179
Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl –
kvadratni olib, uning
almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko’ramiz.
Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o’qini o’tkazish va
elementlarni shunga ko’ra joylashtirish lozim.
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko’pincha ochiq
tondagi qog’oz va fon tanlanadi. Applikatsiya mo’ljallangan tasvir va
elementlar miqdori qog’ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida
ishlanganda asosiy e’tibor
tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli
materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi.
Tasvir hajmiga ko’ra eng katta element asosiy tematik element
bo’lishi kerak.
Namuna tariqasida 1-sinf o’quvchilari 8 – mart uchun
tabriknoma yasashlari mumkin(1-rasm). Bu ishda bolalar andoza bilan
ishlaydilar, taxlash va
simmetrik qirqishni eslaydilar, chamalash
ko’nikmalarini sinaydilar va rangli qog’ozdan ingichka oq va sariq
to’g’ri chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog’ozdan doira
qirqsa bo’ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha bo’lishi mumkin.
Novdalar ham qo’lda qirqiladi.
Dostları ilə paylaş: