218
tizimlashtirishga yordam beradi. Vazifasiga ko`ra hamda karton
tayyorlash tarkibi bo`yicha tizimlangan karton namunalarini to`plash
alohida qiziqish kasb etadi. O`quvchilar e`tiborini kartonlarning
qalinligi, zichligi,
yuza pardozi, rangiga ko`ra tasniflashga qaratish
muhim. Masalan, aytish mumkin: pressshpan – yuqori zichlik va
mustahkamlikdagi karton, elektrokarton – silliq yaltiroq yuzali zich
karton, rangli karton. Karton bilan umumiy tanishib chiqqach
o`quvchilar ishlarni bajarish uchun karton
tanlashga ongli yondasha
boshlaydilar.
13-rasm. Karton xususiyatlarini o`rganish:
1 – kartonning sinf ko`rgazmali majmuasi; 2 – karton asosiy
xususiyatlarini o`rganish uchun karton tarqatma namunalari to`plami
O`quvchilarga kartonning hamma turlari ham kichik maktab
o`quvchilari kuchlari bilan ishlov berishga to`g`ri kelmasligini
tushuntirish zarur. Masalan, texnologiya darslari
da nisbatan yupqa -
qalinligi 1-1,5 mm bo`lgan kartonlardan foydalanish mumkin.
Kartonning ba‘zi turlari, masalan pressshpan, poyabzal kartoni,
elektrokarton, shunchalik yuqori zichlik va mustahkamlikka egaki,
ularni nafaqat oddiy qaychi, bichish
qaychilari bilan ham kesib
bo`lmaydi. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga kartonni chiziq bo`ylab
Makalatura
219
pichoq bilan kesish operatsiyasi to`g`ri kelmaydi, chunki katta
mushaklar kuchini talab etadi.
Karton to`plamini tuzishda qog`oz to`plamini tuzishdagidek
namuna tanlash, joylashtirish va belgilashga bo`lgan yondashuv
saqlanib qoladi (13-rasm).
Dostları ilə paylaş: