187
5.
Asbob-uskunalarni o’zi uchun belgilangan joyda saqla!
6. Uzun kiyimda bo’lma, engingni shimar, choklarini yig’!
7.
Materialni qo’lda yo’nma!
8.
Osilib turganda kesma!
9. Pichoq bilan o’zing, o’rtoring tomonga qarab yo’nma!
10. Kesilgan, tilingan, shilingan joylarni yuvib, yod surtib, toza
bint bilan bog’la.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Applikatsiya ishlari haqida ma’lumot bering.
2.Mozaika ishlari haqida nimalarni bilasiz?
3.Darslarni to`g`ri tashkil etish haqida tushuncha bering.
4.Applikatsiya va mozaika ishlarining maqsadi deganda nimalar
nazarda tutiladi?
5. Applikatsiya va mozayka ishlarining
tarbiyaviy ahamiyati
nimalarda seziladi?
6. Bolalarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish deganda nimalar
nazarda tutiladi?
20-MAVZU. QOG
‘
OZ VA KARTON BILAN ISHLASH
DARSLARINING MAZMUNINI TASHKIL ETISH
METODIKASI
Reja:
1.Qog‘oz va karton haqida ma’lumot.
2.Qog‘ozning ishlab chiqarishdagi o‘rni.
3.Qog‘oz va karton turlari va xususiyatlari.
4.Qog‘oz va kartonga ishlov berish usullari.
5.Qog‘oz va karton bilan ishlash texnologiyasi.
6. Ish joyini tashkil qilish talablari.
8.Texnika xavsizligi qoidalari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Qog`oz, karton, ishlab chiqarishdagi o’rni, ishlov berish usullari,
ishlash texnologiyalari , Ish joyini tashkil qilish, texnik xavsizligi
qoidalari.
188
Tarix manbalarida yozilicha qadim Hindistonda yozuvlar palma
barglariga bitilgan. Palma yaproqlarini quritib ulardan plastinkalar
qirqib olinib keyin tush bilan yozilgan. Bu plastinkalar keyin bir biriga
mustakahmlanib,
jilti yaxshi silliqlangan, taxtachalardan qilingan
ustiga bezak berilib kitob holatiga keltirilgan. Qadimgi Greklar mum
kitoblarini ixtiro qilishgan. Bu yaxshi tekislangan taxtacha o’rtasidan
kvadrat o’yilgan bo’lib, u sariq yoki qora mum bilan to’ldirilgan.
Yozuvda esa po’lat cho’pdan foydalanilgan. Bir uchi o’tkir po’lat
cho’p bilan yozishgan bo’lsa, ikkinchi dumaloq uchi bilan yozilgan
narsani o’chirishgan. Bir biri bilan biriktirilgan taxtachalardan kitoblar
yasalgan, kitob jadval yoki sahifalarning qulayligi shundaki, ulardan
uzoq
muddat bemalol foydalanish, yozuvni o’chirish va qayta yozish
juda oson bo’lgan. Misrliklar yozish materiallarini Nil daryosidan
olganlar. Nil vodiysi botqoqliklarida qamishga o’xshash o’simliklar
bo’lib qadimgi Rim xalqi uni papirus deb ataganlar. Silliq poyasiz,
bargsiz o’simliklarni bo’yi 4 metrga yetar edi. Yozuv quroli uchun
poya barglaridan tozalanib, uning o’rtasidagi yumshoq g’ovvak o’zak
olinar edi. Ulardan uzun yupqa plastinkalar qirqilib tik holda
taxlanardi. So’ngra ho’l barg yopishtirilib presslanar edi, ular qurigach
sirti pemza bilan sayqallanardi. Bulardan
qilingan eng katta kitob
Britaniya muzeyi kutubxonasida saqlanardi. Bir necha ming yillar
davomida papirus yagona yozuv materiali bo’lib kelgan. Unda asosan
misrliklar, greklar, rimliklar foydalanib kelganlar.Osiyoda yozuv
uchun hayvonlar terisidan foydalanilgan. Teri masus eritmada
namlangan, cho’zilgan, quritilgan keyin qirilgan, sayqal berilgan va
tekislangan. Bu kitob uchun butun bir poda mol so’yilgan. Teri kitob
papirusga nisbatan bir necha afzalliklarga ega bo’lib,
uning ikkala
tomonidan bemalol yozish mumkin bo’lgan. Eramizdan V asr
muqaddam uzoq Sharq mamlakatlarida shoyiga yozish rasm bo’lgan.
Bu ham qimmatbaho material bo’lib, madaniyat rivojlana borgan
sayin yozish uchun arzon materialga talab orta borgan. Qog’oz
tayyorlashda XVIII asr fransuz Nikola Lui Robert kashf etgan
samocherpka-birinchi qog’oz mashinasi kashf qilgan.
Qog’oz ishlab chiqarishda yog’och, poxol ip, gazlama, eski
ishlatilgan qog’oz xom-ashyo hisoblanadi. Ip, gazlamadan asosan
qog’ozning qimmatbaho va maxsus navlarini
ishlab chiqarishda
foydalaniladi. Poxoldan karton, uram qog’ozlari tayyorlanadi.Qog’oz
189
ishlab chiqarishda suv ko’p talab qilinadi. Bundan tashqari yog’ochni
o’tkazish ham qulaydir. Tarkibida klechatka foizi ko’p bo’lgan qora
qarag’ay sellyuloza tayyorlashda eng yaxshi xom-ashyo hisoblanadi.
Har bir qog’oz navi o’z tayyorlash retseptiga egadir. Qog’oz va karton
faqatgina kollegrafiya sanoatidagina emas, balki xalq xo’jaligining
hamma tarmoqlarida ham keng qo’llaniladi.Gazeta qog’ozi eng arzon
va ko’p tarqalgan qog’oz turidir. Sifatiga ko’ra unchalik pishiq emas ,
namlikni va yelimni yaxshi singdiradi. Yozuv qog’ozi sathi silliq,
yelim,
singdirilgan
namlikni
kamroq
singdiradi.
Narsalarni
muqovalash, kartondan yasalgan narsalarni yelimlashda juda
qulay.Chizmachilik qog’ozi eng pishiq va eng qalin qog’oz. Lattadan
tayyorlanadi. Unda karnaval maskalari va shu kabilarni yasashda
foydalaniladi.
Rasm qog’ozi ikki nomerli bo’lib, to’liq sellyulozadan
tayyorlanadi, oliy naviga 25 % latta qo’shiladi. Qo’l
mehnati
darslarida,
shuningdek
chizmalar
chizishda
foydalaniladi.
Yelimlangan qog’oz jilo berilgan qog’oz bo’lib, bir tomoniga yelim
surtilgan, qo’l mehnati darslariga juda qulay. Gul qog’ozining rangi va
guli turlicha bo’lib, muqovalash, narsalarning ustidan yelimlash,
bezash ishlarida keng foydalaniladi.
Karton qog’oz deb, 1kv.m.200 gr.dan ortiq bo’lgan qog’ozga
aytiladi. Oq karton –uni qirqish oson, u unchalik pishiq emas, tez
sinadi. Sariq karton oq kartondan ko’ra pishiqroq,
egiluvchan yaxshi
qirqiladi, yelimdan shishmaydi.
Dastlab I sinfda o’quvchilar qog’oz va uning turlari bilan
tanishtiriladilar. 1-sinf “
Dostları ilə paylaş: