260
Loydan tayyorlangan, yuqori harorat ostida kuydirilgan buyumlar
sopol deb ataladi. Sopol tayyorlash bir necha bosqichni o`z ichiga
oladi. Avval
loydan xamir tayyorlanadi, keyin undan buyum shakli
yasalib, bir hafta atrofida quritiladi, shundan keyin u kuydiriladi.
Kuydirishda loy pishadi, undan suv yo`qotiladi va ba‘zi aralashmalar
kuydiriladi. Kuydirishdan keyin qizdirilgan loy asta-sekin soviydi.
Quritish va kuydirishni tezlatish
uchun loyga sopol uvoqlari, pemza,
yog`och poxollari qo`shiladi.
Sopolni ishlov berish, ayniqsa badiiy-dekorativ ahamiyatga ega
buyumlarni ishlov berish muhim operatsiya hisoblanadi.
Buyumning
o`ng yuzasiga ko`pincha relef solinadi. Ba‘zan pardoz uchun maxsus
bo`yoqlar qo`shilgan bo`yalgan loydan foydalaniladi. Rangli
pardozlash kuydirishdan oldin bajariladi.
Rasm solingan buyumlar
yuqoriroq haroratda yana kuydiriladi. Bunda rangli pardoz yanada
yaqqolroq tus olib, buyum yuzasi silliq, shishasimon bo`ladi. Qadimgi
Samarqand sopollari juda mashhur.
Chinni buyumlar namunalarini ko`rsatib, o`qituvchi ularni
sopolning boshqa turlaridan quyidagi belgilar bo`yicha
farqlash
mumkinligini aytib o`tadi: chinni yupqaroq va yaqqolroq bezakda
bo`ladi, chinni idish devorlari yupqaroq bo`lib, yorug`likka tutilsa, sal
ko`rinib turadi, yengil urishda chinni nozikroq,
baland va uzoqroq
jaranglaydi.
Dostları ilə paylaş: