202
aniqlash mumkin. O`quvchilar o`z buyumlari uchun u yoki bu
qog`ozni ishlatar ekanlar uni tanlashga o`rganadilar. Boshlang`ich sinf
o`quvchilari qog`oz, karton va boshqa varaqli materiallarning
qalinligini to`g`ri aniqlay olmaydilar. Ular bunday o`lchovlar
uchun
mo`ljallangan asbob – mikrometr va mos o`lchov birliklari –
mikronlardan foydalana olmaydilar, o`nlik kasrlarda o`lchovlarni
bajara olmaydilar.
Biroq III sinf o`quvchilari matematika darslarida sonlarning
ayirmasi va karrali taqqoslanishini o`rganadilar va bir son ikkinchisiga
nisbatan qanchaga katta yoki kichikligini aniqlay oladilar.
Shuning
uchun texnologiya darslari da o`quvchilar oldiga, masalan, shunday
savol qo`yish mumkin: “Papiros qog`ozi yozuv qog`oziga
nisbatan
necha marta yupqaroq yoki yozuv qog`ozi rasm qog`oziga nisbatan
necha marta yupqaroq?”. O`quvchilar tomonidan bunday masalaning
laboratoriya
ishi shaklida yechilishi bolalarni turli varaqli
materiallarni taqqoslay olishga o`rgatib, amaliy ahamiyat kasb etadi.
Masalani hal etish uchun kerakli turdagi
bir xil qalinlikdagi
qog`oz o`ramlarini olish, har bir o`ramdagi varaqlar sonini hisoblash
va bu sonlar nisbatini aniqlash, ya‘ni katta sonni kichikka bo`lish
kifoya. Bu maqsad uchun 1 sm qalinlikdagi o`ramlarni olish qulay.
Shunda, o`quvchilar bir santimetr qalinlikdagi o`ramlarda, masalan,
60 varaq yozuv qog`ozi va 120 varaq gazeta qog`ozi borligini aniqlab,
gazeta qog`ozi yozuv qog`oziga qaraganda ikki marta yupqaligini ayta
oladi. Shunday qalinlikdagi o`ramlarda ular 85 va 90 varaq qog`ozni
sanashsa, bu o`ramlardagi qog`ozlar qalinligi
deyarli bir xil deb
aytishlari mumkin.
III sinfda
o`qituvchi tolali tuzilishga ega materiallar sifatida
qog`oz va karton ta’rifiga bir necha marta qaytadi. Busiz o`quvchilar
tomonidan bu materiallarning muhim texnologik xususiyatlarini
o`zlashtirilishi
qiyinlashib, ishlov berishda – detallarni belgilash va
yelimlashda – ularni hisobga olmay bo`lmaydi. Hayvonlardan
olinadigan tolali materiallar – tabiiy jun va ipak to`g`risida
texnologiya
darslari
da
dastlabki
ma‘lumotlarni
berishda
o`quvchilarga o`simlikdan olinuvchi tolali materiallar to`g`risida
eslatish foydali. Bunda o`qituvchi hayvonlardan
olinadigan tolali
materiallar: tabiiy jun parchasi, jun iplar o`rami, jun qo`lqop, namat
203
parchasi, tabiiy ipak o`rami va ipak mato parchasini ko`rsatishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: