Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


partaga qurigan loy, yog`och parchasi, kichik toshchalar tarqatib



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE


partaga qurigan loy, yog`och parchasi, kichik toshchalar tarqatib, 
o`quvchilarga bu materiallarni suv bilan ho`llash, qaychi uchi bilan 
tirnab ko`rish va akvarel bo`yoqlar bilan bo`yashni taklif etadi.
O`quvchilar tosh suvda ho`llanmasligi, kesilmasligini, loy suvda 
ho`llanib bu holda oson kesilishini, quruq loy bo`yoqlar bilan 
ranglanishini; yog`och suvda bir oz ho`llanishi, nisbatan oson kesilishi 
va yaxshi ranglanishini o’zlari bajargan ish natijalari orqali 
aniqlaydilar. 
Yong`oqlar 
bilan 
ishlash 
texnologiyalari: 
O`qituvchi 
yong`oqlar bilan ishlashda turli asboblardan foydalanilishini aytadi: 


245 
pichoq - kesish uchun; arracha – aralash uchun; parmacha va bigiz – 
teshish uchun. 
 
2-rasm. yong`oqlardan shoxchalarni qo`shib o`yinchoqlar yasash 
uchun materiallar. 
Asboblar va ishlash usullari: 1 – shox; 2 – yong`oq; 3 – kesilgan 
yong`oq; 4 – ish asboblari; 5 – yyelim; 6 – ishlash usullari 
O`qituvchi pichoq va arracha yordamida toza yong`oqlarni kesish, 
parmacha va bigiz bilan tuynuk hosil qilish usullarini ko`rsatib beradi 
(2-rasm, 5 va 6). Keyin xuddi shu ishlarni eski yong`oqlar bilan 
bajarib ko`rsatadi. O`qituvchi ishini kuzatib turgan o`quvchilar toza 
yong`oqlarni eskilariga qaraganda ishlov berish ancha osonroq 
ekanligini bilib oladilar. Pichoq va arracha bilan kesish, parmacha va 
bigiz bilan teshish ishlari birinchi sinf o`quvchilari uchun biroz xavli, 
shuning uchun ular amaliy topshiriqlarni bajarishda hamma yig`ish 
jarayonlarini loy va tez quruvchi yelim yordamida bajaradilar. 
O`quvchilar detal(qism)larni plastilin, loy va BF-2 hamda PVA 
yelimlari yordamida birlashtirish tajribalarini amalga oshiradilar. 


246 
Bolalar detallarning eng oddiy, lekin mustahkam bo`lmagan 
birlashtirilishi – plastilin bilan, ularning mustahkamroq biriktirilishi – 
loy bilan va eng mustahkam va ishonchli biriktirish tez quruvchi BF-2 
va PVA yelimlari yordamida amalga oshirilish kerakligini bilib 
oladilar. 
Yelimlangan shoxchalar yordamida yong`oqlardan alohida 
detallarni biriktirishda o`quvchilar diqqatini dastlab shoxchalarni 
yo`nish, keyin yelim surtib, oldindan ochilgan teshiklarga zich 
joylashtirish kerakligiga qaratish kerak. 
Ikkinchi sinf o`quvchilari yong`oqlardan shoxchalar va boshqa 
materiallarni qo`shib ko`pgina qiziqarli buyumlar tayyorlaydilar (3-
rasm).
3-rasm. Yong`oqdan o`yinchoq namunalari 
Yong`oqlardan 
o`yinchoqlar 
yasash 
bo`yicha 
amaliy 
mashg`ulotlarda o`quvchilar predmetlarning fazoda joylashuvi va 
predmet qismlarining bir-biriga nisbatini kuzatadilar, harakatda 
qushlar va odamlar xarakterini yaxshi aks ettirish usullarini 
aniqlaydilar (3-rasm). 
Bolalar shahardan tashqariga, o`rmon, saylgohlar yoki bog`larga 
sayr qilishda turli mevalar, shu jumladan, yong`oqlarning ham o`sishi 
va yetilishini kuzatadilar. Yong`oq mevalari sentyabrda yetilishi va 
sarg`aygan barglar bilan birgalikda yerga tushishini bilib oladilar, 


247 
ularni terib olib, texnologiya darslari ga olib keladilar va turli 
tajribalarni o`tkazadilar. 
Kuzatishlar davomida o`quvchilarga yong`oqlarni diqqat bilan 
ko`rib chiqib quyidagi savollarga javob toppish uchun topshirig`i 
beriladi: Yong`oqlar qanday shakl va kattalikda bo`ladi? Ular qanday 
rangda? yong`oq qanday qismlardan iborat? Ulardan texnologiya 
darslari da nima tayyorlash mumkin?
O’quvchilarga yong`oqlardan tayyorlangan turli o`yinchoq 
rasmlarini epidiaskop yordamida ko`rib, ularni shakli va ranggi u yoki 
bu personaj xarakterini aniqroq ifodalab berish, uni tayyorlashda qaysi 
qo`shimcha materiallardan foydalanish mumkinligini aniqlashlari 
aytiladi. Bu bilan bolalar yong`oqlardan o`yinchoqlar yasash 
texnologiyalarini bilib oladilar. O`yinchoqlar yasashda yong`oqlar 
bilan bir qatorda shoxchalar, patlar, ryabina mevalari va hokazo 
bo`lishi kerakligini aniqlaydilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin