Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

 
III sinfda
qog`oz va kartonni o`rganish davom etadi, asta-sekin 
bu materiallarning kuzatiluvchi sifat xususiyatlarini aniqlash malakasi 
takomillashtiriladi, 
o`quvchilar 
aniqlay 
oladigan 
xususiyatlar 
to`ldirilib boriladi. O`quvchilar qog`oz va kartonning mustahkamligi, 
qalinligi, egiluvchanligi va sinuvchanligini aniqlash va taqqoslashning 
elementar usullari bilan tanishib boradilar(2-rasm). Buning uchun 
kerakli kuzatishlar va eng sodda tajribalarni o`tkazib borib, III sinf 
o`quvchilari qog`oz va yupqa kartondan detallarni bukish, qo`shish, 
kesish va yelimlash mehnat operatsiyalarini bajarish jarayonida 
olingan bilimlardan foydalanadilar. 


200 
2 – rasm. 
IV sinf
o`quvchilari qog`oz va kartonning fizikaviy va texnologik 
xususiyatlarini 
o`rganishda 
ularni 
texnologiya 
darslarida 
foydalanadigan boshqa materiallar – gazlama, tabiiy material, 
plastmassa plyonkalar xususiyatlari bilan taqqoslaydilar (3-rasm). 
O`quvchilar ishlov berilayotgan materiallarning sifat xususiyatlari 
to`g`risidagi o`z bilimlarini oshirib borib, ular bajarayotgan ishlari 
sifatining yaxshilanishiga erishishlaridan qoniqish hosil qilishlari 
muhim. 
3-rasm 


201 
O`quvchilar amaliyotidan aniq misollar asosida o`qituvchi 
materiallar xususiyati to`g`risidagi bilimini to`ldirib borish qanchalik 
muhimligini tushuntiradi. U bolalarga barcha ishlab chiqarish 
xodimlari o`rganadigan materiallar to`g`risidagi maxsus fanlar – 
materialshunoslik, materiallar qarshiligi, ularga ishlov berish 
texnologiyasi – mavjudligini ma‘lum qiladi. 
Qog`oz – varaqli material. 
Texnologiya darslarida amaliy ish
suhbat va maxsus kuzatishlar jarayonida o`qituvchi o`quvchilarni 
qog`oz varaqli material degan xulosaga olib keladi: uning qalinligi 
boshqa ikki o`lchamga (uzunligi va kengligi) qaraganda ahamiyatsiz. 
Qog`oz sotuvga u yoki bu kattalikdagi varaqlar yoki muayyan kenglik 
va foydalanish uchun qulay uzunlikdagi yo`llar ko`rinishida 
chiqariladi. Boshqa ko`pchilik yupqa materiallar (gazlama, plyonka, 
tunuka va hokazo) kabi qog`oz qaychi bilan kesiladi. 
Darsda birgalikda kuzatish, tajriba almashish va turli tur va 
navdagi qog`oz namunalarini o`rganish orqali o`quvchilar u yoki bu 
turdagi qog`oz vazifasiga qarab varaqlar va yo`llar shakli va o`lchami 
o`zgarishini bilib oladilar. Yozuv uchun qog`oz «kanselyariya» 
formati ko`rinishidagi o`ramlar shaklida kesilib sotuvga chiqariladi: 
katta bo`lmagan varaqlarda yozish qulay, ularni saqlash ham qulay. 
Pochta qog`ozi varaqlari formati yana ham kichik. Rasm va chizmalar 
uchun qog`oz, aksincha, katta varaqlarda, ba‘zan esa rulonlarga 
o`ralgan keng yo`llar ko`rinishida chiqariladi: inshootlar va 
mashinalar loyihalari chizmalari va rasmlar uchun turli formatdagi 
qog`oz kerak va u joyida kesiladi. 
Chizma uchun kalka, millimetr qog`ozi, gul qog`ozlar rulonlarda 
o`ralgan holda chiqariladi, bosish va o`rash uchun qog`oz esa katta 
og`ir rulonlarda chiqariladi: ularni bu holda tashish, saqlash va 
keragicha foydalanish oson. 
Kuzatishlar orqali o`quvchilar qog`oz namunalarini boshqa 
varaqli materiallar – gazlama, charm, plastmassa plyonka, fanera, 
tunuka, folga namunalari bilan taqqoslaydilar. Bu ishning politexnik 
ahamiyati beqiyos: taqqoslash ishi kichik maktab o`quvchilarining 
turli 
materiallar, 
ularning 
xususiyatlari, 
tasnifi 
to`g`risidagi 
tasavvurlarini kengaytirishga yordam beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin