255
tayyorlash bo`yicha amaliy ishlardan oldin o`qituvchi to`rtinchi sinf
o`quvchilariga o`simlik naqshlari bilan bezatilgan
xalq ustalarining
ishlarining namunalarini ko`rsatadi.
Xalq ustalarining ishlarini diqqat bilan kuzatib o`quvchilar
ularning vazifasi, naqsh shakli va xarakterini aniqlaydilar.
Ishlarni ko`rsatishda o`qituvchi yog`och va metalldan ko`pchilik
buyumlarni bezashda shoxlar, barglar, gullardan tuzilgan o`simlik
naqshi asos qilib olinganini ma‘lum qiladi.
Xalq ustalari buyumlari namunalarini ko`rsatishda o`qituvchi,
quyidagi savollarga javob berishni so`raydi: Bu buyumlar nima uchun
mo`ljallangan? Xalq ustalari buyumlari sizga nimasi bilan yoqadi?
Xalq ustalari dastlab buyumni yog`ochdan yo`nilb yoki kesib
oladi, keyin uning yuzasi loy, yog` va alyuminiy kukuni eritmasi
bilan
surtadilar. Buyum metall kabi silliq va yaltiroq bo`lgach, bo`yoqlar
bilan
bezatilib, lak bilan qoplanadi. Shundan keyin ular pechkada
toblanadi. Yuqori harorat ta‘siri ostida lak plenkasi to`q rangga kirib,
buyum yuzasi iliq qahrabo tusini oladi. Kukun bilan bo`yalgan
yog`och yuzasi lak ostidan ko`rinib turib, oltinga o`xshab ketadi.
Panno va applikatsiyalar uchun gullar terishda kuzatishlar va
tajribalar.
Yozda o`quvchilarga dala, o`tloq va o`rmonlarda yozning
boshida, o`rtasida va oxirida paydo bo`luvchi gullarni terish, ularning
nomlarini aniqlash, ularning qaysi biri o`tloqda, o`rmonda,
dalada
o`sishini eslab qolish topshirig`i beriladi. Bunda o`quvchilari
tabiatshunoslik va tasviriy san`at darslarida olingan bilim va
tushunchalarni mustahkamlaydilar.
Bolalar gul turlari yozda doimo o`zgarib turishini aniqlaydilar.
Iliq bahor kunlari kelishi bilan baxmaldek to`q-ko`k rangli
chuchmomalar paydo bo`ladi, keng bargli daraxt cho`qqilari birlashib,
o`rmonda quyuq soya paydo bo`lishi bilan nozik oq marvarid – gullar
ochiladi. Iyun boshida o`tloq chinnigullari paydo bo`ladi.
Keyin
yarongullar, moychechaklar yashnab ketadi. Kech kuzgacha
mingyaproq gullari ochilib turadi. Terilgan gullarni darhol quritish
kerak. O`qituvchi bolalarga turli o`simlik gullarini
quritish qoidalari
to`g`risida gapirib beradi. Katta bo`lmagan gullarni, masalan
chinnigul, mingyaproq, geran, oddiy usulda botanika apapkasi orasiga
gazeta qog`ozi qavatlarini qo`yib quritiladi.
Yirikroq gullarni,
masalan, moychechaklar, yarongullar va hokazo,
quritish uchun
256
paxtadan ikkita yostiqcha tayyorlab, ular orasiga quritiluvchi
o`simliklar joylashtiriladi. Gulli yostiqchalar gazeta qog`ozi bilan
yopilib, botanika pressiga joylashtiriladi.
Gullarni turli fonlarga joylashtirib, uchinchi sinf o`quvchilari eng
mos rang qo`shilishlarini topib, kontrast tuslarni aniqlaydilar.
O`quvchilar qizil chinnigul yashil fonda yaxshi ko`rinishi, oq
marvaridgul qorada; ko`k chuchmomalar to`q sariq fonda yaqqolroq
ko`rinishini aytadilar.
Tasviriy san`at darslaridan o`quvchilar ranglar sovuq va iliq
bo`lishni biladilar. Amaliy ishlar jarayonida
bolalar mos ranglarni
tanlab gullardan applikatsiyalar va panno tayyorlaydilar (11-rasm).
11-rasm. Quritilgan o`simliklardan panno namunalari
Dostları ilə paylaş: