220
Ikkinchi usul bo`yicha dastlab qo`pol qog`oz varaqlari
tayyorlanadi, ular keyin bir necha qatlam qilib yyelimlanib, ancha-
muncha qalin va mustahkam karton olinadi. Ba‘zan bunday
kartonning ustki qatlami yuqoriroq sifatli
yoki boshqa rangdagi
qog`oz bilan yyelimlanadi. Bunday karton ba‘zan qatlamlarga ajraladi.
O`qituvchi taklifi bilan uchinchi sinf o`quvchilari qo`lbola
kartonni bir necha qog`oz qatlamini yelimlab tayyorlashlari mumkin.
Bunday qo`lbola karton qurishda tirishib qolmasligi uchun uni bir
necha qatlam qog`ozga o`rab, press ostida quritish kerak. Quritish
jarayonida qog`ozni bir necha marta almashtirish yana yaxshiroq - bu
qurishni tezlashtiradi va karton yuqoriroq sifatli bo`ladi.
Qo`lbola karton tayyorlash ishini amalga oshirishda politexnik
taqqoslash – yelimlangan kartonni yyelimlangan fanera va qatlamli
plastiklar
bilan solishtirish, shuningdek bolalarni pape-mashedan
buyumlar tayyorlash bilan tanishtirish foydali.
Qog`oz va karton namunalarini bir vaqtda ko`rib chiqish va
o`quvchilarga ularning sifatli xususiyatlarini ko`rsatib, o`qituvchi
o`quvchilarga karton qog`oz kabi yupqa va qalin, silliq va g`adir-
budir, zich va g`ovak, egiluvchan va sinuvchan,
yaltiroq va
yaltiramaydigan yuzali, rangli bo`lishi mumkinligini ko`rsatib beradi.
Materiallarning sifat xususiyatlarini taqqoslash o`quvchilarning
barcha
materiallarning
muhim
xususiyatlari
to`g`risidagi
tasavvurlarini aniqlashtirish va umumlashtirishga yordam beradi.
O`quvchilarning karton to`g`risidagi bilimlarini umumlashtirish
va
mustahkamlashtirish
uchun
tayyorlanishida
kartondan
foydalaniladigan buyumlar ro`yxatini birgalikda tuzishni taklif qilish
foydali. O`quvchilar sanoat va oziq-ovqat tovarlarini joylashtirish
uchun qutilar, kitob muqovalari, jildlar,
albomlar, chemodanlar,
poyabzal astarlari, o`quv qo`llanmalarini aytadilar.
O’quvchilarga karton va qog’oz bilan ishlashda qaychi bilan
qirqish, elimlash, ishlob berishda asbob-uskunalrni ishlatish
usullarini, ehtiyotkorlik qilish lozimligini
xavfli tomonlarini
tushuntirib, texnik xavfsizlik malakalari singdiriladi
.
Dars jarayonini
boshlashdan avval o’qituvchi o’quvchilarga har bir mavzuga oid
texnika xavfsizlik qoidalarini aytib o’tadi va o’quvchilarni dars
jarayonida kuzatib boradi, ba’zi eslatmalarni eslatib o’tadi:
1.
Ish joyini to’g’ri tashkil qilish;
221
2.
Foydalanadigan jihozlarni tayyorlab qo’yish;
3.
O’tkir tig’li asboblardan ehtiyotkorona ishlash ;
4.
Qaychini uzatishda o’tkir tomonidan ushlab uzatish;
5.
Yelimdan foydalanib bo’lgandan so’ng, qo’lni sovunlab yuvish;
6.
Ish stolini tozalab qo’yish.
Dostları ilə paylaş: