IV sinfda
o`qituvchi o`quvchilarga
qog`oz va kartonning tolali
tuzilishi to`g`risida ma’lumot berib, karton detallarini qog`oz bilan
yelimlab chiqishda qirilishi sabablarini aniqlash maqsadida dasturda
ko`zda tutilgan tajribalarni o`tkazish bilan bog`liq tagribada eslatib
o`tadi. Qog`oz va kartonning tolali tuzilishi xususiyatlari to`g`risida
qog`oz va karton ishlab chiqarish haqida suhbat o`tkazish chog`ida
ham fikr yuritiladi.
O`qituvchi IV sinf o`quvchilariga qog`oz va karton tayyorlash
uchun asosiy material yog`och ekanligi haqida gapirib beradi (uning
turlaridan biri yog`och karton deb ataladi). Odatda archa yog`ochidan
foydalaniladi, unda smolali moddalar nisbatan kam bo`lib, shu tufayli
u tez qaynaydi va bo`tqasimon massaga aylanadi. Bu massa qog`oz va
karton ishlab chiqarish uchun boshlang`ich material bo`lib xizmat
qiladi. Qarag`ayning smolali yog`ochi buning uchun kamyaroqli va
kamroq ishlatiladi. Qog`oz va karton ishlab chiqarishda keyingi
yillarda bargli daraxtlarning kam qimmatli yog`ochlaridan foydalana
boshlashdi, masalan, osina, qayin, terak daraxtlari, shuningdek,
bug`doy poxoli va qamishning o`tli qismi. Bu qog`ozni ancha
arzonlashtiradi va xvoyali daraxtlarning qimmatli yog`ochini tejashga,
undan mebel, viskoz, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar
ishlab chiqarishni oshirish uchun samarali foydalanishga imkon
beradi.
Qog`oz va karton ishlab chiqarishda yog`ochni tejash uchun
makulatura - qog`oz va kartonning sanoat va turmushdagi
chiqindilaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Xuddi shu
maqsadda to`qimachilik sanoati chiqindilari hamda uy xo`jaligi
chiqindilarini tashkil etuvchi turli lattalar ham qo`llanadi. Makulatura
yig`ish va topshirish orqali maktab o`quvchilari qog`oz ishlab
chiqarishni kengaytirish – bunda minglab gektar o`rmonni saqlab
qolish, juda ko`p suv, yelim, oq loy va boshqa materiallarni, yoqilg`i
va elektr energiyasini tejashga yordam beradi. O`rmon ishchilari,
transport xodimlari, qog`oz, kimyo, mashina, qurilish va boshqa
sanoat tarmoqlari xodimlari mehnatining tejalishi ham, albatta, katta
xalq xo`jaligi ahamiyatiga ega.
204
Qog`oz, karton varag`ida tolalarning joylashuvi.
Turli buyumlar
tayyorlash uchun material sifatida qog`oz va karton bilan
tanishishning birinchi qadamlaridanoq o`quvchilar maxsus kuzatish va
tajribalar
o`tkazib,
bu
materiallardan
texnologiya
darslarida
foydalanib, qog`oz va karton bir-biri bilan tartibsiz chirmashgan,
presslangan va yelimlangan son-sanoqsiz mayda tolalardan iborat
ekanligini bilib oladilar. Bu tolalarning joylashuvida bitta qonuniyat
mavjud bo`lib, uni turli buyumlar yasash uchun qog`oz va kartondan
foydalanuvchi hamda bunda ishning yuqori sifatiga erishmoqchi
bo`lgan har bir kishi bilishi va hisobga olishi kerak. Gap shundaki,
qog`oz tayyorlash mashinalarida qog`oz quyishda ko`pchilik
tolalarning quyish yo`nalishida tortilishi yuz beradi (bu yo`nalish
ko`pincha bo`ylama deb ataladi). Natijada qog`oz turli yo`nalishlarda
– bo`ylama va ko`ndalang – turlicha xususiyatlarga ega bo`ladi.
Yirtishda
mustahkamlik,
qattiqlik,
namlanishida
cho`zilish
(o`lchamlarning kattalashuvi) farqlanadi. Ishda nuqson bo`lmasligi,
buyumlarning yuqori sifatiga erishish uchun bularning hammasini
bilish va hisobga olish kerak.
Quyida keltirilgan kuzatishlar qatori va bajarilish texnikasi
bo`yicha oddiy tajribalar o`qituvchi tomonidan kichik maktab
o`quvchilarini tushunarli, ko`rgazmali va qiziqarli tarzda asta-sekin,
darsdan darsga bu materiallardan amaliy foydalanish jarayonida
qog`oz va kartonning tolali tuzilishi xususiyatlarini qanday hisobga
olish kerakligi bilan tanishtirib borish maqsadini ko`zlaydi. Ushbu
kuzatishlar
va
tajribalarni
o`tkazish
jarayonida
o`quvchilar
egallaydigan bilim va malakalar boshqa barcha materiallar bilan ishni
to`g`ri bajarish uchun katta ahamiyat kasb etishi haqida gapirish
ortiqchadir.
O`qituvchi ko`rsatib berish va o`quvchilar tomonidan kuzatish va
tajribalarning mustaqil bajarilishini tashkil etib, ko`rgazmali va amaliy
ishlarning turli variantlarida bolalarga qog`oz varag`ida tolalar asosiy
massasi yo`nalishi (mashinada qog`oz quyish bo`ylama yo`nalishi)
qog`oz varaqlari bo`ylama tomonlari yo`nalishi bilan hamma vaqt
ham mos kelmasligini ko`rsatib beradi. Shuning uchun ham
o`quvchilar mustaqil tajriba yo`li bilan qog`oz varag`ida tolalar
qanday joylashganini bila olishlari kerak.
205
Yirtilish chiziqlari shakli bo`yicha qog`oz varag`ida
bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlash.
Oddiy tajriba
o`quvchilarga qog`oz varag`ining yirtilish chizig`i uning bo`ylama
yoki ko`ndalang yo`nalishda o`tishiga qarab turlicha bo`lishini
ko`rsatadi. Demak, qog`ozning yirtilish chizig`i shakli bo`yicha
qog`oz varag`i bo`ylama yo`nalishini aniqlash mumkin.
5-rasm. Yirtilish chizig`i shakli bo`yicha qog`oz varag`ida
bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlash: 1 – bo`ylama (to`g`ri
chiziqli uzilish chizig`i); 2 – ko`ndalang (uzilish chizig`i egri yo`lli); 3
– ikki qog`oz varag`ini bir vaqtda yirtish.Katta qog`oz varag`idan,
yaxshisi yozuv yoki bosmalash qog`ozidan o`quvchilar o`lcham va
shakli bo`yicha ikkita bir xil varaqcha kesib oladilar, undan oldin
ularning asosiy varaqdagi holatini belgilaydilar. Bir varaqchani ustki
burchaklaridan ushlab bir yo`nalishda, ikkinchisini perpendikulyar
yo`nalishda yirtadilar (5-rasm). Har bir varaqchada yirtilish chizig`i
boshida dastlab kichik (2-3 mm) yirtiq hosil qilish maqsadga muvofiq.
Yirtilgan qog`ozni ko`rib chiqib, o`quvchilar ularda yirtilish chiziqlari
turli shaklda bo`lganini qayd etishadi, lekin bir varaqda yirtilish
chizig`i to`g`ri yo`lli, boshqasida esa egri yo`lli ekanligini aytishadi.
O`qituvchi bu holat sabablarini tushuntirib beradi: qog`oz tayyorlash
mashinasida qog`ozni quyishda qog`oz massasi tolalarining bo`ylama
yo`nalishda tortilishi yuz beradi. Qog`ozni bo`ylama yo`nalishda
yirtishda yirtilish chizig`i tolalar asosiy massasiga, ularni buzib emas,
206
ajratib, parallel boradi. Bunda yirtilish chizig`i to`g`riga yaqin bo`ladi.
Qog`oz varag`ini ko`ndalang yo`nalishda yirtishda ko`proq kuch
sarflanadi, chunki bunda ancha ko`p tolalar uziladi. Bu tolalar uzilish
chizig`i yo`lini to`sadi va u qog`oz varag`i yirtilayotgan to`g`ri
chiziqli yo`nalishdan suriladi, og`adi. Yirtilish yo`li egri chiziqli
bo`ladi (5.2-rasm).
Qog`oz varag`ida tolalar asosiy yo`nalishlarini aniqlash tajribasini
quyidagicha o`tkazish mumkin:
O`qituvchi ikkita bir xil g`ijimlanmagan qog`oz varag`ini oladi.
Ularni biri bo`ylama tomoni gorizontal, ikkinchisining bo`ylama
tomoni vertikal qilib ustma-ust qo`yadi, varaqlarning ustki chetlarini
tekislab, o`rtasida sal yirtilish chizig`i boshini belgilaydi (5.3-rasm).
Keyin o`qituvchi ikkala varaqni shu nuqtadan teng masofada ustki
chetlaridan olib, qog`ozni turli tomonga tortadi. Ikkala qog`oz varag`i
bir vaqtda yirtiladi, bunda yirtilish chiziqlari turlicha bo`ladi: bir
varaqning yirtilish yo`li – to`g`ri chiziqli, ikkinchisining yo`li –
murakkab, chetga ketuvchi shaklda bo`ladi.
O`quvchilar bu tajribani mustaqil takrorlab, ikki qog`oz varag`i
yirtilish yo`lining farqi sabablarini birga aniqlaydilar.
Bo`ylama yo`nalishda qog`ozni yirtishda yirtilish yo`li asosan
tolalar orasidan boradi, qog`ozni ko`ndalang yo`nalishda yirtishda
ko`proq tolalarni tortish va uzishga to`g`ri keladi, bunda odatda
yirtilish chizig`i chetga og`adi.
O`quvchilar oldin qilgan xulosalarini takrorlaydilar: qog`ozning
yirtilish chizig`iga qarab uning varag`ida tolalar qanday joylashgani
to`g`risida fikr yuritish mumkin, ya‘ni ko`ndalang va bo`ylama
yo`nalishlar holatini aniqlash mumkin.
Qog`oz yo`llarining egilishiga qarab bo`ylama va ko`ndalang
yo`nalishlarni aniqlash.
O`qituvchi o`quvchilarning ko`zi oldida
o`lchamlari bir xil (taxminan 10x150 mm) qog`oz yo`llarini
tayyorlaydi, lekin ularni o`zaro perpendikulyar qog`oz varag`i chetlari
bo`ylab kesib oladi, 6-rasmda ko`rsatilganidek ustma-ust qo`yib,
pastki chetlaridan ushlaydi.
207
6-rasm. Qog`oz varag`idan o`zaro perpendikulyar chetlardan
qirqib olingan yo`llar egilishi bo`yicha bo`ylama va ko`ndalang
yo`nalishlarni aniqlash:
1 – tolalar asosiy massasi bo`ylama yo`nalishli; 2 – ko`ndalang
yo`nalishda kesib olingan yo`l
O`qituvchi qog`oz yo`llarni avval o`ngga, keyin chapga egib,
ularni muvofiq tomonlarga egilishga majbur qiladi.
O`qituvchi o`quvchilar diqqatini qog`oz yo`llaridan birining
ko`proq ikkinchisining esa kamroq egilishiga qaratadi. O`quvchilar
o`qituvchi bilan birgalikda buning sababini aniqlashadi. Bu qog`oz
yo`llar varaqdan turli yo`nalishlar: biri qog`oz bo`yiga, ikkinchisi
ko`ndalang kesib olingani bilan bog`liq. Demak, qog`oz yo`llaridan
biri bo`ylama yo`nalishda, ikkinchisi esa – ko`ndalang yo`nalishda
kesib olingan. Xuddi shu qog`oz varag`i bilan ularga ma‘lum bo`lgan
ikki yo`nalishda qog`ozni yirtish tajribasini o`tkazib o`quvchilar
bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlaydilar. Bu ularga
bo`ylama yo`nalishda kesib olingan qog`oz yo`l kamroq ko`ndalang
yo`nalishda kesib olingani esa ko`proq egilishini aniqlash imkonini
beradi.
Yuqorida qayd etilganlar asosida o`quvchilar xulosa chiqaradilar:
to`g`ri burchak ostida qog`oz varag`idan kesib olingan ikki qog`oz
yo`lining egilishida qarab qog`oz varag`idagi bo`ylama va ko`ndalang
yo`nalishlarni aniqlash mumkin.
Yirtish orqali qog`oz mustahkamligini aniqlash. (III sinf)
Uchinchi sinf o`quvchilarining qog`oz xususiyatlari to`g`risidagi
tasavvurlarini kengaytirishda qog`ozning yirtilishda chidamliligi
bo`ylama yo`nalishda ko`ndalangga nisbatan yuqoriroq ekanligini
ko`rsatuvchi foydali va qiziqarli ko`rsatish, tajriba va eng oddiy tajriba
ishlari o`tkaziladi. Qog`ozning bu xususiyatini bilish o`quvchilarga
208
ba‘zi amaliy masalalarni to`g`ri hal etish, hamda yuqoriroq sifatli
buyumlar yasashga yordam beradi.
Bir qog`oz varag`idan, masalan, yozuv yoki rangli, shakli va
o`lchami bir xil bo`lgan yo`llar bir-biriga nisbatan to`g`ri burchak
ostida, ya‘ni qog`oz chetiga o`zaro perpendikulyar qilib kesib olinadi.
O`zlariga ma‘lum istalgan yo`l bilan bolalar bu qog`oz yo`llarning
tolalari qaysisida bo`ylama, qaysisida ko`ndalang joylashganini
aniqlaydilar. Bu yo`nalishlarning yo`llari chetiga B va K harflari
(bo`ylama
va
ko`ndalang)
yoki
7-rasmda
ko`rsatilgandek
ko`rsatkichlar bilan belgilab qo`yadilar.
7-rasm. Bo`ylama yo`nalishda qog`ozning uzishga chidamliligi
ko`ndalangiga nisbatan yuqoriroq:
1 - qog`oz varag`idan o`zaro perpendikulyar chetlardan kesib
olingan ikki qog`oz yo`l; 2 – uzunligi bo`yicha yopishtirilgan yo`llar;
3 – cho`zishda eng bo`sh joydan AB uchastkada uziladi.
III sinf o’quvchilari qog`ozni bukish chizig`i bo`yicha yirtishni
ham o’rganadilar.
Qog`oz varag`ini to`g`ri chiziq bo`ylab yirtish zarur
bo`lganda, uni dastlab bukadilar va bukish chizig`i bo`yicha barmoq
bilan yoki maxsus silagich (faltsovka) bilan tekislab chiqadilar.
O`quvchilar kichik tajriba o`tkazib, bu nima uchun qilinishini
tushunib olishlari foydalidir.
209
8-rasm. Qog`oz varag`ini qismlarga yirtish:
1 – tajriba uchun bir xil o`lchamli yo`llar tayyorlanmasi; 2 – A
yo`lni yirtishda yirtish yo`li chetga og`adi; 3 – bukish chizig`i
bo`yicha qog`ozni tekislash; 4 - qog`ozni bukish chizig`i bo`ylab
yirtish
O`quvchilar katta bo`lmagan qog`oz varag`ini bukib, bukish
chizig`ini barmoq bilan, qalam o`chirg`ichi yoki maxsus silagich bilan
tekislab chiqadilar (8.3-rasm). Qog`oz varag`ini qarama-qarshi
tomonlarga tortadilar, uni yirtib, yirtilish chizig`i bukish chizig`i bilan
mos kelishiga ishonch hosil qiladilar (8.4-rasm). Keyin o`quvchilar
o`sha yo`nalishda qog`ozni dastlab bukmasdan va bukilish chizig`ini
tekislamasdan yirtishga harakat qiladilar. Yirtish chizig`i tekis
bo`lmaydi, u chetga og`adi. Bu o`quvchilarga asoslangan xulosa
chiqarishga imkon beradi: qog`ozni bukish yirtish chizig`ini aniq
belgilashga imkon beradi, bu chiziqni dastlabki tekislanishi esa ishni
ancha osonlashtiradi va tezlashtiradi.
O`qituvchi taklif qiladi: – O`ylab ko`rib javob bering, nima uchun
bukish chizig`ini tekislashdan keyin qog`oz shu chiziq bo`ylab oson
va tekis yirtiladi? (chunki bukish joyini tekislashda biz tolalarni
buzamiz va belgilangan yo`l bo`ylab qog`oz mustahkamligini
kamaytiramiz).
III sinf o’quvchilari g’`ijimlangan qog`oz o`z mustahkamligining
bir qismini yo`qotaishi haqidagi ma’lumotlarni o’rganadilar:
210
Qog`oz varag`idan o`quvchilar 200-220 mm uzunlik va 25-30
mm kenglikdagi qog`oz yo`lni kesib oladilar. Uning taxminan yarmini
bolalar g`ijimlab, keyin tekislaydilar. Uni ikki uchidan ushlab turli
tomonga tortadilar, bunda kuchlanish asta-sekin oshirilib boriladi.
Qog`oz yo`l dastlab g`ijimlangan qismida yirtiladi (9-rasm).
9-rasm.
G`ijimlangan
qog`ozda
yirtilishga
mustahkamlik
g`ijimlanmagan qog`ozga nisbatan past:
1 – tajriba o`tkazishga tayyorlangan qog`oz yo`l; 2 – bu qog`oz
yo`lning yarmi g`ijimlangan; 3 – qog`ozni tortishda g`ijimlangan
joydan yirtiladi
– Bu tajribadan qanday xulosalar chiqarish mumkin? – so`raydi
o`qituvchi (Buyumlar mustahkam bo`lishi va uzoq xizmat qilishini
istasak, qog`ozni g`ijimlamaslikka harakat qilish kerak. Buyum
tayyorlash uchun ishlatiluvchi qog`ozni jildlarda saqlash kerak, kitob
varaqlarini bukmaslik kerak, eski kitoblarda o`z vaqtida g`ijimlangan
betlarni yelimlash kerak).
Qog`oz yo`l mustahkamligi to`g`risidagi bilimlarga asoslanib,
o`qituvchi keyinchalik o`quvchilarni boshqa materiallar – iplar,
gazlama, karton, plastmassa plyonka mustahkamligi bilan tanishtiradi.
O`quvchilar turli materiallar mustahkamligini qiyoslash, taqqoslashga
o`rgatiladi.
Dostları ilə paylaş: |