239
taqchillik davrida maktab mulkini tejaydi. Shuningdek, plastilin ham
tejaladi. Yuqoridagi omillarni bosqichma-bosqich o'stirib, rivojlantirib
borilishi o'quvchilarda tejamkorlik sifatlarining
shakllanishiga olib
keladi.
O'quvchi 2-sinfga o'tgach, endi turli tabiiy materiallar bilan
ishlash asta murakkablashib boradi. 2-sinf o'quvchisi xilma-xil
materiallar, yog'och, metall, loy, qum kabilardan narsa-buyumlar
tayyorlashni o'rganadilar. Endi o'quvchilar
ayrim asboblardan
foydalanishni, asboblar bialn ishlashda texnika xavfsizligi qoidasiga
rioya qilishni va bu bilan o'zlarining sog'liqlariga zarar keltirmagan
holda asboblarni ham asrab-avaylashni o'rganadilar. Shu yo'nalishda
o'quvchilarda o'yinchoqlar yasash va turli materiallarni ishlatishda
tejamkorlik
hissiyoti chuqurlashtirilib, singdirib boriladi. 3-sinfga
o'tganda bu holat yana ham kengroq shakllantiriladi. Bunday ijobiy
fazilatlarni o'quvchilarning turli materiallardan maketlar, texnik
o'yinchoqlar, yog'och va fanerdan gul tuvaklarini (guli bilan) qo'yish
uchun
naqshli tokchalar, stellyajlar; yumshoq simlar yordamida turli
shaklli o'yinchoqlar yasashlarida ko'ramiz.
Turli materiallar bilan ishlash turidan tashqari texnik modellash,
ya'ni konstruktorlar bilan ishlash, qishloq xo'jalik mehnati hamda o'z-
o'ziga
xizmat turlari borki, bu mehnat turlarini o'quvchilarga
singdirishda ham tejamkorlikka alohida e'tibor beriladi.
Konstruktor to'plamlari bilan ishlashda bolalar texnik modellar
yasaydilar, shu tariqa ularda qurish-yasash, konstruktorlik qobiliyatlari
o'sib boradi. Mehnat darslarida texnik modellar-samolyot, mashina,
parovoz, paroxodlar haqida tushuncha berib borish bilan birga shu
texnika vositalari inson mehnatini osonlashtirgani haqida to'xtalib, ana
shu
texnikani asrab, uzoq vaqt ishlatish bilan hayotimizda
tejamkorlikka erishayotganligimizni, hayotimiz farovon bo'lib
borayotganligini
tushuntiradi.
4-sinfda
o'tar
ekanmiz,
elektr
energiyasini tejash kerakligini, u inson
hayotida nafaqat yoritish
vazifasini bajarishi, balki sanoat va qishloq xo'jaligida, oziq-ovqatlar
ishlab chiqarishda dvigatellarni, katta zavodlarni
yurgizishi haqida
tushuncha beramiz.
Mehnatning boshqa turlarida ham tejamkorlikning zarurligi
haqida fikr yuritilsa, suhbatlar o'tkazilsa, ko'zlangan natijaga erishishi
mumkin.