216
12-rasm. Namlanishda qog`oz mustahkamligining o`zgarishi:
1 - qog`oz yo`lni o`rtasini namlash; 2 - qog`oz yo`l cho`zilishi –
namlangan joydan uziladi
O`qituvchi shunday tajribani ko`rsatadi. Qog`oz varag`idan 200-
220 mm uzunlik 15-20 mm kenglikdagi qog`oz yo`l kesib olinadi. Uni
ikki chetidan ushlab, o`rtasi suvga solinadi. Suvga 1,5-2 daqiqa ushlab
turib, undan ortiqcha suvni qoqib o`qituvchi uni o`quvchilarga
ko`rsatadi va qog`oz yo`lni qarama-qarshi tomonga ikki uchidan
tortishda qayeridan uzilishini so`raydi. Qog`oz yo`l eng ko`p
namlangan joyidan, ushbu tajribada - qog`oz o`rtasidan uziladi (12-
rasm). Xulosa: qog`oz namlanishda o`zining uzilishga bo`lgan
mustahkamligining bir qismini yo`qotadi.
Qog`oz va karton buyumlarning tirishishi. (IV sinf)
II va III
sinflarda texnologiya darslari da o`quvchilar yelimlashda qog`oz va
karton tirishish va buyumlar yuzi qiyshayib pala-partish ko`rinishini
ko`p marta uchratadilar. Ish usullari bo`yicha o`qituvchi ko`rsatmalari
o`quvchilarga tirishish oldini olish yoki
uni kamaytirishga yordam
beradi.
IV sinfda o`quvchilar karton qog`oz buyumlar tirishishi sabablari
to`g`risidagi o`z bilimlarini umumlashtirish uchun yetarlicha
kuzatishlar to`playdilar. Qog`oz namlanishi bilan bog`liq yuqorida
ta‘riflangan
tajribalarni bajarib, o`quvchilar qog`oz detallar yyelim
eritmasidan namni shimishda cho`zilishi, ma‘lum sharoitlarda esa
burmalanishi va tirishishini aniqlaydilar. Bu
tirishish detallar notekis
namlanishida ayniqsa sezilarli bo`ladi.
Tirishishning yana bir sababi bo`lib, uni buyum tayyorlashda
qog`oz va kartondan foydalanuvchi har bir kishi bilishi kerak.
Namlangan qog`oz qurishdan keyin o`lchamlari kichrayadi –
kirishadi. Bu kirishish ancha bo`lib, tirishishga olib keladi:
217
yopishtirilgan qog`oz detal qurishda o`lchamlari qisqarib, o`zi
yopishtirilgan materialni tortadi va uning tirishishini chaqiradi.
Tirishishni kamaytirish uchun
kam namli quyuq yelimdan
foydalanishga harakat qilish, uni tez, butun detal yuzasini yupqa
qatlam bilan qoplashga harakat qilib surtish kerak.
Yassi karton
buyumlar va ularning detallarini ikki tomondan qog`oz bilan
yopishtirish yaxshiroq. Hamma hollarda, imkoni bo`lsa,
buyumlarni
press ostida quritish kerak.
Dostları ilə paylaş: