Texnologiya”
darsligida “ Qog’oz va uning
turlari”
mavzusi
bilan
tanishadilar.
190
1-rasm.
Qog`oz va karton bilan ishlash texnologiyasi II sinf texnologiya
darslari ni tashkil etishda o’ziga xos xususiyatligi bilan ahamiyatli
hisoblanadi.
Birinchi
navbatda,
o`quvchilar
qog`ozdan
tayyorlanadigan buyumlarni yaxshi tayyorlashlari uchun ularni qog`oz
turi va navlarini yaxshi bilishga, bu materialning ko`p ishlatiladigan
turlarining muhim sifat xususiyatlarini farqlashga o`rgatish muhim.
O`quvchilar qog`oz turlaridan ba‘zi namunalarning nomi va farqli
xususiyatlarini bilmasligi mumkin. Dars jarayonida o’qituvchi
o’quvchilarga ko`p miqdorda qog`oz turlarining borligi, mamlakatda
turli xususiyatga ega bir necha yuz turdagi qog`oz ishlab chiqarilishini
misollar va ko’rgazmali materiallar orqali ko’rsatib, tushucha berib
borishi lozim..
O’qituvchi o`quvchilarni o`zlari ko`p ko`radigan va ishlatadigan
qog`ozning asosiy xususiyatlarini farqlash, ularni ayta olishga
o`rgatishi maqsadga muvofiq. Yozuv qog`ozi, muqova qog`ozlari,
bosmalash, rasm chizish, o`rash uchun qog`oz, rangli qog`ozlar
haqida, keyinchalik esa bu ro`yxatni papiros qog`ozi, stol usti
qog`ozlari va gulqog`ozlar bilan to`ldirish mumkin.
O`quvchilar texnologiya darslari uchun materiallarni, xususan,
qog`ozlarni hamma vaqt ham ehtiyotkorona asramaydilar. Birinchi
191
texnologiya fani darslaridayoq bolalar bilan kuzatishlar o`tkazib,
qog`ozni asramay saqlanishi undan tayyorlanuvchi buyumlar sifatiga
qanday ta‘sir etishini yaqqol va ishonchli ko`rsatish muhimdir.
Keyinchalik, III va IV sinflarda o`qituvchi oddiy va g`ijimlangan
qog`oz xususiyatlarini solishtirishga bir necha marta qaytishi zarur.
Tajriba ko`rsatishicha, o`qituvchi tomonidan bolalar turmushda
va maktabda doimo foydalanadigan qog`oz turlari va navlarining eng
muhim xususiyatlari va sifatlarini yaqqol aniqlash maqsadida tashkil
etiluvchi ko`rsatishlar va maxsus jamoa bo`lib kuzatishlari katta foyda
keltiradi.
Qog`oz xususiyatlari bilan tanishish o`quvchilarga turli amaliy
maqsadlar – yozish, chizish, buyumlar yasash, turli predmetlarni
o`rash uchun qog`ozdan to`g`ri foydalanishga yordam beradi. Qog`oz
xususiyatlari to`g`risidagi bilimlarni o`quvchilar texnologiya fani
darslarida va atrofdagilarning qog`ozdan foydalanishini har kuni
kuzatish orqali egallaydilar.O`z qog`oz namunalari va o`qituvchi
tayyorlagan va ko`rsatayotgan namunalarni ko`rib chiqib, o`quvchilar
o`qituvchi yordamida turli maqsadlarda qo`llanuvchi qog`ozlarning
katta miqdordagi turlari mavjudligini qayd etishadi. Vazifasiga ko`ra
har bir tur va nav qog`ozi muayyan xususiyatlar, sifatlarga ega. Bu
xususiyatlar qog`ozga uni qog`oz fabrikalarida tayyorlashda yoki
keyingi qo`shimcha pardozlashda maxsus beriladi.O`quvchilar oddiy
ko`rib chiqish va ushlab ko`rish, hamda o`zlari to`plagan hayot
tajribalarini ishga solib osongina aniqlash mumkin bo`lgan
qog`ozning quyidagi umumiy xususiyatlarini qayd etishadi:
- qog`oz – varaqli material. Qog`oz katta varaqli (chizish va stol
usti qog`ozi), o`ramlarda (applikatsiyalar uchun qog`oz, texnologiya
darslari uchun rangli qog`ozlar va pochta qog`ozi to`plamlari, qog`oz
salfetkalar), rulonlarda (gulqog`ozlar, gofri qog`oz) va hokazo holatda
sotiladi;
- qog`oz qalin va yupqa bo`ladi (masalan, rasm chizish va
chizmalar uchun qog`oz, papiros va nusxalash qog`ozi);
- qog`oz oq va rangli (yozuv qog`ozi va rangli yaltiroq qog`oz). U
to`liq ranglangan, bo`yoq eritmasi qog`oz tayyorlash massasiga
qo`shilgan bo`ladi yoki uni tayyorlangandan keyin bir tomonidan
bo`yashadi (applikatsiyalar uchun rangli qog`ozlar, gulqog`ozlar,
o`rash uchun qog`ozlar);
192
- qog`oz yuzasi silliq va nosilliq bo`lishi mumkin. Masalan,
yozuv qog`ozi unda yozish mumkin bo`lishi uchun albatta silliq
bo`lishi kerak, namni shimib oluvchi va o`rash uchun qog`ozlar
nosilliq yuzali bo`ladi. Ba‘zi qog`ozlarning bir tomoni silliq, ikkinchi
tomoni nosilliqroq bo`ladi. Misol sifatida afisha yoki chiptalar uchun
qog`ozni keltirish mumkin – teatr afishalari, tramvay va avtobus
biletlari matni faqat silliq tomonda bosmalanadi;
- qog`ozning ba‘zi turlari yarim tiniq bo`lib, undan hamma narsa
ko`rinib turadi, boshqalari esa aksincha. Qog`oz kalka tayyorlashda
uni iloji boricha tiniqroq bo`lishiga harakat qilinadi, aks holda
chizmalardan nusxa ko`chirish qiyin bo`ladi yoki umuman ko`chirib
bo`lmaydi. Papiros qog`ozi va pergamin tiniq bo`ladi. Bosmalash va
yozuv qog`ozlari, ularning ikki tomonida yozuv bajarish uchun tiniq
bo`lmasligi kerak;
- qog`oz zich va g`ovak bo`ladi. Masalan, chizma va namni
shimib oluvchi qog`ozlarni taqqoslash bunga misol bo’la oladi;
- qog`oz rasm bilan bezatilgan, yaltiroq yoki yaltiramaydigan
yuzali bo`lishi mumkin. Bunday qog`ozlarga muqova qog`ozlar,
gulqog`ozlar, qog`oz-lederinlar kiradi.
Oxirida o`qituvchi maxsus mo`ljallangan qog`ozlarni ko`rsatadi,
ularga
tayyorlashda
muayyan
xususiyatlar
beriladi.
Bunday
qog`ozlarga hujjatlar uchun qog`oz (ularda pul, lotereya chiptalari,
pasport va boshqa hujjatlar bosiladi); fotoqog`oz (fotoemulsiyaning
maxsus qatlami bilan qoplangan); parafinlangan qog`oz ho`llanmaydi,
muzqaymoq o`rash va sut mahsulotlari uchun o`ramlar tayyorlashda
qo`llanadi; pergamin – yog`ni o`tkazmaydigan qog`oz (yog`,
margarin, vetchina o`rash uchun qo`llanadi); metallashtirilgan qog`oz
(metall folga bilan yelimlangan qog`oz, choy qadoqlash uchun
qo`llanadi), silliqlovchi qog`oz (silliqlovchi kukun yupqa qatlami
yelimlangan).Har qanday material yoki predmet majmuasini tuzish,
ularni maqsadli tanlash, ishlov berish, tizimlashtirish va joylashtirishni
talab etadi. Majmuada namunalar muayyan mantiqiy tartibda
joylashtiriladi, u qabul qilingan tasniflash to`g`risida yaqqol tasavvur
beradi.
Qog`oz majmuasini har bir qog`oz turi va navining vazifasini
ko`rsatishga qarab tanlash va tasniflash kerak. Buning maqsadga
muvofiqligi shundaki, eng ko`p tarqalgan qog`oz turlarining nomlari
193
odatda ularning vazifasini aks etiradi: yozuv – yozish uchun,
bosmalash – bosmalash uchun, chizish – chizish uchun, stol usti – stol
ustini qoplash uchun, gulqog`oz – devorlarga yopishtirish uchun va
hokazo.
1-rasm. O`quvchilar tomonidan qog`oz namunalari majmuasining
joylashtirilishi:
1 – alohida varaqda; 2 – o`quvchi daftarida.
To`plam tuzishda o`quvchilar qog`ozning ko`p namunalarini
ko`rib chiqadilar va ushlab ko`radilar hamda o`ziga xoslarini tanlab
oladilar. Bunda ular qog`ozning sifat xususiyatlari va muhim jihatlari
to`g`risidagi dastlabki tasavvurlarga ega bo`ladilar. Bolalar qog`oz
tayyorlashda unga vazifasiga qarab u yoki bu xususiyat berilishini
o`zlashtirib oladilar.
1-rasmda o`quvchi ish daftarining qog`oz majmuali sahifalari
ko`rsatilgan.
O`quvchilar qog`oz namunalarini tanlash va majmuasini
tayyorlash bo`yicha o`z ishlarining ma‘nosini tushunib olishlari
muhim bo`lib, u nafaqat muhim qog`oz turlari va ularning nomlarini
amaliy bilib olishdan iborat, balki qog`ozni uning tashqi ko`rinishi va
xarakterli xususiyatlari: qalinligi, rangi, yaltirashi, yuzasining pardozi
va hokazo bo`yicha farqlashga yordam beruvchi qo`lbola lug`at
tayyorlashdan ham iboratdir.
2-rasmda ko`p ishlatiladigan qog`oz turlari majmuasi ko`rsatilgan
devoriy jadval keltirilgan. Albatta, bu jadvalda ko`rsatilgan qog`oz
mahsulotlarining barchasini o`qituvchi darsga olib kelib ko`rsatishi
mumkin. Biroq ushbu jadvalning didaktik qimmati shundaki, u
ikkinchi sinf o`quvchisi xotirasida qog`ozlar tasnifi va ularning inson
tomonidan bevosita vazifasiga ko`ra foydalanilishi muhimligini saqlab
qolishga imkon beradi.
194
2-rasm. Qog`oz devoriy majmuasi
Dostları ilə paylaş: |