233
ishlab chiqaradi. Zamonaviy ximiya sanoati shunday materiallarni
yaratganki, ulardagi xususiyatlar tabiiy materiallarda uchramaydi.
Sintetik materiallar — plastmassalar o‘sha qimmatli sifatlari bilan
ajralib turadi. Plastmassalar juda engil va shu bilan birga bukiluvchan
va elastikdir. Ayrim plastmassalar. o‘ta mustaxkam bo‘lyb, issiqliq va
elektrni
yaxshi
izolyasiya
qiladi,
kislotalarga
bardoshlidir.
Plastmassaning kimmatli xususiyatlaridan biri ulardan yuksak
unumdor usulda: quyish, presslash va shu kabi usullarda mahsulot
ishlab chiqarishning mumkinligidir.
Plastmassaga
ishlov
berish
jarayonnda
deyarli
chiqindi
bo‘lmaydi, mahsulot darhol tayyor holda chikadi, ya’ni ularga
qo‘shimcha ishlov berilmaydi. Plastmassalar
boshqa qimmatli
xususiyatlarga ham egadir-ki, bu ulardan qurilish, texnika va
turmushda yanada kengroq foydalanish imkonini beradi.Plastmassa yo
sof tarzdagi polimerdan, yo polimerning to‘ldirgichlar bilan
birikmasidan iborat bo‘lishi mumkin. Yog’och qirindilari, ip-gazlama,
oyna tolasi, qog‘oz va boshqa materiallar to‘ldirgich bo‘lishi mumkin.
To‘ldirgichlar pishiqlikni, qattiqlikni, o‘tga bardoshlilikni oshirish va
shu kabilarga xizmat qiladi. Ba’zan plastmassalar tarkibiga ularning
plastikligini
oshirsh uchun plastifikatorlar, tashqi ta’sirlardan
saqlovchi bo‘yovchi kabilar kiritiladi.
1-sinf Texnologiya darsligida “Tabiiy va turli materiallardan
hayvonlar yasash” mavzusida plastmassa bilan ishlash keltirilgan.
Keyingi yillarda aviatsiya sanoati, avtomobilsozlik, asbobsozlik,
stanoksozlik, meditsina va turmushda keng qo‘llanilayotgan xilma-xil
plastmassa turlari yaratildi.
Amaliy mashg‘ulotlarda topilishi oson bo‘lgan plastmassalardan
va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalaniladi. Bular: organik
shisha, paralon, penoplast,
linoleum, ebonit, kapron, tekstolitdir.
Organik shisha, Keyingi yillarda yangi ajoyib material — organik
shisha yoki pleksiglis keng tarqaldi. Bu odatda oddiy shisha singari
shaffof, ammo sinmaydigan sun’iy plastmassadir. Organik shishani
arralash, egish va elimlash mumkin. U turli ranglarga bo‘yaladi.
Organik shishadan harflarni (stend sarlavhalari uchun), turli emblema
va bezaklarni, ayniqsa asboblar, kolleksiyalar uchun quticha va
g‘iloflar, texnik modellash uchun turli detallarni qirqish mumkin
234
Organik shisha 2—10 mm qalinlikda ishlab chiqariladi.
U bilan
qalinligi 3 mm gacha bo‘lgan yupqa taxtachalarga ishlov beriladi.
Organik shishani arra va lobzik bilan arralanadi, uni egish uchun bir
oz isitish kerak, uning kichikroq parchalarini suvda qaynatib
yumshatish mumkin.
Organik shisha o‘zidan tayyorlangan elim bilan yaxshi yopishadi.
Organik shishani yopishtiradigan elimlarning soni ko‘p, biroq. o‘quv
ustaxonalarida BF-2 dan foydalangan ma’qul. BF-2 bilan elimlangan
narsa 3—4 sutka davomida biriktirilgan holatda saqlanishi kerak.
Atseton va amilatsetatda organik shishadan tayyorlangan elim yaxshi
va
tez yopishtiradi, biroq uiing xidi juda yomon bo‘lganligi uchun
ustaxonani yaxshilab shamollatishga to‘g‘ri keladi.
Paralon sun’iy yo‘l bilan olingan material bo‘lib, g‘ovak
strukturaga ega, usti yumshoq, juda engil, yaxshi bo‘yaladi, suv ta’sir
etmaydi. Paralonni gazlamaga, qog‘ozga va ko‘pgina boshqa
materiallarga yopishtirish mumkin. Paralon xalq xo‘jaligida,
jumladan, mebel sanoatida: divan matratslari, stul, kreslo o‘tirgichlari
uchun foydalaniladi. Tikuvchilik sanoatida paralondan vatin, paxta,
mo‘yna o‘rnida foydalaniladi. U juda engil hamda ajoyib issiqlikni
izolyasiya qilish xususiyatiga ega bo‘lib, qo‘g‘irchoq fabrikalarida
keng ko‘llanadi, undan turli xil o‘yinchoqlar tayyorlanadi, chiqindilari
235
o‘yinchoqlar g‘ovagini to‘ldiradi. Paraloidan o‘yinchoqlar,
turli
narsalarni yasashdan oldin bo‘lajak buyumning chizmasini yoki
tasvirini chizish lozim. Ana shu chizma yoki tasvir asosida kartondan
andaza qirqiladi. Andazani paralonning ustiga qo‘yib, oddiy qalam
bilan chizib chiqiladi, so‘ngra detallar yoki to‘liq mahsulot qaychi
bilan qirqib olinadi. Paralonni oz-ozdan qirqish kerak, chunki paralon
siqiladi, shuning uchun uzun qirqilgan joylar notekis chiqishi mumkin.
Detallarni mahsulotga biriktirishning boshqa usuli ham mavjud.
Unda detallar sim bilan biriktiriladi. Bunda o‘quvchilar o‘z
fantaziyalarini namoyish qilishlari, figuralar qomatini turlicha
ko‘rsatishlari mumkin.
Penoplast
anchagina pishik, juda engil, oq rangdagi material.
Undan kemasozlik, samolyotsozlik, qurilish va elektronika hamda
boshqalarda foydalaniladi.
Uquv ustaxonalarida maxsus asboblarsiz turli o‘yinchoqlar,
postanovkalar uchun butofariyalar, texnik modellash bo‘yicha suvda
suzadigan modellar va shu kabilarni yasash mumkin. Penoplastni
qirqish, qchrish va turli
materiallarga elimlash oson, uni topssh qiyin
emas, ishlab chiqarish chiqindilaridan ham foydalanish mumkin.
Penoplastdan narsalar yasash jarayoni juda oddiy. Rasm yoki
chizmani penoplastning tekis sathiga qalam bilan chiziladi va u mayda
tishli arra, lobzik bilan qirqib olinadi. Arralashda paydo bo‘lgan kirdi-
chiqdi, notekis joylar egovlab tekislanishi mumkin. Tayyorlangan
materiallar turli elimlar vositasida montaj qilinadi.
Dostları ilə paylaş: