264
18-rasm. Plastik massalar va ulardan mahsulotlar:
1 – plastik massalar; 2 – plastmassadan tipik mahsulotlar;
3 – plastmassaning ba‘zi xossalarini oddiy o`rganish
Quyidagi plastik materiallar keng ma‘lum: xaltachalar, sisternalar,
chelaklar, bochkachalar, plyonkalar
tayyorlash uchun ketadigan
yumshoq, chidamli, yengil material – polietilen (18-rasm), baliq
ovlash to`rlari, tasmalar, tiqinlar tayyorlashga
ketuvchi elastik va
mustahkam material kapron, mashina detallarini tayyorlashga
ketuvchi mustahkam material – tekstolit (smola shimdirilgan mato);
plita yuzlari, gramplastinkalar, o`yinchoqlar
va boshqa mahsulotlarni
tayyorlash uchun ketuvchi yengil elastik material – polixlorvinil.
Uchinchi
sinf
o`quvchilari
plastik
massalarning
ba‘zi
xususiyatlari bilan tanishadilar. Har bir partaga navbatchilar karton,
polietilen, tekstolit, kapron va polixlorvinilning 0,3-0,5 mm
qalinlikdagi parchalarni tarqatadilar. Namunalardan qaychi bilan
265
yo`llar
kesib olib, o`quvchilar karton, polietilen, polixlorvinil oson
kesilishi, tekstolit esa kesilmasligini aniqlaydilar.
Namunalarni yirtishga harakat qilib,
bolalar karton yirtilishi,
polietilen, kapron, tekstolit, polixlorvinilni yirtib bo`lmaydi – ular
juda mustahkam material degan xulosada keladilar.
Namunalarni bukib, o`quvchilar karton oson bukilib, bukilgan
holda qolishi, polietilen, kapron, polixlorvinil bukilib, darhol
tekislanishi, tekstolit bukilishda sinishini aniqlaydilar.
Turli xil materiallari bilan ashlash jarayonida o’quvchilarga
igna, qaychi, elimni ishlatish usullarini, ehtietkorlik
qilish lozimligi
va ularni xavfli tomonlarini tushuntirib, kerakli ko’rsatmalar berilishi
zarur.
Gerbariy ramkalarida quritilgan o‘simliklarning ko‘pchiligi
o‘zining tabiiy rangini saqlab qoladi. Bunda o‘simlik yumshoq kogoz
yoki gazeta orasiga solib qo‘yiladi. Har bir varaq qog‘oz va o‘simlik
o‘rtasiga yana bir necha qavat qog‘oz yoki gazeta qo‘yiladi, chunki
quritilayotgan o‘simlik o‘zidan namlik chiqaradi. Shundan so‘ng
papka ikkita to‘rsimon rama o‘rtasiga qo‘yilib, ochiq havoga
qo‘yiladi. Agarda havo harorati
kechqurun va kechasi juda
pasayadigan bo‘lsa, quritilayotgan o‘simlik issiq va quruq joyga
Dostları ilə paylaş: