Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Mozaika bilan ishlash texnologiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

 
Mozaika bilan ishlash texnologiyasi
Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog’oz, 
oyna, sapo, gul tojibarglari, tuxum po’sti va shu kabilar) qo’yib 
chiqishdir. Mozaika bilan ishlash texnologiyasi bilan o’quvchilar 1-


181 
sinfdanoq tanishtiriladi. 1- sinf 
Texnologiya 
darsligida qog’ozlardan 
mozaika usulida mevalar shaklini yasash darsi berilgan( 3-rasm). 2- 
sinfga kelib o’quvchilar urug’lardan mozaika yasashni o’rganadilar ( 
4-rasm)
3-rasm 4 - rasm 
Tuxum po’stidan mozaika tayyorlash texnologiyasi.(6-rasm) 
1.Tuxum po’stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib 
quritilgan tuxum po’sti mo’yqalam yordamida akvarel bo’yoqlari 
bilan kerakli ranglarga bo’yaladi. 
2. Bo’yoq qurigandan keyin tuxum po’stini tanlangan rasmga 
ko’ra mayda va yirik bo’laklarga bo’linadi. 
3.Tuxum po’stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash 
kerakki ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri-
bugrilari bo’lmasligi kerak. 
4. Kontur qora qog’oz orqali o’tkaziladi yoki shablondan 
aylantirib chiziladi. 
5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga 
tuxum po’sti terib siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda 
davom ettiriladi. 
6. Ortiqcha yelim toza latta bilan artib tozalanadi, po’st yaxshiroq 
yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo’yiladi. 
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq 
konturlar ancha murakkablashadi. 


182 
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug’lari, danak, baliq 
tangalari, chig’anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini 
bajarish mumkin. 
Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog’oz, oyna, 
sapo, gul tojibarglari, tuxum po’sti va shu kabilar) qo’yib chiqishdir. 
Tuxum po’chog’ini maydalangan va butun holda saqlash 
mumkin. Tuxum pg’chog’ini butun saqlash uchun tuxumning ikki 
uchi teshiladi va unining ichidagilari puflab chiqariladi. Buning 
natijasida ichi bo’sh tuxum pо’chog’iga ega bo’linadi. Bunday 
po’chog’ni sinuvchan bo’lganligi uchun qutichalarda saqlash kerak. 
Tuxum po’chog’ini maydalanganligini har qanday xom va pishgan 
tuxumdan tayyorlash mumkin. Faqat ichki pardasi olib tashlanishi 
kerak. 
1.Tuxum po’stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib 
qo’ritilgan tuxum po’sti mo’yqalam yordamida akvarel bo’yoqlari 
bilan kerakli ranglarga bo’yaladi. 
2. Bo’yoq qurigandan keyin tuxum po’stini tanlangan rasmga 
ko’ra mayda va yirik bo’laklarga bo’linadi.
3.Tuxum po’stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash 
kerakki ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri-
bugrilari bo’lmasin. 
4. Kontur qora qog’oz orqali o’tkaziladi yoki shablondan 
aylantirib chiziladi. 
5. Avval rasm sathining bir qismiga elim surtiladi. U erga tuxum 
po’sti terib siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom 
ettiriladi.
6. Ortiqcha elim toza latta bilan artib tozalanadi, po’st yaxshiroq 
yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo’yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq 
konturlar ancha murakkablashadi. 
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug’lari, danak, baliq 
tangalari, chig’anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini 
bajarish mumkin(5-rasm). Bu ishlar o’quvchilarda ijodiy va atroflicha 
tasavvurni, badiiy didni o’stirishga yordam beradi. Bolalarda 
qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida qat’iyatlilik, tartiblilik 
tarbiyalanadi, uyushqoqlik bilan ishlash, ko’rsatmalarga rioya qilish, 
tashabbuskorlik ko’rsatish ko’nikmalari shakllanadi. O’quvchilar 


183 
tayyorlagan applikastiyalar ona tili va matematika darslari uchun 
ajoyib didaktik material, o’quvchilar nutqini o’stirish vositasi bo’lishi, 
ularning predmetlar shakli, rangi, fazoda joylashishi haqidagi 
tushunchalarini 
boyitishga 
xizmat 
qilish 
mumkin. 
Bunday 
applikastiyalar bilan ishlash o’quvchilarga stirkul bilan ishlashni, 
stirkul yordamida aylanani kismlarga ajratishni o’rgatadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin