270
ajralib turadi. Lekin
asosiy kamchilik shundaki, plastilin issiqda tez
erib ketadi va o’zining qayishqoqlik xususiyatini yo’qotadi. Bundan
tashqari plastilindan ishlangan haykalchalarni
ochiq joyda saqlash
juda qiyin. Undan asosan kichik modellarni yasashda foydalaniladi. U
sun’iy plastik massa bo’lib, loydan hech qachon qurimasligi bilan
farqlanadi.
Texnologiya darslarida loy,
plastilin, mum kabi materiallardan
foydalanib, ulardan turli o`yinchoqlar, jonivorlar, qushlar,
ertak
qaxromonlari yasaladi. O`yinchoq – dekorativ sa’natning eng qadimiy
turlaridan biri bo’lib, qadim asarlarda loydan yasalgan narsalar
bizgacha yetib kelgan. Mamlakatimizda sanoat va madaniyatning
rivojlanib borishiga ko’ra o`yinchoqlarni
assortimenti, ularning
obrazlari yildan-yilga boyib bormoqda. O`yinchoqlar yasaladigan
materiallar xilma-xildir. Biroq afzallik loyga beriladi.
Loy narsalar
yasashda asosiy material hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: