Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Tabiiy ipak va tabiiy jundan tayyorlangan gazlama va iplar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Tabiiy ipak va tabiiy jundan tayyorlangan gazlama va iplar 
to`plamini tuzish va bezash 
ishlari ham muhim bo’lib o’qituvchi 
o’quvchilarga
 
turli (shu jumladan ipak va jun) iplar va gazlamalarni 
farqlash va to`g`ri ayta olishga o`rgatishi kerak. Buning uchun 
o`qituvchi o’quvchilarga to`plamlarini nomlash va har bir namuna 
ostiga uning nomini yozishni topshiradi. O`quvchilarga iplar namunasi 
yoniga mos etiketkalarni yopishtirishni taklif etish foydali, bu 
etiketkalarni bolalar ip g`altaklari, o`ramlaridan ehtiyotkorona 
olishadi. O`quvchilariga uyda kattalar yordamida tabiiy jun va tabiiy 
ipak tolalardan tayyorlangan mato bo`laklarini topish vazifasini berish 
lozim.
Iplar tasnifi bilan tanishish. 
II va III sinflarda texnologiya 
darslari da o`quvchilar to`qimachilik materiallari – tolalar, ularning 
muhim xususiyatlari to`g`risida asta-sekin bilimlar to`playdilar. Joriy 
amaliy ish uchun zarur bilimlar uchun o`quvchilarni qurollantirish 
maqsadida ko`rsatishlar, kuzatishlar va oddiy tajribalar qatori 
o`tkaziladi. IV sinfda o`quvchilarda iplar tasnifi, ularning ishlab 
chiqarilishi, muhim xususiyatlari, mehnatda qo`llanishi to`g`risidagi 
mavjud bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish maqsadida 
suhbatlar, ko`rsatishlar, kuzatishlar va tajribalar o`tkazish foydali. 
Sinf o`quvchilari iplar to`plami, o`quv to`plamlarini diqqat bilan 
qarab chiqib, hamda ish stollarida bo`lgan turli iplar namunalarini 
o`rganib, g`altaklar va o`ramlardagi etiketkalarni o`qib, hamma iplarni 
amaliyot uchun muhim belgilar va xususiyatlar qatoriga qarab 
tasniflash mumkinligini birgalikda aniqlashlari ular uchun ancha 
foydali bo’ladi. O’quvchilar: 


287 
1. Iplar tayyorlangan tolalarga qarab: ip-gazlama, zig`ir, jun, ipak 
(tabiiy va sun`iy toladan), sintetik va aralashdan (u yoki bu tolalarning 
turli kombinatsiyalaridan) iborat ekanligini; tolalarning o`simlik, 
hayvon, sun`iy, sintetik va mineraldan olinishini; 
2. Vazifasiga ko`ra iplar tikuvchilik, kashtachilik, yamash, to`qish 
va boshqalarga bo`linishini; 
3. Qalinligi bo`yicha iplar nomerlarga ko`ra bo`linishm, masalan, 
tikuvchilik iplarining metrik nomeri 1 g da necha metr ip borligini 
ko`rsatishi; Oddiy o`rganish orqali iplar qalinligi, eng avvalo ularning 
tayyorlanishi uchun foydalanilgan ip qalinligi va qavatlar soniga 
bog`liqligini; (2-rasm). 
2-rasm. Tikuvchilik iplari, shpagat, tasmada iplar qatlami sonini 
aniqlash: 
1 – 2,3,4 va 6 qatli ip; 2 – ipda qatlar sonin aniqlash uchun ochish 
4. Rangiga ko`ra iplar oq, qora va rangli bo`linishi, 
ranglanmaydigan xom iplarni bilishi; 
5. Sifati va eng avvalo, mustahkamligini hamda pardoziga ko`ra 
iplar navlarga bo`linishini va iplar mustahkamligi tola turi va sifati, 
uning ipda eshilishi, hamda qatlar soniga bog`liqligini o’rganishi 
kerak. 
Kuzatishlar va oddiy o`rganishlar vaqtida o`qituvchi tolali 
materiallar va iplarning sinf to`plamni o’quvchilarga ko`rsatishi orqali 
ularning iplar to`g`risidagi bilimlarni umumlashga erishishi mumkin. 
O`quvchilar iste`molchilarga yetib kelgan har bir g`altak, o`ram, 
bobinalar, iplar solinadigan qutilarda bo`luvchi etiketkalar bo`yicha 
ish uchun zarur bo`lgan iplar to`g`risidagi ma‘lumotlarni qanday 
aniqlash kerakligini eslaydilar (3-rasm). 


288 
3-rasm. Turli vazifali iplar to`plami: 
1 – tikuvchilik g`altak ipi; 2 – tikuvchilik ipi bobinasi;
3 – yamash ipi; 4 – muline (kashta tikish uchun rangli iplar);
5 – yamash ipi o`rami 
Tashqi ko`rinishiga qarab iplar rangi va pardozlanishini, qatlar 
soniniga qrab ip bo`lagini ochib aniqlash mumkinligi haqida 
o’quvchilarga ma’lumotlar berish lozim. O’quvchilar etiketkalarda 
yozilgan ip to`g`risidagi ma‘lumotlar– ip navi, uning raqami, qatlar 
soni, metr uzunligi (jun ip o`ramlarida ularning og`irligi ko`rsatiladi) 
haqidagi ma’lumotlarni o`qib-o’rganishiga alohida e’tibor qaratislishi 
ahamiyatli. O’quvchilar etiketka – bu ip g`altagi, o`ramining pasporti 
ekanligini albatta, bilishi shart. Etiketka haqida etarlicha ko`nikmalar 
bo`lgan o`quvchilar tikuvchilik ipi yorliq raqamini, ya‘ni ularning
qalinligini ancha-muncha aniq aniqlay oladilar. Ipning kichik 
bo`lagidan uchinchi sinf o`quvchilari uning rangi, qatlar, sonini 
aniqlaydilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin