289
iplar mustahkamligini o`rganish bo`yicha qator kuzatishlar va
tajribalar yordam beradi.
O’qituvchi tolali materiallar, ularning kelib chiqishi,
muhim
xususiyatlari, tasnifi, ulardan turmush va texnikada foydalanish
to`g`risida qisqa suhbat qilishi o’quvchilar ushun foydali bo’ladi.
Shundan keyin o`quvchilarga tarqatma material sifatida bir bo`lak
paxta, yamash ipi va bir bo`lak ip-gazlama tikuv ipi №10 tarqatiladi.
O`qituvchi taklifiga ko`ra o`quvchilar bu materiallarni diqqat bilan
ko`rib chiqadilar va ularning hammasi tolalardan iboratligini qayd
etadilar. Paxtada tolalar tartibsiz chirmashgani,
yamash ipida bir-biri
bilan eshilgani, tikuv ipida ham tolalar eshilgani, biroq eshilish
yamash ipidan ko`ra zichroq ekanligini bolalar birgalikda aniqlaydilar.
Bolalar tikuv iplari sirti sal yaltirashi va ularda alohida tolalarning
uchlari ko`rinmasligi, bu tolalar yelimlangandek
ekanligini qayd
etadilar.
O`quvchilar paxta bo`lagi va ip uchlaridan bir necha tolalani
tortib oladilar va diqqat bilan o`rganadilar, ko`rib chiqadilar,
uzunligini aniqlaydilar, uzilishga chidamliligini sinaydilar, rangi,
yaltirashi va boshqa xususiyatlarini taqqoslaydilar. O`quvchilar bir
bo`lak
paxtani olib, uning qarama-qarshi tomonlaridan turli tomonga
tortib ko’radilar va tolalar osongina bir-biridan ajralishi, ularda
bog`lanish ahamiyatsiz ekanligiga ishonch hosil qiladilar. O`quvchilar
xuddi shunday paxta bo`lagidan uni turli tomonga cho`zib, kichik
qo`lbola ip eshadilar va uni uzishga harakat qiladilar.
Buni qilish
qiyinroq ekanligi va bir-biriga eshilish bilan bosilgan tolalar
sirpanmasligi
hamda
birgalikda
uzilishga
to`sqinlik
qilshini
anglaydilar. O`quvchilar yamash va tikish ipi bilan ham xuddi
shunday uzilishga sinashni bajaradilar. Bu materiallarning uzilishga
qarshiligi yana ham ko`proq ekanligiga ishonch hosil qiladilar..
Keyingi texnologiya darslarining birida ip-gazlama iplarning sifat
xususiyatlarini o`rganishni davom ettirish va keyingi amaliy ishlarda
ahamiyatga ega bo`lgan jiddiyroq umumlashtirishlar
va xulosalar
chiqarish foydali. O`qituvchi bolalarga bir xil qalinlikdagi fabrikada
ishlab chiqarilgan tikuv ipi yamash ipidan mustahkamroqligi,
keyingisi esa, o`z navbatida, paxtadan eshilgan qo`lbola ipdan
mustahkamroq ekanligini tushuntirish maqsadida tajriba ko’rsatadi:
Buning uchun kichik karton qutichani
avval paxtadan qilingan
290
qo`lbola ipga osamiz. Qutichaga asta-sekin qum yoki kichik
toshchalar solinsa, ip ko`tarolmay, uziladi. Yuk og`irligini
o`zgartirmay, shu qutichaning o`zini boshqa ip – yamash ipi uchun
ipga osamiz. Bu ip qo`lbola ipdan mustahkamroq bo`lib, yukni
ko`taradi. Yamash ipi uzilmaguncha qutiga qum yoki toshchalar
solaveramiz. Xuddi shu ishni tikish ipi bilan takrorlaymiz.
U yana
ham mustahkamroq ekanligi aniqlanadi.
Iplar «kuchi yetmagan» yuklar og`irligini solishtirib korish uchun
tajriba o’tkaziladi: o`quvchilar qo`lbola ip, yamash uchun ip, tikish
ipining teng uzunlik va bir xil qalinlikdagi bo`laklarini ketma-ket
bog`laydilar. Keyin hosil bo`lgan ipning uchlaridan turli tomonga
tortishadi. Uzilish qo`lbola ip joyida ro`y beradi: uning mustahkamligi
eng kam. O`quvchilar qolgan ipni xuddi shu tarzda tortadilar. endi
yamash ipi uziladi. Xulosa bitta: yamash ipining mustahkamligi tikish
ipidan kamroq ekanligiga ishonch hosil boladi. (Bu tajribalar 4-
rasmda ko`rsatilgan.)
4-rasm. Bir xil qalinlikdagi ip-gazlama
iplarning uzilishga
mustahkamligini taqqoslash uchun tajribalar
Oxirgi
tajriba
xulosalarining
o`quvchilar
tomonidan
o`zlashtirilishini tekshirish uchun o`qituvchi ularga shunday savol
berishi mumkin: oxigi tajribadagidek uch-to`rt bo`lak turli
qalinlikdagi iplarni (masalan, №10, 30 va 50) bog`lab, turli
tomonlarga tortilsa, avval eng yupqa ip – elliginchi, keyin o`ttizinchi
va hokazo uziladi. Bu ushbu iplar mustahkamligi turlicha ekanligini
Dostları ilə paylaş: