Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Qog`oz va karton haqida tushuncha bering.
2. Qog`oz va kartonning ishlab chiqarishdagi xususiyatlari
nimalardan iborat?
3.Ish joyini tashkil qilish yo`llarini sanang.
4. Qog`ozning turlari haqida ma’lumot bering.
21-MAVZU. TURLI XIL MATERIALLAR BILAN ISHLASH
DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
Reja:
1.Turli xil materiallar haqida tushuncha.
2.Turli xil materiallarni to‘plash va ishga tayyorlash
3.Turli xil materiallardan turli buyumlar yasash texnologiyasi.
4.Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish talablari.
5.Texnika xavfsizligi qoidalari.
6. Turli materiallar bilan ishlash darslarida tejamkorlik.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Turli xil materiallar turlari, noorganik materiallar, ish joyini
to’g’ri tashkil qilishga talablari, xavfsizlik qodalari.
Turli materiallar bilan ishlash.
Plastilin va noorganik
materiallar: loy, qum, sement, yog’och, folga, yumshoq sim, tunuka
bilan ishlash. Turli materiallar bilan ishlash 1-sinf Texnologiya
darsligida tabiiy materiallar bilan birgalikda o’tiladi. Bunda
o’quvchilar tabiiy va turli materiallardan foydalanib turli hayvonlar,
gullar yasashni o’rganadilar.
222
Yog’och bilan ishlash. Yog’och zagotovkalarini qirqish bo‘yicha
barcha operatsiyalarni taxtaning ustida bajaradilar. Arra, qo‘larra yoki
lobzik bilan ishlanganda, belgilangan detallarni kichik tiskalar yoki
iskanja (lobzik nabori) bilan siqib qo‘yiladi. Yog‘ochdan yasalgan
detallarni kozein yoki o’qituvchi tayyorlagan yog’och elim vositasida
yopishtirish nazarda tutiladi. Bunday ishlar uchun o’qituvchii bolalar
elimlagan yog‘och detallarni press yoki iskanjada qurita olishlari
uchun joyni oldindan tayyorlab qo‘yishi kerak. O’quvchilar
yog‘ochdan
yasalgan
detallarni
mayda
mixlar
yordamida
mustahkamlash bilan tanishadilar, bslg‘a bilan to‘g‘ri ishlash
usullarini o‘rganadilar. Buning uchun ularga mix qoqiladigan joyni
bur bilan qanday belgilash, bolg‘ani qanday ushlash, yog‘och
detallarga jilvir bilan qanday ishlov berish kerakligini ko‘rsatish
lozim. Bolalar gigiena va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya
qilishlarini, mehnat madaniyati qoidalarini bilishlari va unga amal
qilishlarini qat’iy nazoratda tutmoqlik lozim. Masalan, ish vaqtida
haddan tashqari ortiqcha egilmaslik, yog‘och changini yutmaslik,
chiqindilarni ehtiyotkorlik bilan to‘plash, ish joyini ish tugashi bilanoq
yig‘ishtirish va shu kabilardan iboratdir.
«Texnik modellash» – oddiy uchadigan, suzadigan, yuradigan
texnik o‘yinchoqlarni, shuningdek, sxematik namunalar asosida
modellarni yasash mehnatning maxsus turi sifatida ajratilgan.
Shuni aytish kerakki, ilgarilari klub-to‘garak tipidagi darsdan
tashqari
mashg‘ulotlarning
vazifa
va
mazmuni
bilan
mustahkamlangan texnik modellash bo‘yicha temalar texnik
texnologiya darslari ning boshqa barcha temalari bilan organik birikib
ketadi. Dastlabki darslaridayoq o‘quvchilar tabiiy materiallar, qog‘oz
va karton, gazmol, turli materiallar bilan ishlar ekanlar, texnika
223
elementlari bilan tanishadilar, qism va detal, oddiy razvyortka,
detallarni biriktirishning kattiq, suriladigan, olinadigan usullari va
buyumlar haqidagi tasavvurga ega bo‘ladilar. Bolalar detallarni
biriktirishning turli usullari, shuningdek, mix bilan «tirqish qoldirib
biriktirish» kabilar bilan tanishadilar. Bir yoki bir nechta detallardan
tashkil topuvchi oddiy narsalar misolida bolalar pishiqlikni oshirish,
ishqalanishning zararli ta’sirini bartaraf etib, foydali ta’siridan
foydalanish, o‘zlari ishlayotgan materiallarning tuzilishi haqida
tasavvurga ega buladilar. Bolalarda narsalarni yasash ustida ishlash
tartibi mo‘ljallash, tayyorlash, yig‘ish, bezash, amal (harakat)da
tekshirish, nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilish, ish joyini to‘g‘ri
tashkil qilish kabilar xaqida tasavvuri shakllanadi. Bularning
barchasidan keyinchalik modellar hamda texnik o‘yinchoqlarni
yasashda foydalaniladi, ular bolalarning ijodiy fikrini o‘stiradi,
bolalarga to‘plagan mehnat tajribalarini atroflaridagi texnika bilan
bog‘lashlariga yordam beradi. Qishloq xo‘jalik mehnati gul-dekorativ
va sabzavot ekinlarini maktab tajriba uchastkasi hamda xona
sharoitlarida o‘stirish ishlarini uz ichiga oladi. Qishloq xo‘jalik
tajribashunosligiga katta e’tibor beriladi. Bolalar o‘simliklarning
o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar, o‘simliklarni
«urug‘dan- urug‘gacha» o‘stirish, qalamcha qilish, ko‘chatdan
o‘stirish, bachki shoxlarni qirqish, mevali bog‘dagi bir qator ishlar
bilan tanishadilar. Bolalar o‘z kuzatishlarida ko‘rib va ularni takrorlab
o‘zlari yaratgan sharoitlarda o‘simliklarning turlicha o‘sishi va
rivojlanishi yuzasidan olib borgan ishlarining natijalarini qiyoslash
va tahlil qilishni o‘rganadilar. Ilgari planlashtirilgan tajribalarning
yakun va xulosalari bolalarni biliminn mustaqil egallashga, oddiy
tadqiqotlar olib borishga, tabiatda sodir bo‘layotgan hodisalarning
sabablarini axtarish va asoslashga o‘rgatadi. Qishloq xo’jalik mehnati
darslarining aqlni o’stiruvchi xususiyatlari va ahamiyati mana
shundadir.
III sinf texnologiya fani programmasi boshlangich ta’lim yillari
davomida egallangan bilimlarni mehnatda qo‘llashga oshirilgan
talablar qo‘yishni nazarda tutadi.
Texnologiya fani mazmunidan kelib chiqib bolalar o‘qituvchi
rahbarligi ostida oddiy yigma chizmalarni o‘qishni o‘rganadilar, bu
narsalarning detallarini uzlari chizadilar yoki belgilaydilar. Bu
224
maqsadda predmet chizmada 2 – 3 ko‘rinishda («oldindan ko‘rinishi»,
«tepadan ko‘rinishi» va «yon tomondan kurinishi») ifodalanadi. Bu
bolalarning har bir detal o‘lchamlarini topishlari uchun zarurdir.
Detallar, odatda, predmet (parsa, buyum) namunasi yoki uning texnik
rasmi mavjud bo‘lganda razmetka qilinadi.
Bolalarga avval texnologiya darslarini planlashtirish va
o‘tkazishda ajratilgan yangi bir qator programm bilim hamda
ko‘nikmalar beriladi.
Ill sinf texnologiya fani programmasi talablari qisqacha
ko‘rinishda quyidagichadir.
O’quvchilar yasashlari lozim bo‘lgan narsaning chizmasini tuzish
bilan tanishadilar. Bu maqsadda ular chizmada aks ettirilishi lozim
bo‘lgan predmet va detallarning o‘lchamini bilish uchun namunalarni
o‘lchaydilar, predmetlardan andaza oladilar. Sungra ular uz chizmalari
bo‘yicha razmetka qiladilar. Chizmalar berilgan razmer, va texnik,
shartlar, shuningdek, o‘quvchining o‘zi o‘ylab topgan fikr bo‘yicha
ham chizilishi mumkin.
Asosiy e’tibor turli materiallarga ishlov berishning kiritilishi turli
materiallardan tayyorlangan bir necha detalli narsalar tayyorlash, bu
detallarni buyumda birlashtirish va ularni turli usullar bilan biriktirish,
kartonchani pichoq bilan kesib ishlov berish, lobzik arra bilan
tanishish, yogoch, karton, yumshoq tunukadan tayyorlangan
zagotovkalarda teshiklar ochishni o‘rgatishga qaratiladi. Imkoniyati
bor joylarda yangi sun’iy materiallar: shaffof plyonka, yumshoq
plastik massa (pirolon, penoplast) kleyonka, plastik - materiallar,
sun’iy mo‘yna va shu kabilardan narsalar tayyorlashni kiritish lozim.
Hozirgi kunda bu materiallarning chiqindisi ko‘p bo‘lib, maktablar
ularni bemalol topa oladilar.
Ish vaqtida «ish qoidalariga» qat’iy rioya qilinadi. Butun e’tibor
xilma-xil qoidalar «asbob va materiallarni asra, avayla», «doimo ishni
yaxshiroq qilishni o‘yla» kabi rioyalarga qaratiladi. Bolalar elektr
modellashga mo’ljallangan ish joyini tayyorlash va uni tartibli saqlash
bilan maxsus tanishadilar.
Bolalarning uch yil davomida ishlatgan va to‘qnash kelgan turli
materiallarining xususiyatlari haqidagi programma bilimlariga yakun
yasaladi hamda umumlashtiriladi. Bu ish asosan ikki yo‘nalishda olib
boriladi: 1) o‘qituvchi o‘quvchilardan materiallarning xususiyatlari
225
haqidagi bilimlaridan xilma-xil narsalarni yasashdagi amaliy ishlarida
foydalanishni talab qiladi; 2) ayni bir namunani turli belgilari kelib
chiqishi,
mo‘ljallanishi, xususiyatlari, tashqi bezagiga kura
kvalifikatsiya qila bilishni talab qiladigan material va detallar
namunalarining turli kolleksiya va naborlarini tuzish;
O’qituvchining programma talablarini amalga oshirish bo‘yicha
intilishlarini, birinchidan, mexnat darslariga rahbarlik qilish
metodikasini egallash, ikkinchidan, texnologiya darslari uchun asbob-
uskuna va materiallar zapasini yaratishga yo‘llash zarur.
1. Butun yoz va o‘quv yili davomida maktabning ma’lum
belgilangan joyida tabiat, uydan, otaliqqa olgan korxonalardan
keltirilgan materiallar: korobka, upakovka materiallari, qog‘oz, ip,
shpagat, sim, laxtak, tunuka, folga, reyka, faner, gula, tabiiy
materiallar, yangi sun’iy materiallarning chiqindilaridan tayyorlangan
zagotovkalar.
2. Yuqori sinflar aktiv o‘quvchilari pionerlardan maxsus
komissiya yoki brigadalar tuzilib, ular boshlang‘ich sinflar
texnologiya darslari da qo‘llaniladigan asbob-uskunalar va detallarni
mustahkamlaydigan materiallarning holati, saqlanishi va remontnini
o‘z zimmalariga oladilar.
Texnologiya resurslarida foydalaniladigan asbob va uskunalar
komplekta, detallar, moslamalar ro‘yxati 1-ilovada hamda I va II
sinflar qo‘llanmalarida berilgan.
Boshlang‘ich sinf, ayniqsa III sinfda, texnologiya darslarining
moddiy jihozlangan bo‘lishi – boshlang‘ich ta’limning yangi
programmasiga ko‘chgan har bir maktab direktori, ilmiy bo‘lim
mudiri, barcha pedagoglarning vazifasidir.
Biroq hamma gap faqat asbob-uskunaga taalluqli deb o‘ylash
xatodir. Shunday misollar borki, maktabda hamma material va asbob-
uskunalar mavjud, ammo texnologiya darslarining darajasi juda past.
Bu o‘rinda asosiy narsa – o‘qituvchilarning boshlang‘ich
sinflardagi politexnik tayyorgarlik bo‘yicha mexnat darslarining
programmasidagi barcha yangi narsalarni chuqur o‘zlashtirilishi
lozimligini anglashlaridir.
Texnologiya politexnik tayyorgarlik programmasi boshlangich
ta’lim predmetlar sistemasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Obrazli
qilib aytganda, «aql ishini qo‘l ishi bilan boglamay turib» matematika
226
va rus tili, tabiatshunoslik va rasm programma talablarini bolalar
o‘zlashtira olmaydi, oktyabryat va pionerlar kollektivini, har bir
o‘quvchi shaxsini rivojlantirish bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni
etarlicha yuqori darajada amalga oshirib bo‘lmaydi. O’qituvchilar
buni tushunib, qalblari bilan his qilganlaridan so‘nggina, texnologiya
darslarining samaradorligini oshirishning yo‘l va vositalarini har
qanday qiyin sharoitda ham axtarib topadilar. Ular uchinchi sinf
texnologiya programmasini o‘z sinf va maktablarining turli
sharoitlarida eksperimental tekshiradilar, demak, I – III sinflar uch
yillik texnologiya darslari programmasini bolalar qay darajada
uddalashlarini
tekshirish
bo‘yicha katta va muhim ishni
muvaffaqiyatli yakunlashga o‘z hissalarini qo‘shadilar.
III sinfda texnologiya darslari to‘g‘ri tashkil etilsa o‘quvchilar
texnologiya darsida istalgan predmetlarni yasay biladi. O’quvchilar
mehnatini to‘g‘ri tashkil etishda eng muhimi, amaliy ishga
mo‘ljallangan topshiriqni to‘g‘ri tushuntirishdir.
227
Har bir topshiriqning mazmuni bolalarda ko‘nikma va malakalar,
texnik tafakkur, mehnatga qanday yondashishning shakllanishi va
rivojlanishiga
yordam
berishi,
shuningdek
ularning
ishdagi
mustaqilliklarini ta’minlashi lozim. Bu o‘rinda o‘quvchilarning
qiziqishlari va individual xususiyatlarini nazarda tutish kerak. Shuning
uchun mexnat topshiriqlarini tuzishda ularga quyidagi o‘quv
vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan bir qator ma’lumotlarni
kiritish lozim.
1.Buyumning
konstruksiyasi,
tuzilishi,
asosiy
qismlarini
biriktirish usullari va nimaga mo‘ljallanganligini tushuntirish.
2.Bolalarni narsani tayyorlash ishining umumiy plani va ishni
bajarish tartibi bilan tanishtirish.
3.O’quvchilarni material-zagotovkani tanlash bilan tanishtirish.
4.Razmetka qilish jarayoni bilan tanishtirish.
5.
O’quvchilarni narsani yasash bo‘yicha boshqa operatsiyalar va
ularni kontrol qilish bilan tanishtirish.
6.
O’quvchilarda turli texnologik, texnik, shu jumladan,
konstruktorlik masalalarini hal etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
O’quvchilarga topshiriqni quyidagi tartibda, ya’ni o‘qituvchi
buyumning namunasini tayyorlab, sinf doskasida ayrim detallarning
texnik rasmlarini va ularning razvyortkasini aks ettirib berishi o‘zini
oqlaydi. O’qituvchi narsaning rasmini ko‘rsatib, uning asosiy qismlari
nomini (masalan, fyuzelaj, old qismi, qanoti, stabilizator) tartibi bilan
aytadi. Bunday tushuntirish o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘ygan
modelni ko‘rsatish davrida ham qilinishi mumkin. So‘ngra o‘qituvchi
detallarning texnik rasmlari va razvyortkalari yordamida bolalarni
228
mehnat ob’ektining detallari hamda ularni tayyorlash va yigishning
umumiy ish plani bilan tanishtiradi.
1. Samolyot modelining qismlarini o‘rganish (rasm buyicha). 2.
Qog’oz tanlash. 3. Detallarni razmetka qilish (shablon bo‘yicha). 4.
Detallarni qirqish. 5. Detallarni egish va elimlash. 6. Modelni yig‘ish.
7. Modelni uchirib sinash va tekshirish. Birinchi navbatda bolalarga
zagotovkani tanlashni o‘rgatish kerak: avval rasm va namuna bo‘yicha
detal shaklini, uni tayyorlash mumkin bo‘lgan materialni, so‘ngra
razvyortka bo‘yicha detalning o‘lchamlarini aniqlab chiqish lozim.
Bolalarga belgilangan razmerlar detalning gabarit o‘lchamidan 5 – 10
mm katta bo‘lishi (ya’ni, pripusk kattaligida) kerakligi aytib qo‘yiladi.
Agarda tayyor zagotovkalar bo‘lsa o’quvchilarga ularni o‘lchab
chiqish, uning detal tayyorlash uchun yaroqliligini, undan detal
chiqish-
chiqmasligini
aniqlash
topshiriladi.
Topshiriqlarni
tushuntirishda
razmetka
jarayoniga
katta
e’tibor
beriladi.
Topshiriqning murakkabligi razmetkaning qaysi usulda texnik rasm
yoki shablon bo’yicha qilinishiga bog‘liq buladi.
III
sinfda
bolalarga
razmetkaning
izchilligini
rasmdan
ko‘rsatishda eng oddiy texnologik kartaga murojaat etilib, uning
quyidagi bosqichlari tushuntiriladi:
1. Asosiy chiziqlarni tanlash va to‘g‘ri burchakni razmetka qilish.
2. Gorizontal chiziqlarni, 3. Vertikal chiziqlarni, 4. Qiya chiziqlarni
utkazish. 5. Detallarda teshik, kesma elementlari va shu kabilarni raz-
metka qilish va tekshirish.
Topshiriqlarni tushuntirish va o‘quvchilarga instruktaj berishni
kontrol savol, texnik va texnologik savollar berish bilan yakunlash
foydalidir. Bu savollar taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin.
1.
Narsaning nomi nima? U qanday qismlardan tarkib topgan?
2.
Narsaning detallarini qanday materialdan tayyorlagan ma’qul?
Nima uchun?
3.
Detalning qanday qismlari bor? Nima uchun detalning aynan
shu formasi tanlangan?
4.
Detallarning
forma
va
razmerini
(qurilmani
yaxshilash maqsadida) qanday o‘zgartirish mumkin?
5.
Detallarning materiallarini almashtirish mumkinmi? Nima
uchun?
6.
Detallarni qanday izchillikda tayyorlash lozim?
229
7.
Zagotovka qanday tartibda razmetka qilinadi?
8.
Detallar qaysi asbob va moslamalar yordamida tayyorlanadi?
9.
Boshqa asbob va moslamalardan foydalanish mumkinmi?
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga texnologiya fani ni berishning
muhim vazifalaridan biri texnik texnologiya darslaridagi amaliy
ishlarni bajarish jarayonida bolalarning konstruktorlik ko‘nikma va
qobiliyatlarini o‘stirishdir.
Ishga konstruksiyalash vazifalarining kiritilishi o‘qituvchiga
texnik modellar yasash mashg‘ulotlarini o’tkazishida yordam beradi,
chunki konstruksiyalash texnik modellar yasashning tarkibiy elementi
hisoblanadi. Texnik modellashda oddiy predmetlarni qog‘oz yoki
gazmoldan konstruksiyalash bo‘yicha ishlar amalga oshirilgach,
bolalarning ijodkorliklarini, texnik tafakkurlarini o‘stirish uchun juda
qulay sharoit yaratiladi. Ishlab chiqarishda konstruksiyalash, odatda,
inson turmush faoliyatining turli sohalaridagi talablarini yaxshiroq
qondirishni nazarda tutuvchi qulay, chiroyli, sanoat, ro‘zg‘or va
boshqa buyumlarni loyihalash, tayyorlash jarayoni bilan aloqadordir.
Estetik
ifodalanganlikni,
kompanovkaning
ratsionalligini,
foydalanishning kulayligi, pishiqligi, chidamliligini ta’minlovchi
badiiy
konstruksiyalash
alohida
muhim
ahamiyatga
egadir.
Texnologiya
darslaridagi
konstruksiyalash
ishlari
bolalarning
politexnik
tasavvurlarini
rivojlantiradi,
narsalar
yasashdagi
mustaqilliklarini, tashabbus va ijodlarini ustiradi. Biror predmet
shaklini yaratishdagi texnologik asoslarni pishiq egallashlariga, konst-
ruktorlik fikrlarini materialda mujassamlashtirishlariga yordam beradi.
Qog’ozdan
narsalar
yasash
bo’yicha
ishlarni
bajarishda
konstruksiyalash elementlariga o’rgatish o’z xususiyatlariga ega
bo’lib, buni o‘qituvchi nazarda tutishi lozim. Narsalar konstruksiyasi
va texnologik jarayonlarni o‘qituvchi quyi sinflar o‘quvchilarini
o‘qitish xususiyatlari, shunga muvofiq ishlarni texnologiya darslarida
amalga oshirish imkoniyatlarini hisobga olib tanlaydi. Buning uchun
o‘qituvchi qog‘ozdan predmetlarni konstruksiyalashning mazmuni va
xususiyatlarini bilishi, bu ishning quyi sinf o‘quvchilariga texnologiya
fani berishdagi vazifalarini tushunishi, konstruksiyalash ishini
tarkib
toptiruvchi
bosqichlarni
egallab
olishi
zarur.
O’qituvchi
o‘quvchilarda konstruksiyalash bo‘yicha xilma-xil, avvaliga
konstruksiyaning o‘zini, asl nusxalarini, o‘z fikrini amaliy ro‘yobga
230
chiqarishga asta-sekin yondashishi uchun oddiy masalalarni hal etish
ko‘nikmasini shakllantirishda ularga individual yondashishni amalga
oshirishi zarur.
Narsalarni
konstruksiyalash
ishlarining
asosiy
mazmuni
quyidagichadir:
1.
Ob’ektni, narsaning nimaga mo‘ljallanganligi hamda uning
pishiqligi,
chidamliligi,
bezalishi,
foydalanishga
qulayligi,
jihozlanishiga qo‘yilgan talablarga muvofiqligini hisobga olib tanlash.
2.
Narsaning ratsional konstruksiyasini asosiy va qo‘shimcha
detallarning shakli, o‘lchami va sonini, ularni
biriktirish usullarini
aniqlash.
3.
Ratsional va foydalanishga qulay texnologiyani izlash,
materiallar, bajarishning usul, vosita, tartib va
sharoitlarini, yordamchi
ishlov beradigan, yig‘ish va bezash operatsiyalarini tanlash.
Texnologiya
darslariga
konstruksiyalash
elementlarining
kiritilishi o‘quvchilar tomonidan yangi narsalarning yasalishini shart
qilib qo‘ymaydi. Agarda o‘quvchilar, masalan, karnaval bosh
kiyimlarini hech qachon tayyorlamagan bo‘lsalar, ularga bu narsani
konstruksiyalashning
topshirilishi
xato
bo‘lgan bo‘lur edi,
Konstruksiyalash bo‘yicha dastlabki ishlar uchun tanish predmetlar,
operatsiyalar va mehnat usullaridan foydalanish zarur.
Konstruksiyalash uch bosqichga bo‘linadi:
a)
fikr yuritish operatsiyalarini qamrab oluvchi aqliy
konstruksiyalash – konstruksiyani o‘ylash, uning asosiy qismlari,
detallari ustida fikr yuritish, o‘ylangan konstruksiyani ilgari ma’lum
bo‘lganlari bilan qiyoslash;
b)
grafik konstruksiyalashda chizma va rasmlarni ma’lum fikr
bo‘yicha detallarning shakli, o‘lchamlari va shu kabilarni kerakli
hisob-kitoblar asosida aniqlab amalga oshirish.
v)
predmet-manipulyativ konstruksiyalash, bunda oldingi ikki
bosqich asosida tasvirlash, chizma yoki rasm bo‘yicha ishni
bajarishning fikriy va qo‘l operatsiyalari birlashtiriladi.
Texnologiya darslarida konstruksiyalash ishlarining tartibi
quyidagicha amalga oshirilishi mumkin.
1.
Buyum namunasini tahlil qilish, qog‘oz yoki boshqa
materiallardan tayyorlangan qurilmalarni eslash.
2.
Buyumning nimaga mo‘ljallanganligini aniq bilib olish va
231
anglash.
3.
Asosiy
va
qo‘shimcha detallarning shakli, o‘lchami,
miqdorini kollektiv o‘rtasida muhokama qilish.
4.
Muayyan materiallarni almashtirish imkoniyatlarini aniklash.
5.
Buyumning dekorativ bezagini nazarda tutib eskizini yasash.
6.
Narsani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan operatsiyalarni,
ularning izchilligini, operatsiyalarni o‘zgartirish yoki almashtirish
imkoniyatlarini qayd qilish.
Ishdagi aniqlik va tartiblilik talablarini, o‘zini-o‘zi kontrol qilish
xususiyatlarini anglash.
Sim bilan ishlash va undan o‘yinchoqlar yasash. Turli mayda-
chuyda narsalarni yasashda xilma-xil simlardan foydalanish mumkin.
Xlorvinil izolyasiyasi yoki usiz yumshoq sim to‘qish va o‘rib ishlash
uchun yaroqlidir. Qattiq po‘lat yoki alyumin simdan texnik
modellashda bir qator detallarni yasashda foydalaniladi. Bu simdan
arava, avtomobil o‘qlari, suv parragi, yumshoq o‘yinchoklar va shu
kabilarni tayyorlashda foydalaniladi.
Ishlab chiqarilayotgan simlarning ayrim xususiyatlari hakida
ma’lumotlar. Chiqarilayotgan simlarning diametri 0,005 dan 17 mm
gacha bo‘ladi. U asosan dumaloq kesimli bo‘ladi. Biroq kvadrat, olti
qirrali, trapetsiyasimon yoki oval shakldagi simlar ham bo‘ladi.
Simlardan turli maqsadlarda: elektr, radio, telefon simlari, prujinalar,
mixlar, elektrodlar, ingichka parma, muzika asboblari uchun torlar
yasash va shu kabilardan foydalaniladi.
Simdan
tayyorlanadigan
narsalardan
turli
maqsadlarda
foydalanish mumkin. Masalan, engil archa o‘yinchoqlari (xar xil
to‘qilgan gullar, barglar va ustiga rangli ip o‘ralgan), turli o‘yinchoq
suvenirlarni yasash, agarda ma’lum tema bo‘yicha 2-3 figura
birlashtirilsa, syujet kompozitsiya (masalan, «balet», «zoopark»,
«muzikantlar» kabi)larni yaratish mumkin. Bu o‘yinchoqlarda
o‘quvchilar o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyish etadilar. Karkaslarga
rangli iplar, yumshoq, sim, gazlama o‘ralishi mumkin. Simdan
yasaladigan har qanday o‘yinchoq bir bo‘lakdan hech qanday
qirqishlarsiz, ulashlarsiz yasalishi kerak. Ayrim bo‘laklardan faqat
bezash maqsadlarida foydalaniladi. Ishni oddiy narsalarni yasashdan
boshlagan ma’qul.
232
Xo‘tik, echki va shu kabilarni yumshoq simdan tanasini
yasashdan boshlab, keyin oyoqlari, boshi, quloqlari qilinadi. Uni
kiyintirish ham mumkin, buning uchun unga rangli ip o‘rab chiqiladi.
Ip, gazlamadan kokil, dum yasaladi, umuman figurani o‘z istagiga
ko‘ra bezash mumkin.
Turli xil ajoyib odamchalarni yasash uchun 400 mm sim, har xil
rangdagi qog‘oz, gazlama, mo‘yna, mochalka, rangli ip, shablon
uchun qog‘oz kerak bo‘ladi. Avval narsa yasaladigan barcha detallar
tayyorlanadi. Oyoq-qo‘llar, gavda burab yasaladi, so‘ngra xam-ma
detallarni biriktirib odamcha yasaladi. Bu odamchaning gavdasi
karton taglikka o‘riatiladi, kartondan bosh andazasi olinadi (ikki
bo‘lak) va ularni bo‘yin, bosh xamda bosh bo‘laklari bir-biriga
muvofiq keltprib elimlanadi. Shundan so‘ng uni o‘z istagiga ko‘ra
bezaladi.
Yumshoq simdan xilma-xil o‘yinchoqlarni yasash mumkin. Taklif
etilayotgan rasmlar o‘quvchida ijod va fantaziya cheksizligini
oshiradi.
Simlardan jumboqlar yasash. Sim jumboqlar bir-biriga birikkan
sim figuralardan iborat bo‘lib, ularni butunligi va tashki ko‘rinishini
buzmay, ya’ni simlarni sindirmay va egmay bir-biridan ajratish kerak.
Jumboqlarni yasashda o‘rtacha qattiqlikdagi 1,5—3 mm simlardan
foydalaniladi. Sim jumboqlarning o‘lchami cheklanmaydi, biroq
ularni haddan tashkari mayda yoki kattalashtirib yubormaslik kerak.
Har bir sim jumboqni yasashga kirishishdan oldin natural
kattaligida chizib ko‘rish kerak. Bunda sim jumboqlarning turli
detallari o‘z mo‘ljallangan joyiga qat’iy muvofiq kelishiga rioya qilish
kerak.
Sim jumboklarni yasashda bolg‘a, jag‘i o‘tkir, jag‘i yassi va jag‘i
yumaloq ombirlar kerak bo‘ladi. Simni barcha konturlar bo‘yicha
rasmga aniq muvofik keladigan qilib qirqish qiyin.
Xar bir sim jumboqda faqat figuralarni qanday ajratish yo‘linigina
emas, balki keyin ularni biriktira bilish ham muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |