Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Namlanishning qog`oz mustahkamligiga ta’siri. (III sinf)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Namlanishning qog`oz mustahkamligiga ta’siri. (III sinf) 
Uchinchi sinf o`quvchilari turli qog`oz va karton turlarining muhim 
xususiyatlari, xususan qog`oz va karton mustahkamligini taqqoslash 
bo`yicha tajribalar va kuzatishlar o`tkazadilar. 
Qog`oz namlanishida uning mustahkamligi, ya‘ni yirtilishga 
qarshiligi kamayadi. O`quvchilar qog`oz namlanishi bilan bog`liq 
ishlarni ko`p bajarishi uchun, masalan, qog`oz detallariga yyelim yoki 
kleyster surtish, qog`ozdan tayyorlangan detallarning mustah-
kamligiga namlanish ta‘sirini hisobga olishlari muhim. 


216 
12-rasm. Namlanishda qog`oz mustahkamligining o`zgarishi: 
1 - qog`oz yo`lni o`rtasini namlash; 2 - qog`oz yo`l cho`zilishi – 
namlangan joydan uziladi 
O`qituvchi shunday tajribani ko`rsatadi. Qog`oz varag`idan 200-
220 mm uzunlik 15-20 mm kenglikdagi qog`oz yo`l kesib olinadi. Uni 
ikki chetidan ushlab, o`rtasi suvga solinadi. Suvga 1,5-2 daqiqa ushlab 
turib, undan ortiqcha suvni qoqib o`qituvchi uni o`quvchilarga 
ko`rsatadi va qog`oz yo`lni qarama-qarshi tomonga ikki uchidan 
tortishda qayeridan uzilishini so`raydi. Qog`oz yo`l eng ko`p 
namlangan joyidan, ushbu tajribada - qog`oz o`rtasidan uziladi (12-
rasm). Xulosa: qog`oz namlanishda o`zining uzilishga bo`lgan 
mustahkamligining bir qismini yo`qotadi. 
Qog`oz va karton buyumlarning tirishishi. (IV sinf) 
II va III 
sinflarda texnologiya darslari da o`quvchilar yelimlashda qog`oz va 
karton tirishish va buyumlar yuzi qiyshayib pala-partish ko`rinishini 
ko`p marta uchratadilar. Ish usullari bo`yicha o`qituvchi ko`rsatmalari 
o`quvchilarga tirishish oldini olish yoki uni kamaytirishga yordam 
beradi. 
IV sinfda o`quvchilar karton qog`oz buyumlar tirishishi sabablari 
to`g`risidagi o`z bilimlarini umumlashtirish uchun yetarlicha 
kuzatishlar to`playdilar. Qog`oz namlanishi bilan bog`liq yuqorida 
ta‘riflangan tajribalarni bajarib, o`quvchilar qog`oz detallar yyelim 
eritmasidan namni shimishda cho`zilishi, ma‘lum sharoitlarda esa 
burmalanishi va tirishishini aniqlaydilar. Bu tirishish detallar notekis 
namlanishida ayniqsa sezilarli bo`ladi. 
Tirishishning yana bir sababi bo`lib, uni buyum tayyorlashda 
qog`oz va kartondan foydalanuvchi har bir kishi bilishi kerak. 
Namlangan qog`oz qurishdan keyin o`lchamlari kichrayadi – 
kirishadi. Bu kirishish ancha bo`lib, tirishishga olib keladi: 


217 
yopishtirilgan qog`oz detal qurishda o`lchamlari qisqarib, o`zi 
yopishtirilgan materialni tortadi va uning tirishishini chaqiradi. 
Tirishishni kamaytirish uchun kam namli quyuq yelimdan 
foydalanishga harakat qilish, uni tez, butun detal yuzasini yupqa 
qatlam bilan qoplashga harakat qilib surtish kerak. Yassi karton 
buyumlar va ularning detallarini ikki tomondan qog`oz bilan 
yopishtirish yaxshiroq. Hamma hollarda, imkoni bo`lsa, buyumlarni 
press ostida quritish kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin