Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


-sinf o’quvchilariga qog`oz – tez g`ijimlanuvchan material



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

 
2-sinf o’quvchilariga qog`oz – tez g`ijimlanuvchan material 
haqida ham bilimlar beriladi. 
O`qituvchi o`quvchilarga rangli 
qog`oz (glyantslangan bo`lsa yaxshiroq) olishni (taxminan 100x200 
mm o`lchamda), uni ikkiga teng bukish va egilish chizig`i bo`ylab 
qirqishni o’rgatadi. O`quvchilar qog`ozning qirqilgan yarmini 
g`ijimlashadi. Keyin esa unga dastlabki ko`rinishni qaytarishga 
harakat qilib, uni tekislashadi. Buning iloji bo`lmaydi. O`tkazilgan 
tajriba asosida o`quvchilar xulosa chiqarishadi: g`ijimlangan qog`ozga 
oldingi ko`rinishni qaytarib bo`lmaydi. 
O`qituvchi 
taklifi 
bo`yicha 
bolalar 
rangli 
qog`oz 
tayyorlanmalaridan - g`ijimlangan va tekis – shakli bo`yicha bir xil va 
tuzilishi oddiy ikkita buyum yasashga harakat qilishadi (masalan, 


195 
oddiy buklash bilan hosil bo`luvchi buyumni tayyorlashni tavsiya 
etish mumkin). Bu narsalarni taqqoslash o`quvchilarni quyidagi 
xulosaga olib kelishga imkon beradi: g`ijimlangan qog`ozdan 
to`laqonli, mustahkam va chiroyli narsa tayyorlab bo`lmaydi.
Yuqorida aytilganlar asosida o`quvchilar yana bir xulosani qayd 
etishlari kerak: qog`ozdan mustahkam va chiroyli narsalarni 
tayyorlash imkoniga ega bo`lish uchun materialni avaylab asrash 
kerak. Qog`ozni jildda saqlash kerak, katta varaqlarni rulonga 
o`ramasdan – ular g`ijimlanadi – jild o`lchamiga mos qirqish 
maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, rulonga o`ralgan qog`ozni 
belgilash, kesish, yelimlash qiyin, ayniqsa qog`oz qalin bo`lsa. 
2-sinf o’quvchilari, shuningdek, qog`oz – tolali material 
haqida ham ma’lumotlar oladi. 
Qog`oz va karton o`simlik 
materiallari 
– yog`och, poxol, qamishdan tabiiy mineral 
to`ldiruvchilar (oq loy, talk) va yelimlovchi moddalar qo`shish bilan 
tayyorlanadi. O`simlikdan olinuvchi materiallar tolali tuzilishga ega. 
Ular katta yoki kichik, uzunlik, qalinlik, egiluvchanlik va turli 
mustahkamlikka ega bo`lgan o’simlik tolalaridan tayyorlanadi. 
O`qituvchi o`quvchilarga gazlamalar oddiy paxta, zig`ir yoki kanop, 
yog`och yoki shox va shu kabilardan iborat ekanligini amalda 
ko`rsatadi (3-rasm). 
O`quvchilarga yuqoridagi materiallarni nafaqat ko`rish, balki 
ularni ushlab ko`rish, tolalarni ajratishga harakat qilish, ularning 
uzunligini aniqlash, uzib ko`rishga berish foydali. Bunday tajriba ishi 
katta foyda keltiradi, bolalarning materiallar tuzilishi, xususiyatlari 
to`g`risidagi tasavvurini kengaytiradi va o`quvchilarni ularning 
muhim xususiyatlarini o`rganish, bu bilimlarni turli buyumlarni 
yasash bo`yicha amaliy ishda qo`llashga tayyorlaydi.
Navbatchilar 
o`quvchilarga 
ikki-uch 
turdagi 
qog`oz 
namunalarining tayyorlangan to`plamlarini, masalan, gazeta, namni 
shimib oluvchi va o`rash uchun qog`oz tarqatadilar. O`qituvchi 
bolalarga bu namunalarning har biridan bir cheti bo`ylab tor yo`llarni 
yirtib olib, qog`oz chetini yirtilish chizig`i bo`ylab qarab chiqishni 
taklif etadi. O`quvchilar birgalikda chetlar tukli bo`lganini qayd 
etishadi. Keyingi suhbat davomida qog`oz varaqlarining yirtilishida 
tolalar o`rtasidagi bog`lanish buzilishi, ularning ko`pchiligining 


196 
uzilishi, sinishi, bunda uzilish chizig`i bo`ylab po`pakchalar hosil 
bo`lishi aniqlanadi (4-rasm). 
 
3-rasm. O`simlikdan olinuvchi tolali materiallar: 
1 – ip-gazlama paxta; 2 – zig`ir tola va zig`ir tolali ip; 
3 – ip-gazlama ip; 4 – ip-gazlamalar; 5 – zig`ir toladan dasturxon 
4-rasm. Qog`oz va karton tolali materiallar: 


197 
1 – tolalar uzilish chizig`i bo`yicha yaxshi ko`rinadi; 2 – qog`oz 
va kartonni lupa orqali qaraganda tolalar qo`shilib ketganligini ko`rish 
mumkin 
Bunday tajribani karton bilan takrorlab, o`qituvchi bu holda 
materialning tolali tuzilishi ko’rsatishini ta‘kidlaydi: kartonda tolalar 
yirikroq, ya‘ni uzunroq, qalinroq, qo`polroq. 
Yuqorida qayd etilgan ko`rsatish va oddiy tajribalar natijasida 
ikkinchi sinf o`quvchilari keladigan birinchi xulosa shunday: qog`oz 
va karton toladan iborat, bu material tolali tuzilishga ega. 
Ikkinchi xulosani ham o`quvchilar qiynalmay ifodalab beradilar: 
ba‘zi tur va navli qog`oz tolalari mayin va bir turli (yozuv qog`ozi, 
rasm qog`ozi) boshqalarida esa ular turli kattalikda va qo`pol, ba‘zan 
esa to`qroq rangdagi tolalar qo`shilgan bo`ladi (bu, ayniqsa, karton va 
arzon turdagi qog`oz, masalan, o`rash uchun qog`oz, afisha qog`ozida 
yaqqol ko`rinadi). 
Qog`oz kabi tolali tuzilishga ega materiallar (paxta, tikuvchilik 
iplari, muline, zig`ir tola, arqon, gugurt qutisi bo`lagi)ning namunasini 
ko`rib chiqish asosida o`qituvchi o`quvchilarga uchinchi xulosani 
chiqarishga yordam beradi: bu materiallarning hammasi tolalardan 
iborat, faqat ulardagi tolalarning sifati turlicha va o`zaro har xil tarzda 
bog`langan (paxtada ular chirmashgan, iplarda yigirilib yengil 
yelimlangan, qog`ozda – chirmashgan va yelimlangan va hokazo). 
O`quvchilarning 
kuzatishi 
va 
xulosalarni 
umumlashtirib, 
o`qituvchi ularni yana bir xulosaga olib keladi: ular ko`rib chiqqan 
barcha materiallar o`simlikdan olinadi. Ular o`simlik xom-ashyosidan 
tayyorlanib, paxta, zig`ir, kanop, yog`och, somon, qamish tolalaridan 
tuzilgan. Keyinchalik gazlama bilan ishlashga bag`ishlangan darslarda 
o`qituvchi I sinf o`quvchilariga o`simlik tolalaridan tayyorlangan ip-
gazlama va zig`ir matolar to`g`risida hikoya qilib berganda bu 
xulosadan foydalanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin