Yog’och bilan ishlash
Yog‘och eng ko‘p tarqalgan materiallardan bo‘lib, ukuvchilar
mashg‘ulotlarda ko‘p tarqalgan daraxt turlari bilan tanishib chiqishlari
kerak.
Qaragay
— ko‘p tarqalgan va ishlov berilishi oson daraxtdir. U
unchalik qattiq emas, ammo pishiq, yorish, arralash oson, tolalari
bo‘ylab randalanadi. Qarag‘ay yogochning rangi bir oz qizg‘ish
ottenkali ochsariqdir.
Qoraqarag‘ay
— yaxshi ishlanadi, uning yog‘ochi ok rang,
ba’zan sarg‘ish ottenkali bo‘ladi. Qoraqarag‘ay strukturasiga ko‘ra
qarag‘aydan yumshoq va engil. Biroq, qoraqarag‘ayda butoqlar ko‘p,
qurigaida yorilib ketadi, bu uning nuqsonidir.
236
Kayin
— qarag‘ayga nisbatan pishiqroq va og‘irroq, biroq oson
arralanadi va randalanadi, qayin yoqimlp qizg‘ish tovlanuvchi och-
sariq ottenkaga egadir.
Jo‘ka
— yog‘ochi yumshoq, arralash oson, stameska, pichok
bilan oson ishlanadi, chetlari uqalanmaydi,
darz ketmaydi. Jo‘kani
yorish qiyin. Jo‘ka qarag‘ay va qoraqarag‘aydan engil, sarg‘ish
ottenkali ok rangga ega.
Tog‘terak
— asosan mayda buyumlar yasashda foydalaniladi.
Eg‘ochi yumshoq, anchagina engil.
Eman
— yog‘ochi qattiq, u pishiq va zich hamda og‘ir, chiroyli
jigar rangga ega.
Turli
materiallar
bilan
ishlash
darslarining
texnologik
xususiyatlari, qog’oz va karton bilan ishlash hamda gazlama va tolali
materiallar bilan ishlash darslaridan farq qiladi. Chunki qog’oz, karton
va gazlama hamda tolali materiallar tayyor mahsulot bo’lib, ulardan
turli o’yinchoqlar yasaladi, ularning chiqindilaridan ham tejamkorlik
bilan foydalanish o’rgatiladi.
Turli materiallar bilan ishlashda esa, eng avval, qaysi narsadan
nimalar yasash mumkinligini avvaldan rejalab, anchayin izlanib, tabiat
qo’ynidan axtarib topib, yig’ib olingandan so’ng, reja asosida turli
o’yinchoqlar, ertaklar asosida ko’rsatmali ko’rinishlarga boy
personajlar yasash mumkin. Turli multfilmlar asosida qahramonlar
qiyofalari, turli rangli manzaralar yasaladi.
Mehnat darslarida turli tabiiy materiallar- daraxt novdalari,
qamish, poxol, g’o’za chanoqlari, yong’oq, qum, loyning ishlatilishi
hamda plastic massalar: plastilin, rezina, sellofan, polietilin lentalar,
plyonkalar, gugurt qutilari, g’altak, iplar, turli chiqitlar; tuxum
po’chog’i, xandon pista po’chog’i, danak po’choqlari, bo’shagan
plastmassa idishlari ishlatiladiki, ana shunday tashlab yuborilishi
mumkin bo’lgan narsalardan chiroyli, go’zal o’yinchoqlar, ertak
qahramonlari, turli ko’rsatmali manzaralar yasah mumkinligi
tejamkorlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlar ko’pligini ko’rsatadi.
Tashlandiq narsalardan ham kerakli buyumlar, estetik zavq olsa
bo’ladigan, ayniqsa, o’z ko’rinishi, mazmuni bilan bolalarni
tarbiyalashi mumkin bo’lgan narsalar yasalishi ular tarbiyasiga ijobiy
ta’sir qiladi.
237
Turli tabiiy materiallarni to’plash, saqlash yo’llarini, ularga ishlov
berish yo’llarini qo’llash bolalarga tabiatshunoslik darslarida olgan
bilimlarni mustahkamlash imkonini beradi. Turli tabiiy materiallardan
bilan ishlash mashg’ulotlarni rejalashtirish va materiallarni tanlashda,
albatta, mahalliy sharoitlardan kelib chiqish, o’lka iqlimi, tabiati,
ishlab chiqarish korxonalari, xalq badiiy ustaxonalari va shu kabilar
e’tiborga olish kerakligini unutmaslik lozim. Bunday mashg’ulotlar
bolalarning ijodiy qobiliyatlarini o’stiribgina qolmay, ularning
ijodkorligini o’stiradi, estetik hissiyotlarni shakllantiradi.
Turli materiallarning o’ziga xos texnologik xususiyatlari xilma-
xilki, ulardan narsalar yasashda material sifatida ham, yasalgan
narsaga bezak berish materiali sifatida ham foydalanish mumkin.
Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, turli materiallar bialn ishlash
jarayonida bolalar quyidagi malaka va ko’nikmalarni egallaydilar.
1. Turli tabiiy materiallarni to’plash va saqlash qoidalari bilan
tanishish. Tevarak-atrofni muhofaza qilish.
2. Turli tabiiy materiallarga ishlov berish va rejalashtirish.
3. Turli tabiiy materiallarni tu’plash uchun atrof-muhitdan obyekt
tanlash.
4. Turli tabiiy materiallardan nimalar yasa olishni tahlil qilish
hamda ularga ishlov berish asboblarini tanlash.
5. Mustaqil fiklab, ijodkorligini namoyon qilish. Ijodkorlik
qobiliyatini o’stirish.
6. Boshqa xil materiallar bilan tanishish (yog’och, yumshoq sim,
tunuka, turli chiqindilar to’plashlari).
7. Obrazlar, personajlar, o’yinchoqlarni yaratishda konstruktorlik
va ijodiy qobiliyatlarni o’stirish.
8. Yog’och va metallga ishlov berish asboblari bilan tanishish,
ya’ni pichoq, bolg’a, arra, parma, bigiz, qaychi, ombur, o’tkir tig’li
asbob kabi…
Bolalarda turli tabiiy materiallar bilan ishlash alohida qiziqish
uyg'otadi. Ayniqsa, o'quvchilar loy, plastilin va tabiiy materiallar,
jumladan, daraxtlarning shoxlari, chinor urug'lari, turli qurigan
barglar, daraxt po'kaklari, yelimlaridan foydalanib qushlar, jonivorlar,
ertak
ishtirokchilarining
shakllarini
qiziqib
yasaydilar.
O'z
tasavvurlaridagi personajlar bilan boyitadilar.
238
O'quvchilar turli materiallar bilan ishlashda ishlash qoidasiga,
texnika xavfsizligi qoidalariga, gigiyena-sanitariya holatlariga rioya
qilibgina qolmay, telamkorlikka ham alohida e'tibor beradilar. Shuni
unutmaslik lozimki, ko'zga tashlanmagan qismlar, chiqindilar yig'ilib
kattalashadi. Demak, o'qituvchi tabiiy materiallardan turli narsalar
yasashni rejalar ekan, o'quvchilarga:
- turli tabiiy materiallarning xossasi va xususiyatini hisobga olgan
holda isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslikni tushuntirishi;
- ularning shakli, ko'rinishlarini rejalab, aniq narsa yasash yo'li
bilan tejashni o'rgatishi;
- qanday asboblar ishlatish mumkinligi va asboblarni to'g'ri
ishlatish (sindirmaslik, buzmaslik) yo'lini uqtirishni bilishi;
- asboblarni ishlayotganda juda egilib, chang-to'zon yutishdan, ish
joyini tartibsiz qilishdan saqlanishni ta'kidlashi;
- ish mazmunini sodda, murakkabligiga qarab, bosqichma-
bosqich sinflarga moslashyo'li bilan tejamkorlik tuyg'usini singdirishi
talab etiladi.
Yuqoridagi tartib va qoidalar sinf o'quvchilarda tejamkorlik,
tadbirkorlik sifatlarini tarbiyalash, mehnat darslari samaradorligini
oshiradi.
Asosan 1-sinflarda bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olib
sanchmaydigan, qirqmaydigan, kesmaydigan asboblardan foydalangan
holda po'kak, turli bo'sh qutilar, qutichalar, daraxtning urug'lari,
qurigan barglaridan yelimlab yopishtirib, plastilin yordamida
yopishtirish yo'li bilan turli shakldagi o'yinchoqlar yasash o'rgatiladi
va o'rganish jarayonida bolalarda yig'ilgan tabiiy materiallarni o'rni
bilan ishlatishga, turar joyini asrab-avaylashga, tabiatni muhofaza
qilishga o'rgatish bilan tejamkorlik hissini rivojlantira boriladi.
Ayniqsa
o'quvchida
turli
materiallardan
foydalanib
narsalar
yasayotganda ish joyini saranjom-sarishta tutush, plastilinyordamida
yopishtirish
kerak
bo'lganda,
plastilinni
Dostları ilə paylaş: |