Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Gazlamaning o`ng va teskari tomonlarini aniqlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Gazlamaning o`ng va teskari tomonlarini aniqlash. 
II va III 
sinf o`quvchilari texnologiya darslari dagi tikish ishlarini bajarishda 
turli sifat xususiyatlariga ega bo`lgan gazlamalar bilan ishlaydilar. Bu 
xususiyatlarni farqlashni ular asta-sekin, kerakli bilimlarni to`plab 
borib o`rganadilar. Masalan, o`quvchilar o`zlari ishlatadigan 
gazlamalarning o`ng va teskari tomonlarini aniqlash uchun zarur 
ma‘lumotlarni darrov o`zlashtira olmaydilar. O`qituvchi boshida 
gazlamaning qaysi tomoni o`ng yuza ekanligini ko`rsatib beradi. Ba‘zi 
hollarda buni aniqlash oson, masalan, bosma rasmli yoki patli (chit, 
flanel) gazlamalar bilan ishlashda. 
III sinfga kelib o`quvchilarda texnologiya darslari va sinfdan 
tashqari ishlarda keng ishlatiluvchi gazlamalarning o`ng va teskari 
yuzalarini mustaqil aniqlashni o`rganish va tizimlashtirish uchun 
yetarlicha bilim va amaliy tajriba to`planadi. Bu maqsadda 
o`quvchilar gazlamalarning o`ng va teskari yuzalarini aniqlashning 
ratsional tartib va usullarini o`zlashtirishlari uchun avval ba‘zi 
gazlama namunalarini ko`rsatish foydali. Keyin esa gazlamaning o`ng 
va teskarisini aniqlash maqsadida namunalarni o`rganish bo`yicha ish 
amalga oshiriladi. 
O`quvchilar o`qituvchi topshirig`i bilan va uning rahbarligi ostida 
tolalar turi, vazifasi va pardozi bo`yicha farq qiluvchi gazlama 
parchalarini tanlaydilar. Gazlamalarni o`rganish va ularning o`ng va 
teskari tomonini aniqlash bo`yicha keyingi birgalikdagi ish qulayligi 
uchun o`quvchilar hamma namunalarni bir tartibda joylashtiradilar: 
ip-gazlama (chit, bumazeya), zig`ir tolali (polotno), jun (movut, 
yaxshisi patli), ipak (tabiiy ipak) va sintetik gazlama. 
Bu ish bajarilib, birgalikda tekshirilgach, o`qituvchi yangi 
topshiriq beradi: tanlab olingan namunalarda gazlamaning o`ng va 
teskari tomonini aniqlash va uni asoslab berish. Namunalarning o`ng 
va teskari tomonlari tashqi ko`rinishini taqqoslashning natijalarini 
birgalikda muhokama qilishdan so`ng o`quvchilar xulosalar 
chiqarishadi:


295 
6-rasm. Gazlamaning o`ng va teskari yuzalarini aniqlash: 
1 – rasmli gazlama (bosma); 2 – silliq gazlama (bir xil rangdagi) 
1) gazlama o`ng yuzasi odatda ancha sof va silliq yuzaga ega, 
unda teskari yuzaga nisbatan tukchalar va tugunchalar kamroq; 
2) rasmli gazlamalarda, masalan, chitda, o`ng yuzadagi rasm 
ancha ochiq va aniq bo`ladi (6.1-rasm); 
3) yaltiroq yuzali gazlamalarda (atlas, satin) o`ng tomoni yaltiroq, 
teskari tomoni – xira bo`ladi; 
4) to`quv rasmi (tanda va arqoq iplari o`ralishi rasmi) 
gazlamaning o`ng yuzasida osonroq farqlanadi (6.2-rasm); 
5) patli gazlamalarda (bumazeya, baxmal) o`ng yuza patlari 
uzunroq; 
6) gazlama milki o`ng yuzada sofroq, tekisroq bo`ladi. 
Kuzatishlarini xulosalab o`quvchilar gazlamalar o`ng va teskari 
yuzalarini farqlay olish zarur bo`lgan hollarni eslab misollar 
keltiradilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin