida amalga oshiriladi. Mehnat ta’limi dasturi namunali
xususiyatga ega. Unda maktab, o‘qituvchi va o‘quvchilar mehnat
faoliyatini baholash bo‘yicha ta’lim va tarbiya natijalariga nisbatan
davlatning minimum (eng kuchli) talablar aks etadi. Mehnat tarbiyasi
jarayonida bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish
maqsadning o‘zigina va pedagogik faoliyatning yakuniy mahsuli
emas, balki eng muhim insoniy layoqat —mehnat qilish layoqatini
rivojlantirish uchun vosita hisoblanadi. Shu bois bugungi kunning
175
talabi mehnat ta’limini tashkil etishda reproduktiv metodlar rolini
kamaytirib, yuksak darajadagi mantiqiy fikrlash hamda yaratuvchanlik
asosini hosil qiluvchi faol tadqiqot metodlaridan foydalanish
hisoblanadi. Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkiliy shakllarini
o‘qituvchilar yosh, psixologik xususiyatlari, mahalliy shart-
sharoitlardan kelib chiqqan holda tanlaydigan. Mehnat tarbiyasini
yo‘lga qo‘yishga shunday shakl va metodlardan foydalanish lozimki,
natijada mehnat insonning eng sevimli mashg‘ulotiga aylansin, shaxs
mehnati samarasi, yutug‘i va quvonchi bilan yashay olsin.
Dostları ilə paylaş: |