Qog`oz namlanishida nima ro`y beradi? Bu borada
o’quvchilar II sinf jarayonidayoq q
og`oz va karton bilan ishlashda
paydo bo`luvchi ko`pgina savollarni to`g`ri hal etish uchun bu
materiallarni bo`yash, kleyster yoki yelim surtish jarayonida
211
namlanishi tufayli nima ro`y berishini yaqqol tasavvur etishlari
muhim.
Qog`oz varag`idan ikki o`zaro perpendikulyar chetlardan
o`quvchilar shakli va o`lchami bir xil qog`oz yo`llar kesib oladilar
(20x200 mm) (bu tajriba uchun gazeta, o`rash uchun qog`oz va oddiy
gulqog`oz olish tavsiya etiladi). Boshqa istalgan qog`ozdan bolalar
yana bitta shunday qog`oz yo`l qirqib oladilar. U tajriba o`tkazish
paytida nazorat qilish uchun xizmat qiladi.
Dastlab ikkinchi sinf o`quvchilari birinchi ikki qog`oz yo`llar
bilan tajriba o`tkazib ularning qaysi biri bo`ylama, qaysisi esa
ko`ndalang
yo`nalishda
kesilganini
aniqlaydilar.
Natijalarni
o`quvchilar qog`oz yo`l uchlarida belgilaydilar - qalam bilan bo`ylama
yoki ko`ndalang strelka qo`yadilar yoki B va K harflarini yozadilar.
Keyin qog`oz yo`llarni eski qog`oz varag`iga yonma-yon qo`yib, bir
vaqtda namlaydilar. Buni katta mo`yqalam yoki toza yumshoq
matodan tampon bilan bajaradilar. Keyin qog`oz butun qalinlikda bir
tekis namlanishi uchun 2-3 daqiqa kutib ular qog`oz varag`iga yonma-
yon yotqiziladi. Nazorat qog`oz yo`ldan foydalanib, namlangan ikkala
qog`oz yo`l uzunroq bo`lganini aniqlaydilar (10.4-rasm). O`quvchilar
birinchi xulosani ifodalaydilar: qog`oz namlanishda o`lchamlari
kattalashadi, uzayadi.
Diqqat bilan o`lchash natijasida o`quvchilar namlangan qog`oz
yo`llar uzayishi bir xil emasligini aniqlaydi: biri ko`proq, ikkinchisi
kamroq. Qog`oz yo`llardagi belgilarga e`tibor berib, ikkinchi xulosani
chiqarishadi: qog`ozning namlanishida uning bo`ylama yo`nalishida
cho`zilishi ko`ndalangga nisbatan kamroq (10-rasm).
10-rasm. Namlashda qog`oz detallar o`lchamining o`zgarishi:
212
1 – tajriba uchun tayyorlangan ikki bir xil qog`oz yo`llar; 2
– ustkisi namlanib uzunroq bo`lgan o`sha qog`oz yo`llar; 3 –
ikkinchisi tajriba uchun tayyorlanmalar – bo`ylama, ko`ndalang va
nazorat uchun kesilgan qog`oz yo`llar; 4 – birinchi ikki qog`oz yo`l
namlangandan keyingi qog`oz yo`llar
Tajriba natijalari bo`yicha suhbatda o`quvchilar qog`ozning
aniqlangan xususiyatlarini uni bo`yash va yyelimlashda, ya‘ni
qog`ozdan tayyorlangan detallar namlanuvchi barcha hollarda hisobga
olish zarur. Bir necha misollar bilan o`quvchilarga qog`ozning
namlanishida cho`zilish xususiyatini hisobga olmaslik buyum
sifatining pasayishi va hatto buzilishiga olib kelishini ko`rsatib berish
juda muhim.
II-IV sinfda o’quvchilar qog`oz detallarni yelim bilan qoplashda
saqlab turish ahamiyatini o’rganib olishi muhim.
Oldingi tajribada
o`quvchilarga qog`oz yo`llarni namlashdan keyin ularni 2-3 daqiqa
saqlab turish taklif etiladi. Bu vaqt ichida qog`oz namni shimish va
cho`zilishga ulguradi.
O`qituvchi so`raydi: - Biz kutib o`tirmay detalni kleyster yoki
yelim bilan qoplashdan keyin darhol uni joyiga yotqizib yelimlasak
nima bo`ladi? (Detal namni shimish va o`lchamlari kattalashishda
davom etaveradi. Natijada unda burmalar hosil bo`ladi va ish
buziladi).
Xulosa: Qog`ozdan tayyorlangan detallarni yopishtirishda, ularga
yelim yoki kleyster surtishdan keyin 2-3 daqiqa kutib turish kerak.
Ayniqsa detallar o`lchami katta bo`lsa, buni qilish muhim.
O`qituvchi maslahat beradi: - Ustalar devorlarga gulqog`oz
yopishtirishini kuzating. Gulqog`ozga kleyster surtib, uning namlanib,
cho`zilishini kutib turadilar va shundan keyin uni devorga rasmini
kelishtirib yopishtiradilar. Ba‘zan ustalar ketma-ket ikki, uch, hatto
to`rt yo`l gulqog`ozga kleyster surtib, o`sha ketma-ketlikda ularni
devorga yopishtiradilar. Bu vaqt ichida qog`oz yaxshi namlanib,
cho`zilishga ulguradi. Devorda qurib, gulqog`ozlar taranglashadi va
burmalar hosil qilmaydi.
Karton va qog`ozdan tayyorlangan buyumlar yuzasida burmalar
hosil bo`lishi sabablarini o`rganish.
Kichik maktab o`quvchilari karton
va qog`oz bilan bajaruvchi ishlarining ko`pchiligi kleyster yoki
yelimdan foydalanib bajariluvchi ishlardir. O`quvchilar bu ishlarni
213
toza bajarishlari uchun ular qog`oz detallar, applikatsiyalar, mozayika,
rasmlar, suratlarni yopishtirishda yo`l qo`yadigan xatolardan saqlab
turish kerak. O`quvchilar bajaradigan amaliy ishlar misolida qog`oz
buyumlar yuzasida burmalar paydo bo`lishi sabablarini ko`rsatish
kerak.
Qog`oz detallarga kleyster yoki yelim surtishda ko`pchilik
o`quvchilar yetarlicha tez ishlamaydilar. Buning natijasida detalning
bir qismida, ayniqsa u katta o`lchamda bo`lsa, qog`oz yelimni shimib
boshqa qismiga qaraganda ko`proq uzayishga ulguradi. Bunda
qog`ozning turli joyida turlicha cho`zilish ro`y berib, buyum yuzasida
burmalar hosil bo`ladi.
Ko`pchilik o`quvchilar qog`oz yuzasiga yelimni turli qalinlikda
surtadilar, ba‘zan yyelimlanmagan joylarni qoldiradilar. Bu holda ham
qog`ozning notekis namlanishi ro`y beradi, buyum yuzasida burmalar
paydo bo`ladi, ish esa pala-partish ko`rinishga ega bo`ladi.
Qog`oz detallarni faqat uchlari yoki chetlariga yelim surtib
yopishtirishda qo`pol, xunuk ko`rinishga ega bo`ladi. Bu holda
burmalanishlar hosil bo`lishi kuzatiladi.Qog`ozni yyelimlashda ish
sifati uchun o`quvchilar tomonidan quyidagi qoidaga rioya qilish
muhim ahamiyatga ega: yelim surtilgan detalni joyiga yotqizishdan
keyin uning ustiga toza qog`oz varag`ini quyish, uni ushlab turib
o`rtasidan chetlarga qarab bosish kerak. Lekin yopishtirilayotgan
detalni qog`oz bo`lagi yoki barmoqlar bilan bosib yurgizish mumkin
emas: detal yirtilishi va buyum yelim bilan kirlanishi mumkin.
Bu ish nima uchun qilinishini o`quvchilar yaxshi tushunib olishi
uchun quyidagi tajribani ko`rsatish foydali. Yozuv, o`rash yoki gazeta
qog`ozdan taxminan 100x200 mm o`lchamli to`g`ri burchakli qog`oz
kesib olinadi, uni ikki bukib, teskari tomoniga yelim surtib qalin
qog`oz yoki karton varag`iga yopishtiriladi. Uning ustini toza varaq
bilan yopib, bosib chiqiladi. Ikkinchi bo`lak ham bosib chiqiladi, lekin
ustiga toza varaq qo`yilmaydi. Yelim qurigach, o`quvchilar
yelimlangan to`g`ri burchakni qarab chiqadilar va yelimlash sifatidagi
farqlarni aniqlaydilar. Odatda, usti qog`oz bilan yopilib ishlangan
detal usti toza, tekis, burmalarsiz bo`ladi.
Qog`oz namlanishida nima sodir bo`ladi? (II sinf) Qog`oz
varag`ida (buning uchun yozuv, rasm qog`ozini olish mumkin)
o`quvchilar 90x90 yoki 100x100 mm o`lchamli kvadratlarni
214
belgilaydilar. O`zlariga ma‘lum usullarning biri bilan varaqdagi
bo`ylama
yo`nalishni
aniqlab,
kvadratlarida
kerakli
belgilar
qo`yadilar, masalan, 11-rasmdagidek strelkalar bilan ko`rsatiladi.
11-rasm. Bir tomondan qog`oz namlanishi tajribalari:
1 – ikki o`zaro perpendikulyar chetlar bo`yicha qog`oz
varag`ining namlanishi; 2 - qog`oz aylanani suv yuzasiga joylashtirib
pastki yuzasining namlanishi; 3 - qog`oz tarnovchadek egilib, uning
uchlari qog`oz varag`ining bo`ylama yo`nalishiga mos keladi.
Kvadratlarni kesib olib, o`quvchilar ularni oldilariga qo`yib
mo`yqalam yoki yumshoq matodan tampon bilan varaqning ikki
o`zaro perpendikulyar chetlarini suv bilan namlab, qog`oz bilan nima
yuz berishini kuzatadilar. Bir necha soniyadan keyin qog`oz
chetlarning biri bo`ylab tarnovsimon egiladi, uning uchi kvadrat
chetlariga parallel bo`ladi (11.1-rasm). Kvadratning ikkinchi
namlangan uchi bo`ylab taxlamalar hosil bo`ladi. O`quvchilar
kvadratlarning birinchisida uning cheti qog`oz varag`ining bo`ylama
yo`nalishiga, ikkinchisida ko`ndalang yo`nalishga to`g`ri kelishini
aniqlaydilar.
Xulosa chiqariladi: qog`oz varag`i chetlari namlanishida
o`zgarishi
bo`yicha
bu
qog`ozda
bo`ylama
va
ko`ndalang
yo`nalishlarni aniqlash mumkin.
O`quvchilarga yuqorida ta‘riflangan tajriba varintini ko`rsatish,
keyin esa o`zlariga qilib ko`rishni taklif qilish foydalidir. O`qituvchi
qog`oz varag`ida radiusi 90-100 mm bo`lgan aylana belgilab, uning
ichida strelka bilan bo`ylama yo`nalishni belgilaydi. Keyin
215
belgilangan aylanani kesib olib, likopcha yoki surat vannachasiga
solingan suv yuzasiga joylashtiradi (11.2-rasm). 2-3 soniyadan keyin,
aylanacha suvdan olinib, ho`l tomoni bilan kaftga qo`yiladi.
O`quvchilar qog`oz ancha tez tarnovdek egilishini ko`radilar, u
ko`pincha o`ralib qoladi. Tarnovcha uchi va qog`ozning bo`ylama
yo`nalishi mos kelishini o`quvchilarga ko`rsatish qoladi (11.3-rasm).
O`qituvchi o`quvchilar diqqatini chetlari yuqoridan namlangan
kvadratda bo`ylama uchda tarnovcha yuqoriga tomon egilgani,
pastdan namlangan aylana tarnovchasi ham yuqoriga tomon
egilganiga qaratadi. Bu tasodifmi? yo`q. Bu savolga o`quvchilarni
qiziqtirish va uning amaliy ahamiyatini yaxshiroq o`zlashtirilishi
uchun ularga mustaqil nazorat tajribasini o`tkazishni taklif qilish
mumkin.
Bolalar qog`oz varag`ida ikkita bir xil aylana belgilab, ularni
kesib oladilar va suv yuzasiga turli tomonlari bilan qo`yadilar:
birining belgisi yuqorida, ikkinchisi – pastga. Ularni oldingi tajribada
qilingandek, bir vaqtda kaftga o`tkazilsa, qanday o`zgaradi? (Bir xil:
aylanachalar uchlari tarnovcha hosil qilib yuqoriga ko`tariladi;
ularning uchlari qog`oz varag`ining bo`ylama yo`nalishiga to`g`ri
keladi) Nima uchun? (Suv yuzasiga joylashtirilgan qog`oz darrov
namlanmaydi. Uning pastki qatlami tezroq namlanib, uning tolalari
ustki qatlam tolalariga nisbatan oldinroq shishib cho`ziladi. Bunday
cho`zilish qog`ozning tarnovchadek egilishiga olib keladi).
Yuqorida ta‘riflangan tajribalarni o`tkazishda qog`oz qanday
o`zgarishini o`quvchilar yaxshiroq tushunib olishlari uchun darsdan
tashqari mashg`ulotlarda qog`oz bir paytda ikki tomonidan
namlanuvchi tajribalarni o`tkazish vazifasini berish foydali.
Dostları ilə paylaş: |