Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

5-rasm 6-rasm 
Yog’ochga qo’l asboblari bilan ishlov berganda xavfsizlik 
texnikasining ma’lum qoidalarga rioya qilinishini talab qiladi. 
Asboblar va moslamalarni ishlatish qoidalarini bilish uni ishlatayotgan 
har bir kishi unun majburiydir. 
Ish jarayonidagi xavfsizlikning qat’iy qoidalari: 
1. Ishni hech qachon o’qituvchining ruxsatisiz boshlama! 
2. Asboblarni faqat o’z o’rnida ishlat! 
3. Yaroqsiz asbob bilan ishlama! 
4.
Ishni chet ishlarga chalg’imay bajar! 


187 
5.
Asbob-uskunalarni o’zi uchun belgilangan joyda saqla! 
6. Uzun kiyimda bo’lma, engingni shimar, choklarini yig’! 
7.
Materialni qo’lda yo’nma! 
8.
Osilib turganda kesma! 
9. Pichoq bilan o’zing, o’rtoring tomonga qarab yo’nma! 
10. Kesilgan, tilingan, shilingan joylarni yuvib, yod surtib, toza 
bint bilan bog’la. 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Applikatsiya ishlari haqida ma’lumot bering.
2.Mozaika ishlari haqida nimalarni bilasiz?
3.Darslarni to`g`ri tashkil etish haqida tushuncha bering. 
4.Applikatsiya va mozaika ishlarining maqsadi deganda nimalar 
nazarda tutiladi? 
5. Applikatsiya va mozayka ishlarining tarbiyaviy ahamiyati 
nimalarda seziladi? 
6. Bolalarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish deganda nimalar 
nazarda tutiladi? 
20-MAVZU. QOG

OZ VA KARTON BILAN ISHLASH 
DARSLARINING MAZMUNINI TASHKIL ETISH
METODIKASI 
Reja: 
 
1.Qog‘oz va karton haqida ma’lumot.
2.Qog‘ozning ishlab chiqarishdagi o‘rni.
3.Qog‘oz va karton turlari va xususiyatlari.
4.Qog‘oz va kartonga ishlov berish usullari.
5.Qog‘oz va karton bilan ishlash texnologiyasi. 
6. Ish joyini tashkil qilish talablari.
8.Texnika xavsizligi qoidalari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
Qog`oz, karton, ishlab chiqarishdagi o’rni, ishlov berish usullari, 
ishlash texnologiyalari , Ish joyini tashkil qilish, texnik xavsizligi 
qoidalari. 


188 
Tarix manbalarida yozilicha qadim Hindistonda yozuvlar palma 
barglariga bitilgan. Palma yaproqlarini quritib ulardan plastinkalar 
qirqib olinib keyin tush bilan yozilgan. Bu plastinkalar keyin bir biriga 
mustakahmlanib, jilti yaxshi silliqlangan, taxtachalardan qilingan 
ustiga bezak berilib kitob holatiga keltirilgan. Qadimgi Greklar mum 
kitoblarini ixtiro qilishgan. Bu yaxshi tekislangan taxtacha o’rtasidan 
kvadrat o’yilgan bo’lib, u sariq yoki qora mum bilan to’ldirilgan. 
Yozuvda esa po’lat cho’pdan foydalanilgan. Bir uchi o’tkir po’lat 
cho’p bilan yozishgan bo’lsa, ikkinchi dumaloq uchi bilan yozilgan 
narsani o’chirishgan. Bir biri bilan biriktirilgan taxtachalardan kitoblar 
yasalgan, kitob jadval yoki sahifalarning qulayligi shundaki, ulardan 
uzoq muddat bemalol foydalanish, yozuvni o’chirish va qayta yozish 
juda oson bo’lgan. Misrliklar yozish materiallarini Nil daryosidan 
olganlar. Nil vodiysi botqoqliklarida qamishga o’xshash o’simliklar 
bo’lib qadimgi Rim xalqi uni papirus deb ataganlar. Silliq poyasiz, 
bargsiz o’simliklarni bo’yi 4 metrga yetar edi. Yozuv quroli uchun 
poya barglaridan tozalanib, uning o’rtasidagi yumshoq g’ovvak o’zak 
olinar edi. Ulardan uzun yupqa plastinkalar qirqilib tik holda 
taxlanardi. So’ngra ho’l barg yopishtirilib presslanar edi, ular qurigach 
sirti pemza bilan sayqallanardi. Bulardan qilingan eng katta kitob 
Britaniya muzeyi kutubxonasida saqlanardi. Bir necha ming yillar 
davomida papirus yagona yozuv materiali bo’lib kelgan. Unda asosan 
misrliklar, greklar, rimliklar foydalanib kelganlar.Osiyoda yozuv 
uchun hayvonlar terisidan foydalanilgan. Teri masus eritmada 
namlangan, cho’zilgan, quritilgan keyin qirilgan, sayqal berilgan va 
tekislangan. Bu kitob uchun butun bir poda mol so’yilgan. Teri kitob 
papirusga nisbatan bir necha afzalliklarga ega bo’lib, uning ikkala 
tomonidan bemalol yozish mumkin bo’lgan. Eramizdan V asr 
muqaddam uzoq Sharq mamlakatlarida shoyiga yozish rasm bo’lgan. 
Bu ham qimmatbaho material bo’lib, madaniyat rivojlana borgan 
sayin yozish uchun arzon materialga talab orta borgan. Qog’oz 
tayyorlashda XVIII asr fransuz Nikola Lui Robert kashf etgan 
samocherpka-birinchi qog’oz mashinasi kashf qilgan.
Qog’oz ishlab chiqarishda yog’och, poxol ip, gazlama, eski 
ishlatilgan qog’oz xom-ashyo hisoblanadi. Ip, gazlamadan asosan 
qog’ozning qimmatbaho va maxsus navlarini ishlab chiqarishda 
foydalaniladi. Poxoldan karton, uram qog’ozlari tayyorlanadi.Qog’oz 


189 
ishlab chiqarishda suv ko’p talab qilinadi. Bundan tashqari yog’ochni 
o’tkazish ham qulaydir. Tarkibida klechatka foizi ko’p bo’lgan qora 
qarag’ay sellyuloza tayyorlashda eng yaxshi xom-ashyo hisoblanadi. 
Har bir qog’oz navi o’z tayyorlash retseptiga egadir. Qog’oz va karton 
faqatgina kollegrafiya sanoatidagina emas, balki xalq xo’jaligining 
hamma tarmoqlarida ham keng qo’llaniladi.Gazeta qog’ozi eng arzon 
va ko’p tarqalgan qog’oz turidir. Sifatiga ko’ra unchalik pishiq emas , 
namlikni va yelimni yaxshi singdiradi. Yozuv qog’ozi sathi silliq, 
yelim, 
singdirilgan 
namlikni 
kamroq 
singdiradi. 
Narsalarni 
muqovalash, kartondan yasalgan narsalarni yelimlashda juda 
qulay.Chizmachilik qog’ozi eng pishiq va eng qalin qog’oz. Lattadan 
tayyorlanadi. Unda karnaval maskalari va shu kabilarni yasashda 
foydalaniladi. 
Rasm qog’ozi ikki nomerli bo’lib, to’liq sellyulozadan 
tayyorlanadi, oliy naviga 25 % latta qo’shiladi. Qo’l mehnati 
darslarida, 
shuningdek 
chizmalar 
chizishda 
foydalaniladi. 
Yelimlangan qog’oz jilo berilgan qog’oz bo’lib, bir tomoniga yelim 
surtilgan, qo’l mehnati darslariga juda qulay. Gul qog’ozining rangi va 
guli turlicha bo’lib, muqovalash, narsalarning ustidan yelimlash, 
bezash ishlarida keng foydalaniladi. 
Karton qog’oz deb, 1kv.m.200 gr.dan ortiq bo’lgan qog’ozga 
aytiladi. Oq karton –uni qirqish oson, u unchalik pishiq emas, tez 
sinadi. Sariq karton oq kartondan ko’ra pishiqroq, egiluvchan yaxshi 
qirqiladi, yelimdan shishmaydi. 
Dastlab I sinfda o’quvchilar qog’oz va uning turlari bilan 
tanishtiriladilar. 1-sinf “

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin