254
Amaliy ishlardan oldin ikkinchi sinf o`quvchilari
kuzatishlar va
tajribalar o`tkazib, savollarga javob beradilar: Qayin va sosna
po`stlog`ini tashqi ko`rinishidan qanday aniqlash mumkin?
Qaysi
po`stloq yupqaroq? Qaysi po`stloq g`ovakroq? Qaysi po`stloq zichroq,
egiluvchan va mustahkamroq? Qaysi po`stloq yupqa qatlamlarga
bo`linadi? Qaysi asboblar yordamida qayin va sosna po`stlog`ini
ishlov berish mumkin?
Shu tariqa o`quvchilar o`rik po`stlog`i jigar rang, qayin po`stlog`i
– oq rangda bo`lib qora chiziqlari bo`lishi, qayin po`stlog`i o`rikdan
yupqaroq,
o`rik
po`stlog`i
g`ovakroqligi,
qayin
po`stlog`i
mustahkamroq,
egiluvchan va zichligi, uni mayda qatlamga ajratish
mumkinligi, sosna po`stlog`ini
pichoq yordamida, qayin po`stlog`ini
qaychi yordamida, ishlov berish osonligini bilib oladilar.
Keyin tajriba yo`li bilan o`quvchilar qayin va sosna po`stlog`ini
qattiq qalam yoki ruchka bilan belgilash mumkinligini; bu po`stloq
turlari kazein,
duradgorlik yelimlari, hamda BF-2 va PVA yelimlari
bilan yopishtirilishini aniqlaydilar.
10-rasm. Daraxt po`stlog`idan buyumlar namunasi
Kuzatishlar jarayonida bolalar sosna po`stlog`i va berestadan
qanday buyumlar yasash mumkinligini bilib oladilar (10-rasm). Engil
hajmli murakkab shakldagi detallar olmoqchi bo`lganda sosna
po`stlog`idan foydalaniladi. Masalan, o`rik po`stlog`idan
shamol
tegirmoni korpusi, kemacha, yaxtacha korpuslarini yasashda
foydalanish mumkin. Qayin po`stlog`idan
yupqa mustahkam
buyumlar, masalan, yaxta modeli yelkanlarini yasashda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: