283
gazlamalarni ko`rib chiqib, gazlamalar o`zaro o`ralgan iplardan iborat
degan xulosaga keladilar. O`qituvchi iplarning bu usulda o`ralishi eng
oddiy ekanligini aytadi. Bu o`ralish polotno o`ralish deb ataladi (1-
rasm). Bu o`ralishli turlidam: polotno, doka, astarlik, chit, bo`z va
boshqa matolar chiqariladi.
1-rasm. Oddiy karton to`quv romchalaridan
foydalanib tanda va
arqoq iplari polotno o`ralishi xususiyatlarini o`rganish
O`quvchilar oddiy karton to`quv romchalaridan foydalanib tanda
va arqoq iplarining polotno o`ralishi xususiyatlarini o`rganishlari
orqali matoda iplar ikki o`zaro perpendikulyar yo`nalishlarda, bir-
biriga to`g`ri burchak ostida joylashishini aniqlaydilar. O`qituvchi
katta mato bo`lagini ko`rsatadi va ikkinchi sinf o`quvchilari bu
bo`lakda iplarning biri bo`ylama (tanda iplari), boshqalari esa –
ko`ndalang, bir chetdan ikkinchisigacha (arqon iplari) bo`lishini
ko`radilar. Keyin esa o`quvchilar o`zlaridagi polotno o`ralishli mato
namunalarini turish tomondan (o`ng va teskari) qarab chiqib, bu
tomonlar bir xil ko`rinishga ega degan xulosa chiqaradilar. O`qituvchi
gazlamalar maxsus to`quv dastgohlarida tayyorlanishini aytadi.
Polotno o`ralishli gazlamada har bir arqoq ipi navbatma navbat har bir
tanda ipi bilan o`raladi, deb tushuntiradi .
Texnologiya darslari da o`quvchilarni to`qimachilik sanoati
mahsulotlari bilan tanishuv ishlari ham amalga oshiriladi.
O`qituvchi
III sinf o’quvchilarning politexnik tasavvurlarini
kengaytirishga
alohida e’tibor qaratishi lozim. To`qimachilik hamda tikuvchilik
sanoatlarida chiqariladigan mahsulot, to`quvchilik va tikuvchilikn
bilan shug’ullanidganlarning
ish faoliyatlari, kasb-kori to`g`risida
o’quvchilarda umumiy tasavvur hosil qilish uchun bu sanoat sohalari
tipik mahsulotlarini ko`rsatib suhbat o`tkazish foydali. Bunday
ko`rsatishlar uchun o`qituvchi mahsulot namunalari (masalan,
284
o`quvchilar kiyimi), rasmlar, suratlar, kitob va jurnal rasmlari,
diafilmlar, slaydlardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, gazlamalar,
iplar, kiyim, uy-ro`zg`or buyumlari bilan bir qatorda o`quvchilarga
lentalar,
tasmalar, to`rlar, trikotaj mahsulotlari, kashta uchun kanvani
ko`rsatish ham maqsadga muvofiq bo’ladi.
O`quvchilarni
to`qimachilik
sanoati
mahsulotlari
bilan
tanishtirishda ekskusiyaning ahamiyati katta. Bunday ekskusiyalarni
korxonalar, tikuvchilik atel‘elari yoki gazlama va kiyimlar bilan savdo
qiluvchi do`konlarga uyushtirish mumkin. Bolalarning to`qimachilik
hamda tikuvchilik sanoatlari va
ularning yetakchi kasblari
to`g`risidagi umumiy tasavvurlari yanada yaqqolroq bo`ladi.
Gazlamani asosiy xususiyatlariga ko`ra qog`oz bilan taqqoslashni
o’quvchilar
bilishi
kerak.
O’quvchilarning
to`qimachilik
materiallarining asosiy xususiyatlarini amaliy jihatdan o`rganish
ishlari III sinfda ham davom ettirriladi. Texnologiya darslari da
ishlatiluvchi materiallarning muhim xususiyatlarini o`rganish uchun
kuzatishlar va oddiy tajribalar katta politexnik ahamiyatga ega bo`lib,
ular
jarayonida
bolalar
qog`oz
va
gazlamaning
tuzilishi,
mustahkamligi, egiluvchanligini taqqoslaydilar.
Dastlab
o`quvchilarga
qog`oz
va
gazlamada
nimalar
umumiyligini aniqlashni o’rgatish zarur. Jumladan, o’quvshilar:
1) qog`oz va gazlama yupqa materialligi,
ularning uzunligi va
enini taqqoslashdagi qalinligi ahamiyatsizligini;
2) qog`oz va gazlama tolalardan iborat materiallar bo`lib, bu
tolalar qog`ozda chirmashtirilib, yelimlangan, gazlamalarda esa tolalar
dastlab ip hosil qilish uchun yigirilgan, keyin esa to`qilganligini;
3) qog`oz va gazlama tuzilishiga ko`ra turli yo`nalishlarda –
bo`ylama va ko`ndalang – turlicha bo’lishini (gazlamalarda bu
yo`nalishlarni ko`pincha tanda va arqoq yo`nalishlari deb atashadi).
Shuning uchun qog`oz va gazlama xususiyatlari turli yo`nalishlarda
turlichaligini (masalan, bu materiallar mustahkamligi va cho`zilishini
solishtirish kifoya);
4) qo`lda ishlov berishda qog`oz va gazlama bir xil asbob - qaychi
bilan kesilishni;
5) qog`oz va gazlamadan mahsulot detallari yelimlash yoki tikish
orqali birlashtirilishini;
285
6) qog`oz va gazlama, kerak bo`lsa, bo`yalishi, ularda rasmlar,
bezaklar, naqshlar, yozuvlar bosmalanishini qayd etilishini o’rganib
olishi kerak.
O`qituvchi o`quvchilaga qog`oz
va gazlamaning muhim
xususiyatlardagi
farqlarni
o’rgatishi kerak. Buning uchun
o’quvchilarga o`lchamlari bir xil bo`lgan qog`oz va gazlama berib
ularni yo`llarni yirtishga harakat qildirish tajribasini o’tkazish
mumkin. Bunda o’quvchilar gazlamalar qog`ozga qaraganda
yirtilishga nisbatan ancha ko`proq mustahkamlikka
ega ekanligini
tushunib oladilar. O`quvchilar qog`oz va gazlamani bukish va egishga
harakat qiladilar. Ular qog`oz oson bukilishi va tekislanishi, uni
hamma taxlamalar yaxshi saqlanib qolishida ishonch hosil qiladilar.
Gazlamada taxlamalar uzoq saqlanib qolishi uchun ularni issiq dazmol
bilan bosishga to`g`ri keladi (masalan, shimlar, yubkalarda va hokazo
taxlamalar).
Qog`oz va gazlama namunalarini suv bilan ho`llab yoki oldin
o`tkazgan
tajribalarni
eslab,
o`quvchilar
qog`oz
namlanib
mustahkamligi kamayishi, qog`oz buyumlar buzilishini qayd etadilar.
Gazlamalar esa sifati buzilmay, ko`p martalab yuvilishni ko`taradi.
Dostları ilə paylaş: