180
2. Ko’k rangdagi qog’ozga to’g’ri
burchak chiziladi, uning
o’lchami uzunasiga, tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga
esa enining yarimidan 2sm atrofida kattaroq;
3. Ko’k qog’ozdan qirqilgan to’g’ri burchak taklifnomaning
ustiga
yopishtiriladi, bunda ko’k qog’oz taklifnomani bo’yashda
halaqit bermasligi uchun bukish chizig’ining chap tomonidan ozgina
joy qoldirib yopishtiriladi;
4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning
uchun kvadrat shakldagi qog’ozni kerakli o’lchamda qirqiladi;
5. Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi;
6. Och ko’k va jigar rang qog’ozdan
ikkita shox qirqib,
namunadagidek yopishtiriladi;
7. Gullar qirqib yopishtiriladi.
Ish ijodiy tarzda bo’lganligi uchun o’quvchilar gullarni
shoxlarga o’zlari mustaqil joylashtiradilar. Barglarni o’qituvchi
tarqatgan andoza bo’yicha qirqadilar.
Tabriknomaning ichki tomoni
naqsh bilan bezatilib, tabrik so’zi yoziladi.
4-sinf
Texnologiya
darsligida “Tabiiy materiallardan
applikatsiya usulida gul yasash”
mavzusi berilgan (2-rasm).
Bunda
o’quvchilar
applikatsiya
tayyorlashni bilishadi,
faqat turli
tabiiy materiallar jamlanadi va
ijodkorlik
bilan
applikatsiya
tayyorlashadi.
Masalan,
turli
mahsulotlarning ( tarvuz, qovoq)
urug’lari,
daraxt barglari va shu
kabi boshqa turli xildagi tabiiy
materiallardan
applikatsiya usulida
gullar tayyorlashadi.
Dostları ilə paylaş: