Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.Qog`oz va karton haqida tushuncha bering. 
2. Qog`oz va kartonning ishlab chiqarishdagi xususiyatlari 
nimalardan iborat?
3.Ish joyini tashkil qilish yo`llarini sanang. 
4. Qog`ozning turlari haqida ma’lumot bering. 
21-MAVZU. TURLI XIL MATERIALLAR BILAN ISHLASH 
DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI 
Reja: 
1.Turli xil materiallar haqida tushuncha.
2.Turli xil materiallarni to‘plash va ishga tayyorlash
3.Turli xil materiallardan turli buyumlar yasash texnologiyasi.
4.Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish talablari.
5.Texnika xavfsizligi qoidalari.
6. Turli materiallar bilan ishlash darslarida tejamkorlik. 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
Turli xil materiallar turlari, noorganik materiallar, ish joyini 
to’g’ri tashkil qilishga talablari, xavfsizlik qodalari.
Turli materiallar bilan ishlash. 
Plastilin va noorganik 
materiallar: loy, qum, sement, yog’och, folga, yumshoq sim, tunuka 
bilan ishlash. Turli materiallar bilan ishlash 1-sinf Texnologiya 
darsligida tabiiy materiallar bilan birgalikda o’tiladi. Bunda 
o’quvchilar tabiiy va turli materiallardan foydalanib turli hayvonlar, 
gullar yasashni o’rganadilar.


222 
Yog’och bilan ishlash. Yog’och zagotovkalarini qirqish bo‘yicha 
barcha operatsiyalarni taxtaning ustida bajaradilar. Arra, qo‘larra yoki 
lobzik bilan ishlanganda, belgilangan detallarni kichik tiskalar yoki 
iskanja (lobzik nabori) bilan siqib qo‘yiladi. Yog‘ochdan yasalgan 
detallarni kozein yoki o’qituvchi tayyorlagan yog’och elim vositasida 
yopishtirish nazarda tutiladi. Bunday ishlar uchun o’qituvchii bolalar 
elimlagan yog‘och detallarni press yoki iskanjada qurita olishlari 
uchun joyni oldindan tayyorlab qo‘yishi kerak. O’quvchilar 
yog‘ochdan 
yasalgan 
detallarni 
mayda 
mixlar 
yordamida 
mustahkamlash bilan tanishadilar, bslg‘a bilan to‘g‘ri ishlash 
usullarini o‘rganadilar. Buning uchun ularga mix qoqiladigan joyni 
bur bilan qanday belgilash, bolg‘ani qanday ushlash, yog‘och 
detallarga jilvir bilan qanday ishlov berish kerakligini ko‘rsatish 
lozim. Bolalar gigiena va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya 
qilishlarini, mehnat madaniyati qoidalarini bilishlari va unga amal 
qilishlarini qat’iy nazoratda tutmoqlik lozim. Masalan, ish vaqtida 
haddan tashqari ortiqcha egilmaslik, yog‘och changini yutmaslik, 
chiqindilarni ehtiyotkorlik bilan to‘plash, ish joyini ish tugashi bilanoq 
yig‘ishtirish va shu kabilardan iboratdir. 
«Texnik modellash» – oddiy uchadigan, suzadigan, yuradigan 
texnik o‘yinchoqlarni, shuningdek, sxematik namunalar asosida 
modellarni yasash mehnatning maxsus turi sifatida ajratilgan. 
Shuni aytish kerakki, ilgarilari klub-to‘garak tipidagi darsdan 
tashqari 
mashg‘ulotlarning 
vazifa 
va 
mazmuni 
bilan 
mustahkamlangan texnik modellash bo‘yicha temalar texnik 
texnologiya darslari ning boshqa barcha temalari bilan organik birikib 
ketadi. Dastlabki darslaridayoq o‘quvchilar tabiiy materiallar, qog‘oz 
va karton, gazmol, turli materiallar bilan ishlar ekanlar, texnika 


223 
elementlari bilan tanishadilar, qism va detal, oddiy razvyortka, 
detallarni biriktirishning kattiq, suriladigan, olinadigan usullari va 
buyumlar haqidagi tasavvurga ega bo‘ladilar. Bolalar detallarni 
biriktirishning turli usullari, shuningdek, mix bilan «tirqish qoldirib 
biriktirish» kabilar bilan tanishadilar. Bir yoki bir nechta detallardan 
tashkil topuvchi oddiy narsalar misolida bolalar pishiqlikni oshirish, 
ishqalanishning zararli ta’sirini bartaraf etib, foydali ta’siridan 
foydalanish, o‘zlari ishlayotgan materiallarning tuzilishi haqida 
tasavvurga ega buladilar. Bolalarda narsalarni yasash ustida ishlash 
tartibi mo‘ljallash, tayyorlash, yig‘ish, bezash, amal (harakat)da 
tekshirish, nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilish, ish joyini to‘g‘ri 
tashkil qilish kabilar xaqida tasavvuri shakllanadi. Bularning 
barchasidan keyinchalik modellar hamda texnik o‘yinchoqlarni 
yasashda foydalaniladi, ular bolalarning ijodiy fikrini o‘stiradi, 
bolalarga to‘plagan mehnat tajribalarini atroflaridagi texnika bilan 
bog‘lashlariga yordam beradi. Qishloq xo‘jalik mehnati gul-dekorativ 
va sabzavot ekinlarini maktab tajriba uchastkasi hamda xona 
sharoitlarida o‘stirish ishlarini uz ichiga oladi. Qishloq xo‘jalik 
tajribashunosligiga katta e’tibor beriladi. Bolalar o‘simliklarning 
o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar, o‘simliklarni 
«urug‘dan- urug‘gacha» o‘stirish, qalamcha qilish, ko‘chatdan 
o‘stirish, bachki shoxlarni qirqish, mevali bog‘dagi bir qator ishlar 
bilan tanishadilar. Bolalar o‘z kuzatishlarida ko‘rib va ularni takrorlab 
o‘zlari yaratgan sharoitlarda o‘simliklarning turlicha o‘sishi va 
rivojlanishi yuzasidan olib borgan ishlarining natijalarini qiyoslash
va tahlil qilishni o‘rganadilar. Ilgari planlashtirilgan tajribalarning 
yakun va xulosalari bolalarni biliminn mustaqil egallashga, oddiy 
tadqiqotlar olib borishga, tabiatda sodir bo‘layotgan hodisalarning 
sabablarini axtarish va asoslashga o‘rgatadi. Qishloq xo’jalik mehnati 
darslarining aqlni o’stiruvchi xususiyatlari va ahamiyati mana 
shundadir. 
III sinf texnologiya fani programmasi boshlangich ta’lim yillari 
davomida egallangan bilimlarni mehnatda qo‘llashga oshirilgan 
talablar qo‘yishni nazarda tutadi. 
Texnologiya fani mazmunidan kelib chiqib bolalar o‘qituvchi 
rahbarligi ostida oddiy yigma chizmalarni o‘qishni o‘rganadilar, bu 
narsalarning detallarini uzlari chizadilar yoki belgilaydilar. Bu 


224 
maqsadda predmet chizmada 2 – 3 ko‘rinishda («oldindan ko‘rinishi», 
«tepadan ko‘rinishi» va «yon tomondan kurinishi») ifodalanadi. Bu 
bolalarning har bir detal o‘lchamlarini topishlari uchun zarurdir. 
Detallar, odatda, predmet (parsa, buyum) namunasi yoki uning texnik 
rasmi mavjud bo‘lganda razmetka qilinadi. 
Bolalarga avval texnologiya darslarini planlashtirish va 
o‘tkazishda ajratilgan yangi bir qator programm bilim hamda 
ko‘nikmalar beriladi. 
Ill sinf texnologiya fani programmasi talablari qisqacha 
ko‘rinishda quyidagichadir. 
O’quvchilar yasashlari lozim bo‘lgan narsaning chizmasini tuzish 
bilan tanishadilar. Bu maqsadda ular chizmada aks ettirilishi lozim 
bo‘lgan predmet va detallarning o‘lchamini bilish uchun namunalarni 
o‘lchaydilar, predmetlardan andaza oladilar. Sungra ular uz chizmalari 
bo‘yicha razmetka qiladilar. Chizmalar berilgan razmer, va texnik, 
shartlar, shuningdek, o‘quvchining o‘zi o‘ylab topgan fikr bo‘yicha 
ham chizilishi mumkin. 
Asosiy e’tibor turli materiallarga ishlov berishning kiritilishi turli 
materiallardan tayyorlangan bir necha detalli narsalar tayyorlash, bu 
detallarni buyumda birlashtirish va ularni turli usullar bilan biriktirish, 
kartonchani pichoq bilan kesib ishlov berish, lobzik arra bilan 
tanishish, yogoch, karton, yumshoq tunukadan tayyorlangan 
zagotovkalarda teshiklar ochishni o‘rgatishga qaratiladi. Imkoniyati 
bor joylarda yangi sun’iy materiallar: shaffof plyonka, yumshoq 
plastik massa (pirolon, penoplast) kleyonka, plastik - materiallar, 
sun’iy mo‘yna va shu kabilardan narsalar tayyorlashni kiritish lozim. 
Hozirgi kunda bu materiallarning chiqindisi ko‘p bo‘lib, maktablar 
ularni bemalol topa oladilar. 
Ish vaqtida «ish qoidalariga» qat’iy rioya qilinadi. Butun e’tibor 
xilma-xil qoidalar «asbob va materiallarni asra, avayla», «doimo ishni 
yaxshiroq qilishni o‘yla» kabi rioyalarga qaratiladi. Bolalar elektr 
modellashga mo’ljallangan ish joyini tayyorlash va uni tartibli saqlash 
bilan maxsus tanishadilar. 
Bolalarning uch yil davomida ishlatgan va to‘qnash kelgan turli 
materiallarining xususiyatlari haqidagi programma bilimlariga yakun 
yasaladi hamda umumlashtiriladi. Bu ish asosan ikki yo‘nalishda olib 
boriladi: 1) o‘qituvchi o‘quvchilardan materiallarning xususiyatlari 


225 
haqidagi bilimlaridan xilma-xil narsalarni yasashdagi amaliy ishlarida 
foydalanishni talab qiladi; 2) ayni bir namunani turli belgilari kelib 
chiqishi, 
mo‘ljallanishi, xususiyatlari, tashqi bezagiga kura 
kvalifikatsiya qila bilishni talab qiladigan material va detallar 
namunalarining turli kolleksiya va naborlarini tuzish;
O’qituvchining programma talablarini amalga oshirish bo‘yicha 
intilishlarini, birinchidan, mexnat darslariga rahbarlik qilish 
metodikasini egallash, ikkinchidan, texnologiya darslari uchun asbob- 
uskuna va materiallar zapasini yaratishga yo‘llash zarur. 
1. Butun yoz va o‘quv yili davomida maktabning ma’lum 
belgilangan joyida tabiat, uydan, otaliqqa olgan korxonalardan 
keltirilgan materiallar: korobka, upakovka materiallari, qog‘oz, ip, 
shpagat, sim, laxtak, tunuka, folga, reyka, faner, gula, tabiiy 
materiallar, yangi sun’iy materiallarning chiqindilaridan tayyorlangan 
zagotovkalar. 
2. Yuqori sinflar aktiv o‘quvchilari pionerlardan maxsus 
komissiya yoki brigadalar tuzilib, ular boshlang‘ich sinflar 
texnologiya darslari da qo‘llaniladigan asbob-uskunalar va detallarni 
mustahkamlaydigan materiallarning holati, saqlanishi va remontnini 
o‘z zimmalariga oladilar. 
Texnologiya resurslarida foydalaniladigan asbob va uskunalar 
komplekta, detallar, moslamalar ro‘yxati 1-ilovada hamda I va II 
sinflar qo‘llanmalarida berilgan. 
Boshlang‘ich sinf, ayniqsa III sinfda, texnologiya darslarining 
moddiy jihozlangan bo‘lishi – boshlang‘ich ta’limning yangi 
programmasiga ko‘chgan har bir maktab direktori, ilmiy bo‘lim 
mudiri, barcha pedagoglarning vazifasidir. 
Biroq hamma gap faqat asbob-uskunaga taalluqli deb o‘ylash 
xatodir. Shunday misollar borki, maktabda hamma material va asbob-
uskunalar mavjud, ammo texnologiya darslarining darajasi juda past. 
Bu o‘rinda asosiy narsa – o‘qituvchilarning boshlang‘ich 
sinflardagi politexnik tayyorgarlik bo‘yicha mexnat darslarining 
programmasidagi barcha yangi narsalarni chuqur o‘zlashtirilishi 
lozimligini anglashlaridir. 
Texnologiya politexnik tayyorgarlik programmasi boshlangich 
ta’lim predmetlar sistemasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Obrazli 
qilib aytganda, «aql ishini qo‘l ishi bilan boglamay turib» matematika 


226 
va rus tili, tabiatshunoslik va rasm programma talablarini bolalar 
o‘zlashtira olmaydi, oktyabryat va pionerlar kollektivini, har bir 
o‘quvchi shaxsini rivojlantirish bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni 
etarlicha yuqori darajada amalga oshirib bo‘lmaydi. O’qituvchilar 
buni tushunib, qalblari bilan his qilganlaridan so‘nggina, texnologiya 
darslarining samaradorligini oshirishning yo‘l va vositalarini har 
qanday qiyin sharoitda ham axtarib topadilar. Ular uchinchi sinf 
texnologiya programmasini o‘z sinf va maktablarining turli 
sharoitlarida eksperimental tekshiradilar, demak, I – III sinflar uch 
yillik texnologiya darslari programmasini bolalar qay darajada 
uddalashlarini 
tekshirish 
bo‘yicha katta va muhim ishni 
muvaffaqiyatli yakunlashga o‘z hissalarini qo‘shadilar. 
III sinfda texnologiya darslari to‘g‘ri tashkil etilsa o‘quvchilar 
texnologiya darsida istalgan predmetlarni yasay biladi. O’quvchilar 
mehnatini to‘g‘ri tashkil etishda eng muhimi, amaliy ishga 
mo‘ljallangan topshiriqni to‘g‘ri tushuntirishdir. 


227 
Har bir topshiriqning mazmuni bolalarda ko‘nikma va malakalar, 
texnik tafakkur, mehnatga qanday yondashishning shakllanishi va 
rivojlanishiga 
yordam 
berishi, 
shuningdek 
ularning 
ishdagi 
mustaqilliklarini ta’minlashi lozim. Bu o‘rinda o‘quvchilarning 
qiziqishlari va individual xususiyatlarini nazarda tutish kerak. Shuning 
uchun mexnat topshiriqlarini tuzishda ularga quyidagi o‘quv 
vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan bir qator ma’lumotlarni 
kiritish lozim. 
1.Buyumning 
konstruksiyasi, 
tuzilishi, 
asosiy 
qismlarini 
biriktirish usullari va nimaga mo‘ljallanganligini tushuntirish. 
2.Bolalarni narsani tayyorlash ishining umumiy plani va ishni 
bajarish tartibi bilan tanishtirish. 
3.O’quvchilarni material-zagotovkani tanlash bilan tanishtirish. 
4.Razmetka qilish jarayoni bilan tanishtirish. 
5.
O’quvchilarni narsani yasash bo‘yicha boshqa operatsiyalar va 
ularni kontrol qilish bilan tanishtirish. 
6.
O’quvchilarda turli texnologik, texnik, shu jumladan, 
konstruktorlik masalalarini hal etish ko‘nikmalarini shakllantirish. 
O’quvchilarga topshiriqni quyidagi tartibda, ya’ni o‘qituvchi 
buyumning namunasini tayyorlab, sinf doskasida ayrim detallarning 
texnik rasmlarini va ularning razvyortkasini aks ettirib berishi o‘zini 
oqlaydi. O’qituvchi narsaning rasmini ko‘rsatib, uning asosiy qismlari 
nomini (masalan, fyuzelaj, old qismi, qanoti, stabilizator) tartibi bilan 
aytadi. Bunday tushuntirish o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘ygan 
modelni ko‘rsatish davrida ham qilinishi mumkin. So‘ngra o‘qituvchi 
detallarning texnik rasmlari va razvyortkalari yordamida bolalarni 


228 
mehnat ob’ektining detallari hamda ularni tayyorlash va yigishning 
umumiy ish plani bilan tanishtiradi. 
1. Samolyot modelining qismlarini o‘rganish (rasm buyicha). 2. 
Qog’oz tanlash. 3. Detallarni razmetka qilish (shablon bo‘yicha). 4. 
Detallarni qirqish. 5. Detallarni egish va elimlash. 6. Modelni yig‘ish. 
7. Modelni uchirib sinash va tekshirish. Birinchi navbatda bolalarga 
zagotovkani tanlashni o‘rgatish kerak: avval rasm va namuna bo‘yicha 
detal shaklini, uni tayyorlash mumkin bo‘lgan materialni, so‘ngra 
razvyortka bo‘yicha detalning o‘lchamlarini aniqlab chiqish lozim. 
Bolalarga belgilangan razmerlar detalning gabarit o‘lchamidan 5 – 10 
mm katta bo‘lishi (ya’ni, pripusk kattaligida) kerakligi aytib qo‘yiladi. 
Agarda tayyor zagotovkalar bo‘lsa o’quvchilarga ularni o‘lchab 
chiqish, uning detal tayyorlash uchun yaroqliligini, undan detal 
chiqish- 
chiqmasligini 
aniqlash 
topshiriladi. 
Topshiriqlarni 
tushuntirishda 
razmetka 
jarayoniga 
katta 
e’tibor 
beriladi. 
Topshiriqning murakkabligi razmetkaning qaysi usulda texnik rasm 
yoki shablon bo’yicha qilinishiga bog‘liq buladi. 
III 
sinfda 
bolalarga 
razmetkaning 
izchilligini 
rasmdan 
ko‘rsatishda eng oddiy texnologik kartaga murojaat etilib, uning 
quyidagi bosqichlari tushuntiriladi: 
1. Asosiy chiziqlarni tanlash va to‘g‘ri burchakni razmetka qilish. 
2. Gorizontal chiziqlarni, 3. Vertikal chiziqlarni, 4. Qiya chiziqlarni 
utkazish. 5. Detallarda teshik, kesma elementlari va shu kabilarni raz-
metka qilish va tekshirish. 
Topshiriqlarni tushuntirish va o‘quvchilarga instruktaj berishni 
kontrol savol, texnik va texnologik savollar berish bilan yakunlash 
foydalidir. Bu savollar taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin. 
1.
Narsaning nomi nima? U qanday qismlardan tarkib topgan? 
2.
Narsaning detallarini qanday materialdan tayyorlagan ma’qul? 
Nima uchun? 
3.
Detalning qanday qismlari bor? Nima uchun detalning aynan 
shu formasi tanlangan? 
4.
Detallarning 
forma 
va 
razmerini 
(qurilmani 
yaxshilash maqsadida) qanday o‘zgartirish mumkin? 
5.
Detallarning materiallarini almashtirish mumkinmi? Nima 
uchun? 
6.
Detallarni qanday izchillikda tayyorlash lozim? 


229 
7.
Zagotovka qanday tartibda razmetka qilinadi? 
8.
Detallar qaysi asbob va moslamalar yordamida tayyorlanadi? 
9.
Boshqa asbob va moslamalardan foydalanish mumkinmi? 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga texnologiya fani ni berishning 
muhim vazifalaridan biri texnik texnologiya darslaridagi amaliy 
ishlarni bajarish jarayonida bolalarning konstruktorlik ko‘nikma va 
qobiliyatlarini o‘stirishdir. 
Ishga konstruksiyalash vazifalarining kiritilishi o‘qituvchiga 
texnik modellar yasash mashg‘ulotlarini o’tkazishida yordam beradi, 
chunki konstruksiyalash texnik modellar yasashning tarkibiy elementi 
hisoblanadi. Texnik modellashda oddiy predmetlarni qog‘oz yoki 
gazmoldan konstruksiyalash bo‘yicha ishlar amalga oshirilgach, 
bolalarning ijodkorliklarini, texnik tafakkurlarini o‘stirish uchun juda 
qulay sharoit yaratiladi. Ishlab chiqarishda konstruksiyalash, odatda, 
inson turmush faoliyatining turli sohalaridagi talablarini yaxshiroq 
qondirishni nazarda tutuvchi qulay, chiroyli, sanoat, ro‘zg‘or va 
boshqa buyumlarni loyihalash, tayyorlash jarayoni bilan aloqadordir. 
Estetik 
ifodalanganlikni, 
kompanovkaning 
ratsionalligini, 
foydalanishning kulayligi, pishiqligi, chidamliligini ta’minlovchi 
badiiy 
konstruksiyalash 
alohida 
muhim 
ahamiyatga 
egadir. 
Texnologiya 
darslaridagi 
konstruksiyalash 
ishlari 
bolalarning 
politexnik 
tasavvurlarini 
rivojlantiradi, 
narsalar 
yasashdagi 
mustaqilliklarini, tashabbus va ijodlarini ustiradi. Biror predmet 
shaklini yaratishdagi texnologik asoslarni pishiq egallashlariga, konst-
ruktorlik fikrlarini materialda mujassamlashtirishlariga yordam beradi. 
Qog’ozdan 
narsalar 
yasash 
bo’yicha 
ishlarni 
bajarishda 
konstruksiyalash elementlariga o’rgatish o’z xususiyatlariga ega 
bo’lib, buni o‘qituvchi nazarda tutishi lozim. Narsalar konstruksiyasi 
va texnologik jarayonlarni o‘qituvchi quyi sinflar o‘quvchilarini 
o‘qitish xususiyatlari, shunga muvofiq ishlarni texnologiya darslarida 
amalga oshirish imkoniyatlarini hisobga olib tanlaydi. Buning uchun 
o‘qituvchi qog‘ozdan predmetlarni konstruksiyalashning mazmuni va 
xususiyatlarini bilishi, bu ishning quyi sinf o‘quvchilariga texnologiya 
fani berishdagi vazifalarini tushunishi, konstruksiyalash ishini
 
tarkib 
toptiruvchi 
bosqichlarni 
egallab 
olishi 
zarur. 
O’qituvchi
o‘quvchilarda konstruksiyalash bo‘yicha xilma-xil, avvaliga 
konstruksiyaning o‘zini, asl nusxalarini, o‘z fikrini amaliy ro‘yobga 


230 
chiqarishga asta-sekin yondashishi uchun oddiy masalalarni hal etish 
ko‘nikmasini shakllantirishda ularga individual yondashishni amalga 
oshirishi zarur. 
Narsalarni 
konstruksiyalash 
ishlarining 
asosiy 
mazmuni 
quyidagichadir: 
1.
Ob’ektni, narsaning nimaga mo‘ljallanganligi hamda uning 
pishiqligi, 
chidamliligi, 
bezalishi, 
foydalanishga 
qulayligi, 
jihozlanishiga qo‘yilgan talablarga muvofiqligini hisobga olib tanlash. 
2.
Narsaning ratsional konstruksiyasini asosiy va qo‘shimcha 
detallarning shakli, o‘lchami va sonini, ularni
biriktirish usullarini 
aniqlash. 
3.
Ratsional va foydalanishga qulay texnologiyani izlash, 
materiallar, bajarishning usul, vosita, tartib va
 
sharoitlarini, yordamchi 
ishlov beradigan, yig‘ish va bezash operatsiyalarini tanlash. 
Texnologiya 
darslariga 
konstruksiyalash 
elementlarining 
kiritilishi o‘quvchilar tomonidan yangi narsalarning yasalishini shart 
qilib qo‘ymaydi. Agarda o‘quvchilar, masalan, karnaval bosh 
kiyimlarini hech qachon tayyorlamagan bo‘lsalar, ularga bu narsani 
konstruksiyalashning 
topshirilishi 
xato 
bo‘lgan bo‘lur edi, 
Konstruksiyalash bo‘yicha dastlabki ishlar uchun tanish predmetlar, 
operatsiyalar va mehnat usullaridan foydalanish zarur. 
Konstruksiyalash uch bosqichga bo‘linadi: 
a) 
fikr yuritish operatsiyalarini qamrab oluvchi aqliy 
konstruksiyalash – konstruksiyani o‘ylash, uning asosiy qismlari, 
detallari ustida fikr yuritish, o‘ylangan konstruksiyani ilgari ma’lum 
bo‘lganlari bilan qiyoslash; 
b) 
grafik konstruksiyalashda chizma va rasmlarni ma’lum fikr 
bo‘yicha detallarning shakli, o‘lchamlari va shu kabilarni kerakli 
hisob-kitoblar asosida aniqlab amalga oshirish. 
v) 
predmet-manipulyativ konstruksiyalash, bunda oldingi ikki 
bosqich asosida tasvirlash, chizma yoki rasm bo‘yicha ishni 
bajarishning fikriy va qo‘l operatsiyalari birlashtiriladi. 
Texnologiya darslarida konstruksiyalash ishlarining tartibi 
quyidagicha amalga oshirilishi mumkin. 
1.
Buyum namunasini tahlil qilish, qog‘oz yoki boshqa 
materiallardan tayyorlangan qurilmalarni eslash. 
2.
Buyumning nimaga mo‘ljallanganligini aniq bilib olish va 


231 
anglash. 
3.
Asosiy 
va 
qo‘shimcha detallarning shakli, o‘lchami, 
miqdorini kollektiv o‘rtasida muhokama qilish. 
4.
Muayyan materiallarni almashtirish imkoniyatlarini aniklash. 
5.
Buyumning dekorativ bezagini nazarda tutib eskizini yasash. 
6.
Narsani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan operatsiyalarni, 
ularning izchilligini, operatsiyalarni o‘zgartirish yoki almashtirish 
imkoniyatlarini qayd qilish. 
Ishdagi aniqlik va tartiblilik talablarini, o‘zini-o‘zi kontrol qilish 
xususiyatlarini anglash. 
Sim bilan ishlash va undan o‘yinchoqlar yasash. Turli mayda-
chuyda narsalarni yasashda xilma-xil simlardan foydalanish mumkin. 
Xlorvinil izolyasiyasi yoki usiz yumshoq sim to‘qish va o‘rib ishlash 
uchun yaroqlidir. Qattiq po‘lat yoki alyumin simdan texnik 
modellashda bir qator detallarni yasashda foydalaniladi. Bu simdan 
arava, avtomobil o‘qlari, suv parragi, yumshoq o‘yinchoklar va shu 
kabilarni tayyorlashda foydalaniladi. 
Ishlab chiqarilayotgan simlarning ayrim xususiyatlari hakida 
ma’lumotlar. Chiqarilayotgan simlarning diametri 0,005 dan 17 mm 
gacha bo‘ladi. U asosan dumaloq kesimli bo‘ladi. Biroq kvadrat, olti 
qirrali, trapetsiyasimon yoki oval shakldagi simlar ham bo‘ladi. 
Simlardan turli maqsadlarda: elektr, radio, telefon simlari, prujinalar, 
mixlar, elektrodlar, ingichka parma, muzika asboblari uchun torlar 
yasash va shu kabilardan foydalaniladi. 
Simdan 
tayyorlanadigan 
narsalardan 
turli 
maqsadlarda 
foydalanish mumkin. Masalan, engil archa o‘yinchoqlari (xar xil 
to‘qilgan gullar, barglar va ustiga rangli ip o‘ralgan), turli o‘yinchoq 
suvenirlarni yasash, agarda ma’lum tema bo‘yicha 2-3 figura 
birlashtirilsa, syujet kompozitsiya (masalan, «balet», «zoopark», 
«muzikantlar» kabi)larni yaratish mumkin. Bu o‘yinchoqlarda 
o‘quvchilar o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyish etadilar. Karkaslarga 
rangli iplar, yumshoq, sim, gazlama o‘ralishi mumkin. Simdan 
yasaladigan har qanday o‘yinchoq bir bo‘lakdan hech qanday 
qirqishlarsiz, ulashlarsiz yasalishi kerak. Ayrim bo‘laklardan faqat 
bezash maqsadlarida foydalaniladi. Ishni oddiy narsalarni yasashdan 
boshlagan ma’qul. 


232 
Xo‘tik, echki va shu kabilarni yumshoq simdan tanasini 
yasashdan boshlab, keyin oyoqlari, boshi, quloqlari qilinadi. Uni 
kiyintirish ham mumkin, buning uchun unga rangli ip o‘rab chiqiladi. 
Ip, gazlamadan kokil, dum yasaladi, umuman figurani o‘z istagiga 
ko‘ra bezash mumkin. 
Turli xil ajoyib odamchalarni yasash uchun 400 mm sim, har xil 
rangdagi qog‘oz, gazlama, mo‘yna, mochalka, rangli ip, shablon 
uchun qog‘oz kerak bo‘ladi. Avval narsa yasaladigan barcha detallar 
tayyorlanadi. Oyoq-qo‘llar, gavda burab yasaladi, so‘ngra xam-ma 
detallarni biriktirib odamcha yasaladi. Bu odamchaning gavdasi 
karton taglikka o‘riatiladi, kartondan bosh andazasi olinadi (ikki 
bo‘lak) va ularni bo‘yin, bosh xamda bosh bo‘laklari bir-biriga 
muvofiq keltprib elimlanadi. Shundan so‘ng uni o‘z istagiga ko‘ra 
bezaladi. 
Yumshoq simdan xilma-xil o‘yinchoqlarni yasash mumkin. Taklif 
etilayotgan rasmlar o‘quvchida ijod va fantaziya cheksizligini 
oshiradi. 
Simlardan jumboqlar yasash. Sim jumboqlar bir-biriga birikkan 
sim figuralardan iborat bo‘lib, ularni butunligi va tashki ko‘rinishini 
buzmay, ya’ni simlarni sindirmay va egmay bir-biridan ajratish kerak. 
Jumboqlarni yasashda o‘rtacha qattiqlikdagi 1,5—3 mm simlardan 
foydalaniladi. Sim jumboqlarning o‘lchami cheklanmaydi, biroq 
ularni haddan tashkari mayda yoki kattalashtirib yubormaslik kerak. 
Har bir sim jumboqni yasashga kirishishdan oldin natural 
kattaligida chizib ko‘rish kerak. Bunda sim jumboqlarning turli 
detallari o‘z mo‘ljallangan joyiga qat’iy muvofiq kelishiga rioya qilish 
kerak. 
Sim jumboklarni yasashda bolg‘a, jag‘i o‘tkir, jag‘i yassi va jag‘i 
yumaloq ombirlar kerak bo‘ladi. Simni barcha konturlar bo‘yicha 
rasmga aniq muvofik keladigan qilib qirqish qiyin. 
Xar bir sim jumboqda faqat figuralarni qanday ajratish yo‘linigina 
emas, balki keyin ularni biriktira bilish ham muhimdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin