Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Plastillinning xususiyatilari haqida nimalarni bilasiz?
2. Plastillinning tarkibi haqida nimalarni bilasiz?
3.Plastillindan qachon, qayerda va nima maqsadda foydalaniladi?
4. Plastillin ishlatish usullari haqida ma’lumot bering.
5.Loy qanday xususiyatlarga ega?
24-MAVZU. GAZLAMA BILAN ISHLASH DARSLARINI
TASHKIL ETISH METODIKASI
Reja:
1.Gazlama va ip turlari.
2.Gazlamaning xususiyatlari.
3.Gazlamaning sanoatda ishlab chiqarilishi.
4.Gazlama bilan ishlash metodikasi.
5.Gazlamaga ishlov berish (o‘lchash, andoza olish va qirqish)
metodikasi.
6.Gazlama bilan ishlashda ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish talablari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar
Gazlama va ip turlari, gazlamaning xususiyatlari, gazlamaga
ishlov berish metodikasi, andoza olish, o`lchash va qirqish, gazlama
ishlab chiqarish.
Bolalar birinchi sinfga o’qishga kelgunga qadar qanday
gazlamalar va iplar bo`lishi, ulardan inson qayerda va qanday
foydalanishi, ular qanday foyda keltirishi to`g`risida ba‘zi
tasavvurlarga ega bo`ladilar. Ulardagi bu tasavvurlar aniq va to’liq
bo’lmaydi, shu sababli ham bir tizimga solinmagan bo`ladi. Qizlar va
o`g`illarda bu tasavvurlar hajmi, to`liqligi va sifati bo`yicha turlicha
bo`ladi. Gazlamalar va trikotaj mahsulotlardan foydalanishda bolalar
ko`pincha ongsiz, noto`g`ri ish tutadilar, natijada matqriallarning
buzilishiga yoki xizmat muddatlarining qisqarishiga olib keladi.
276
Birinchi sinfdagi gazlama va tolali materiallar bilan ishlash
bo’limi, asosan suhbatlar va chok tikish ilk mashklari o’tkaziladi.
Gazlama va tolali materiallarning tayyorlanishi; Paxta kanop tolalari,
junning qayerlarda yetishtirilishi; Dehqonlar va chorvadorlar mehnati
haqida tushuncha beriladi. Paxtani qanday etishtirish toladan tashqari
hayotga kerakli yana qanday narsalar olishni tushuntiriladi.
Gazlamaning
turlari
haqida
gapirib
gazlamalar
namunalari
ko’rsatiladi.
Birinchi sinf mehnat darslarida o’quvchilarga mato turlari,
iplarning turlari, kelib chgiqishi, tabiiy va kimyoviy tolalar haqida
rasmlar va ko’rgazmali vositalar yordamida to’liq ma’lumot berish
lozim.
Birinchi sinfda kashta tikish turlari bilan tanishtirilgandan
boshlab, milliy maktab kiyimi uchun yoqa, manjet tikish, nonushta
xaltachasi tishkish, kiyim kechaklarni tartibga solish mavzularida ish
olib boradilar. Biz birinchi sinfda gazlamaning turlari xossasi,
ishlatish o’rnini suhbat asosida o’quvchiga tushuntirar ekanmiz, xom-
ashyo, gazlama bo’lib kelgunga qadar mehnatkashlarning qo’lidan
o’tishi, ularning ko’p mehnati singanligi, shuning uchun
gazlamlardan bo’lgan kiyim-kechagimizni asrab avaylashimiz,
qadrlashimiz, bu bilan ota-onalarimiz mehnatini ham qadrlagan
bo’lishimizni uqtiramiz. Ikkinchi sinfda esa birinchi sinfdagi mehnat
malakasi davom ettiriladi. O’qituvchi ip gazlama bilan tanishtirish,
gazlama turlarini tanlash, shakl uchun yoqa va manjet tikish,
gazlama bilan ishlashda asboblardan foydalanish ko’nikmasini hosil
qilish, oddiy chok va operatsiyalarni qo’llab tikishning asosiy usullari,
oralatib tikish, bahya chok kabilar bilan tanishtirish, nonushta
xaltachasi tikish, kashta bilan bezashni, kiyimlarni yamash,
tugmalarni qadashni o’rgatadi.
Uchinchi sinfda asosan uchinchi chorakda gazlama va tolali
matolar bilan ishlash darslari o’tiladi. Bunda to’r tukish, ro’molcha
solinadigan xaltacha tayyorlash, fartuk tikish, ularni naqshli kashtalar
bilan bezash mavzulari o’tiladi. Endi o’quvchilarni tikish malakalari
ancha rivojlangan, bemalol igna bilan ishlay oladilar. To’rtinchi
sinfda endi birinchi chorakning boshidanoq ish fartuklari, salfektkalar
tikish, sanitar sumkachasi tikish, to’r xalta tikish ishlarini bajaradilar.
Endi o’qituvchi o’quvchilardan bu mehnatni o’zlari mustakil
277
bajarishlarini talab qilishi kerak. O’quvchi bu harakatlarni o’zi
bajarishi unda o’lchov bo’yicha bichish,"andoza"ga qarab,
gazlamalarni rejalash, qismlarini bir biriga choklab birlashtirib olish,
tepchima choklar bilan tikish, ayri choklar bilan bezash, gazlamlar
ipini so’gurish usullarini bilish, chizmaga qarab mustaqil rejalash,
aplikatsiya usuli bilan chetlarini merjka choki bilan bezash
malakalarini hosil qilgan bo’ladilar. To’rtinchi sinf o'quvchilarini
mahalliy seleksionerlar mehnat faoliyati bilan tanishtirish, kichik
ekskursiyalar uyushtirish maqsadga muvofiq. Gazlama- arqoq va
tanda iplarining o’rilishidan hosil bo’ladigan pardozlangan va
ishlatishga tayyor mato. O’lchab – gazlab sotilgani uchun shunday
nomlangan. Gazlama qadimda daraxt po’stloqlaridan qo’lda,
keyinchalik tolalardan yog’och dastgohlarda, to’quv dastgohlarida
to’qilgan, hozirda avtomat stanoklarda to’qiladi. IV sinf Texnologiya
darsligida “Gazlamadan gul pannosi yasash” mavzusi o’tiladi.
Gazlamalar va tolali materiallar bilan ishlash darslarini
samaradorligini oshirish uchun quyidagilarga e`tibor berishli lozim
buladi:
1.
Gazlama va tolali materiallar haqida o’quvchilarga
unumli tushuncha berish, ularning turlaridan namunalar ko’rsatish;
2.
Gazlamalarning
asosan
nimalarga
muljallanganligini
o’quvchilar bilishi va u bilan ularni tanishtirish, kiyim-kechak,
turmushda buyumlardan namunalar ko’rsatish;
3. Buyumlarni tayyorlashda, bajarishda foydalaniladigan
asbob uskunalardan qanday foydalanish kerakligini o’quvchilarga
amaliy ko’rsatish bilan birga texnika xavfsizligiga rioya qilishni
tushuntirish;
278
4. Tayyor mahsulotni andozalar yordamida bichish, kiyib
olish va tikish usullarini o’qtirish;
5. Tayyor bichilgan qismlarni tikib biriktirish, chok usullarini
amaliy ko’rsatish;
6. O’quvchilar gazlamlar bilan ishlash , bichish, tikish tartib
va uslublarini puxta o’rganganlaridan so’gina amaliy bajarishga
o’tish.
Mehnat ta`limi darslarida sanchiluvchi, qirkuvchi asbob-
uskuna borligini, hisobga olib, albatta, mehnat xaltasi tashkil qilishi
kerakligini unutmaslik kerak. Chunki, birinchidan, mehnat xaltasiga
maxsus cho’ntakchalarni, ignadonni, qaychidonni, turli iplar,
gazlamalarni solib qo’yish imkoniyati bo’ladi. Ikkinchidan, mehnat
darsiga kerak bo’ladigan narsalar har joga sochilmay , bir joyda,
o’qituvchi shkafida saqlanadi. Uchinchidan, o’quvchi mehnat
darsiga to’la qatnashish imkoniga ega bo’ladi. Ba`zilari ko’tarib
kelishgandan chuchibmi, unutib qoldirishi mumkin bo’lgan holatlarni
oldini oladi.
Ma’lumki, birinchi sinf o`quvchilari o`qituvchi rahbarligida
o`z hayot tajribalarini ishga solib, gazlamalardan ichki kiyim,
ko`ylaklar, palto va kostyumlar, turli bosh kiyimlari, dasturxon va
yostiqlar, pardalar, sochiqlar va dastro`mollar, parashyutlar, divan,
stullar uchun qoplamalar, poyabzal astarlari, bayroqlar, sumkalar
tikilishini aniqlaydilar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari o`qituvchining eng oddiy tajriba
ishlaridan
asta-sekin
ravishda
to`qimachilik
tolalari,
undan
tayyorlanuvchi iplar va gazlamalar, turli gazlamalarning tayyorlanish
xususiyatlari to`g`risida ko`p yangi va foydali ma‘lumotlarni
o’rganadilar. Shu tariqa o’quvchilarda to`qimachilik materiallari,
ularning asosiy xususiyatlari va ishlov berish usullari to`g`risidagi
bilimlar sayqal topa boshlaydi. Bular o’z navbatida esa bolalarda
materiallarni bir-biridan farqlash, ulardan to`g`ri foydalanish va ishlov
berish malakalari shakllanib boradi.
II sinfning dastlabki texnologiya darslaridan e’tiboran bolalarda
gazlamalarning
tuzilishi
va
tayyorlash
usullari
bo`yicha
ma’lumotlarga asta-sekin ega bo’lib boorish ehtiyojlari sezila
boshlanadi. Eng oddiy mahsulotlarda gazlamalar va iplardan
foydalanishning elementar masalalarni amaliy hal etishdayoq
279
to`qimachilik tolalari va gazlamalar, ularning texnika, ishlab chiqarish
va ayniqsa turmushda, kundalik hayotda qo`llanishi to`g`risida
bo`lgan bilimlarni aniqlash va umumlashtirish zarurati paydo bo`ladi.
O`quv dasturi o’quvchilarning xotirasini ikkinchi darajali
ma‘lumotlar bilan to`ldirish emas, balki, ularga tolali materiallardan
tayyorlangan
gazlamalar
to`g`risidagi
bilimni
to`ldirish
va
tizimlashtirish ishlarini amalga oshirib borish kerak. Bunda
to`qimachilik materiallari (tolalar, iplar, gazlamalar va trikotaj),
ulardan foydalanish to`g`risidagi ba‘zi ma‘lumotlarni, o`quvchilar
uyda olishini hisobga olish va esda tutish kerak. Qiz bolalar
boshlang’ich ta’limdan keyingi sinflarda ham to`qimachilik
materiallari bilan nazariy va amaliy tanishuvni davom ettirishi,
o`g`illar esa bu materiallar bilan ishlashni III sinfda tugatishni aytish
o’rinlidir.
O’quvchilar to`qimachilik materiallari namunalarini ko`rib,
ularning sifat xususiyatlari va ishlov berish hamda pardozlashning
o`ziga xosligini aniqlashi muhim. Shuning uchun ham oddiy
kuzatishlar va tajribalarni tashkil etilish maqsadli bo’ladi. Qaysiki
bunday kuzatishlar va tajribalar o`quvchilarni bu materiallarni qog`oz,
karton, fanera, metallik folga, plastmassa plyonkalar bilan
taqqoslashga yo`naltirish uchun foydali bo’ladi. O`quvchilar e`tiborini
u yoki bu materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning
qo`llanish sohasi va sharoitlariga qaratish lozim.Birinchi sinf
o`quvchilariga kiyim tayyorlash uchun materiallarni tanlash misolida
gazlamalarning alohida xususiyatlariga asosiy talablardagi farqlarni
ko`rsatish mumkin. Bu kiyimlarning, mavsumiy (yozgi, qishki va
mavsumaro), uy kiyimi, ustki va ichki, sport kiyimi va hokazo
bo`lishi, har bir gazlamalarni issiqlik himoyalash xususiyatlari,
qalinligi, mustahkamligi, rangi va, albatta, narxi bo`yicha tanlay olish
kerakligi o’quvchilarga tushuntirilishi lozim. Yozgi ko`ylak uchun
engil mato, qishki palto uchun qalin va mustahkam mato talab etilishi,
ichki kiyim uchun esa yengil va arzon oq ip-gazlama mato, ko’cha,
ish, to’y-tomoshalar, bayramlarga kiyiladigan kiyimlar uchun ancha
qimmat va chiroyli, ipak yoki jun mato olishi kerakligi aytilishi
lozim.Tikish bo`yicha amaliy ishlarni boshlashda o`qituvchi
o`quvchilar bilan ip, gazlama, trikotaj, to`qilgan mahsulotlarning
tayyorlanishida foydalaniladigan tolali materiallar to`g`risida qisqacha
280
suhbat o`tkazadi. Bolalarga tipik, yaxshi tanish bo`lgan narsalarni
ko`rsatib, ularning bu mahsulotlar o`rtasidagi umumiy, ularni
birlashtiruvchi narsani tushunishlariga harakat qiladi: ularning
hammasi tolalardan tuzilgan, tolali tuzilishga ega materiallardan
tayyorlangan, deb aytadi.
Materiallarning tolalardan tuzilganligini: kir osadigan arqonni
ochib ko’rsatish, gazlama bo`lagidan tortib chiqarilgan ipni yoki eski
qo`lqopdan tortib chiqarilgan ipni yoki g’altakda o’ralgan tikuvchilik
ipini misol tariqasida bolalarga ko`rsatish mumkin. O`quvchilarga bu
tolalar turli narsalardan olinishi mumkinligini ko`rsatish ham muhim.
II-sinf o’quvchilariga to`qimachilik tolalari haqida to’liq
ma’lumot berish, ularning tabiiy, sun`iy, sintetik va mineral turlarga
ajratilishini ko`rsatishning hojati yo`q. II-sinfda tikuvchilik bo`yicha
o`z amaliy ishlarida o`simlikdan olinuvchi tolali gazlamalardan
foydalanishlarini aytish kifoya.
O`simlikdan olinuvchi eng ko`p tarqalgan tolali materiallar –
paxta (hech bo`lmaganda oddiy momiq), zig`irtola, paklyani
o’quvchilarga ko’rsatish darkor. O’qituvchi paxta yoki paklya
bo`lagidan yakka tolalarni qanday tortib olishni, bu tolalarni oddiy
o`rganilishini – ko`rish, ushlab ko`rish, uzunligini, egiluvchanligini,
mustahkamligini, rangini qanday aniqlashni ko`rsatib berishi
maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |