282
O’qituvchining iplarning vazifasi, qalinligi va rangiga ko`ra
taqqoslash ishlariga oid suhbat va u bilan bog`liq ko`rsatishlari
birinchi sinf o`quvchilarining ko`p qo`llanuvchi iplarning vazifasi,
qalinligi,
rangiga
ko`ra
havlari
to`g`risidagi
tasavvurlarini
umumlashtiradi. O’qituvchining oddiy tikuvchilik iplari o`ramini
o’quvchilarga ko`rsatib berishi va qator savollar beriv o`quvchilar
bilmini oshirishi natijasida: tikuvchilik iplari, ulardan kiyimlar, bosh
kiyimlari, yostiq anjomlari, pardalar, xaltalar va ko`pgina boshqa
narsalarni tikish uchun foydalanilish mumkinligini o’quvchilar
tushunib olishga da’vat etadi. Shuninglek, o`qituvchi oq va qora ip
o`ramini ko`rsatib, ulardan qayerda foydalanilishini so`rashi ham
ahamiyatlii. Oq ipdan oq matodan detallarni tikish, qora ipdan - qora
matolardan detallarni tikishda foydalaniladi. Oq tugmalar oq ip bilan
qadaladi. Rangli gazlamalardan narsa tikish kerak bo`lsa-chi? Ranggi
gazlama rangiga mos tanlanuvchi rangli iplardan foydalaniladi va
hokazo.
O`qituvchi o’quvchilarga bir xil rangli, biroq tusi farqlanuvchi bir
necha ip o`ramlarini, masalan, to`q qizil, och qizil, qip-qizil iplarni
ko`rsatadi. Keyin esa nima uchun turli qalinlikdagi iplar ishlab
chiqarilib, sotuvga chiqarilishini o`quvchilarga tushuntirib beradi va
yupqa gazlamalar yupqa iplar bilan, qalinlarini qalin va mustahkam
iplar bilan tikilishiga aniqliklar kiritadi. Shu o’rinda o`qituvchi tajriba
o’tkazib, bir xil rangdagi, lekin turli qalinlikdagi ip-gazlama iplarning
bir necha o`ramini ko`rsatib, bu iplar qalinligini birgalikda aniqlashni
taklif qiladi (iplarni ko`rinishi bo`yicha va ushlab ko`rib taqqoslash
mumkin). Ip qalinligini aniq bilish uchun har bir o`ramda bo`luvchi
etiketkaga qarash kerak: masalan, 10, 40, 50 raqami iplar qalinligini
ko`rsatadi. G`altakli tikuvchilik iplarining yog`och g`altagi turli
o`lchamda ekanligi, iplar qanchalik qalin bo`lsa, g`altak shunchalik
kattaligiga qaratish kerakligini o’rgatadi.
Boshlang’ich sinf texnologiya fani dasturi talablariga muvofiq
o`quvchilarga
Dostları ilə paylaş: